O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti kurs ishi mavzu: Davlat tashkilotlari va ularda bug`alteriya hisobini yuritish Bajardi: Ilmiy rahbar Toshkent 2023 reja


Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi


Download 259.35 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi259.35 Kb.
#1568801
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlat tashkilotlari va ularda bug`alteriya hisobii

Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi
Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko'pchilik kishilar o'zlarining butun ongli hayotlari davomida o'zlari a'zosi bo'lgan yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog'langandirlar.
Ammo tashkilotning o'zi nima va ushbu tashkilot uchun qaysi umumiy alomatlar xosdir?
Tashkilotni vazifalarni hal qilish va ma'lum maqsadlarga erishish uchun birlishgan shaxslar guruhi sifatida belgilash mumkin.
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak:


  • juda bo'lmaganda, o'zini ushbu guruhning a'zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsni mavjud bo'lishi;


  • juda bo'lmaganda guruhning barcha a'zolari o'zlari uchun umumiy deb qabul qilingan bitta maqsadni mavjud bo'lishi;


  • maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a'zolarini mavjud bo'lishi.


Alohidagi, hususiy jihatlardan abstraktlashtirilgan holda aytish mumkinki, har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari unga kiruvchi odamlar, u amalga oshirishi uchun tashkil qilingan va mavjud bo'lgan maqsadlar va tashkilot salohiyatini shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi boshqaruvdan iboratdir.


Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. SHuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga oshiradi:
-tashqi muhitdan resurslarni olish; -mahsulotni ishlab chiqarish; -uni tashqi muhitga topshirish.
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o'rtasidagi ma'lum muvozanatni ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir.
Tashkilotni boshqarish asosan u amalga oshirishga qaratilgan belgilanish bilan belgilanadi. Ichki tashkiliy hayotda boshqaruv tashkilot resurslarini u o'z maqsadlariga erishishi uchun shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi muvofiqlashtiruvchi boshlanish rolini o'ynaydi. Boshqaruv tashkilotning ichki muhitini va hammadan avval uning tuzilishini shakllantiradi va, kerak bo'lganda, uni o'zgartiradi. Boshqaruv tashkilotda o'tayotgan vazifaviy jarayonlarga rahbarlikni amalga oshiradi.
Gap shundaki, har qanday tashkilotning fao liyati ko'p sonli har xil jarayonlar va jarayonchalardan tashkil topadi. Bunda jarayonlar va jarayonchalarning har bir guruhiga rahbarlikni umuman tashkilotni boshqarish bo'yicha ishning alohida turi sifatida ko'rib chiqish mumkin. Bu ishning nisbatan mustaqil uchastkalari bo'lib, ular boshqaruvdagi mehnat taqsimotida ob'yektiv xarakterga ega bo'lgan jarayon sifatida ajralib turadilar.
XX asr menejmenti sohasidagi yirik mutaxassislardan biri Ch.Bernardning fikriga ko'ra, odamlarni tashkilotlarga birlashish va ular doirasida o'zaro hamkorlik qilishga har bir kishiga alohida holda xos bo'lgan jismoniy va biologik cheklanishlar undaydi. Tashkilotda odamlar bir birlarini to'ldiradilar, o'z qobiliyatlarning vujudga keltiradilar, bu ularni yashab qolish uchun kurashda kuchli kiladi. Eng soddasi, chamasi, ibtidoiy to'da bo'lgan, tashkilot birlashmasdan odamzotni yashab qolishi va sivilizatsiyani yaratishi mumkin bo'lmagan.
Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida quyidagilardan tashkil topgan sinerg etik (hamkorlikdagi harakatning) samarqasi yotadi. Tashkilotning yagona bir butun sifatidagi salohiyatlari va imkoniyatlari uning alohida elementlari salohiyatlari va va imkoniyatlari summasidan oshib ketadi, bu ularning o'zaro bir birlarini qo'llab quvvatlashlari va o'zaro to'ldirishlari bilan asoslanadi. Shunday qilib, tashkilotlarga birlashishdan uning a'zolari uchun haqiqiy yutuq mavjud, u ularning mustaqilliklari tufayli cheklanishlaridan yo'qotishlarni qoplaydi.

1 O’zbekiston Respublikasi Prezidintening 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli Farmoni O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi “O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami”, 2017-yil 13- fevral , 6- son, 70-modda

Download 259.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling