O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti
Download 342.63 Kb.
|
Mirzaboyev hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Mikrokreditbank” ATBning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni. “Mikrokreditbank” ATB Bosh ofisi ning tashkiliy strukturasi.
Ushbu amaliyotning maqsadi: nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalar bilan mustahkamlash.
Ushbu amaliyotning vazifalari: bank sohasida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, bank faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi xavf omillarini tizimli tahlil qilish ko‘nikmasini hosil qilish, bankning xizmat ko‘rsatish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi investitsion va innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi xavf omillarini boshqaruv jarayonini takomillashtirish va tashkiliy tuzilishi va faoliyni o’rganishdir. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 dekabrdagi "Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora - tadbirlari to’g’risida"gi PK.-4071 -sonli Qaroriga asosan bank faoliyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, xizmat kursatish sifatini oshirish hamda bankni xalqaro standartlarga mos zamonaviy bankka transformatsiya qilish yuzasidan Bank Boshqaruvining "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat bankini mijozlarga yo’naltirilgan, zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat ko’rsatuvchi bankka transformatsiya qilish "Yo’l xaritasi" ishlab chiqilib, ijroga qaratildi. Ushbu yo’nalishda bank faoliyatini 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul qilingan. Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda1, shularni inobatga olgan holda amaliyot o‘tagan bankimda transformatsiya qilish strategiyasi ishlab chiqildi hamda unga ko’ra bank o’z aktivlari va majburiyatlarini boshqarish, kredit portfelini diversifikatsiya qilish, risklarni boshqarish, masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish va xodimlar malakasini oshirish borasida anik, ustuvor chora-tadbirlar belgilandi. Shu o’rinda bankimizning barcha aksiyadorlari, mijozlari va hamkorlariga bizga bildirilgan ishonchlari hamda bankning rivojlanishiga qo’shayotgan hissalari uchun samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz va kelajakda o’zaro manfaatli hamkorligimiz yanada samarali bo’lishiga ishonamiz. 1.“Mikrokreditbank” ATBning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni. “Mikrokreditbank” ATB Bosh ofisi ning tashkiliy strukturasi. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi. Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan. Ular qatorida, Jahon banki, Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi, Osiyo bankirlar assotsiatsiyasi, Qishloq xoʼjaligini rivojlantirish xalqaro fondi, Germaniya jamgʼarma kassalari fondi kabi tashkilotlar mavjud. Hozirgi kunda bank «BB-» darajasidagi «Fitch Ratings Ltd.» tashkilotining reytingiga ega. Reyting bahosi - «Barqaror» boʼlib, u aktivlar sifatining qoniqarli darajada ekanligini, daromadning yaxshiligini, likvidlilik va kapital yetarlilik darajasining talablarga mos ekanligini oʼzida aks ettiradi. Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling