O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti kurs ishi mavzu: Davlat tashkilotlari va ularda bug`alteriya hisobini yuritish Bajardi: Ilmiy rahbar Toshkent 2023 reja


Download 259.35 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi259.35 Kb.
#1568801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlat tashkilotlari va ularda bug`alteriya hisobii





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI

KURS ISHI
Mavzu: Davlat tashkilotlari va ularda bug`alteriya hisobini yuritish


Bajardi: ___________________
Ilmiy rahbar________________

Toshkent 2023

REJA:

KIRISH
Asosiy qism
1. Tashkilot tushunchasi va tasnifi.
2. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish bo’yicha meyoriy huquqiy hujjatlar.
4. Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish.
3. Iqtisodiyot rivojiga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning yangi usullari.
Xulosa
Foydanalingan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirish uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishini taqazo etdi.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy – siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni bir qancha sohalarini, jumladan buxgalteriya hisobi tizimi ham isloh qilishni boshladi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 7 –fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dastur bo’lib hisoblanadi 1 .
Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqazo etadi. Hisobning shunday bo’linishi nafaqat korxonaning, balki barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan davlatning ham istiqboli uchun xizmat qiladi.
Respublika buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimi oldidagi eng muhim vazifalardan biri – bu buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish tartibini imkon qadar xalqaro talablar darajasiga muvofiqlashtirib borishdan iboratdir. Chunki, xohlaymizmi, yo’qmi biz jahon globallashuv jarayoni davrida yashamoqdamiz, o’z navbatida buxgalteriya hisobi xalqaro integratsiya jarayonlarini rivojlantirishda “biznes tili” sifatida tan olingan.
Men ushbu kurs ishimda shuni yoritib bermoqchimanki, respublikamizda buxgalteriyani tartibga solish bo’yicha chora – tadbirlar, qonun xujjatlar, farmoyishlar, buxgalteriya hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish bo’yicha ishlar, iqtisodiyotimizga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning yangi usullarini yoritib beraman.



Download 259.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling