14
zarur bo‘lgan texnologik jarayonlar va unga qo‘shimcha (plyus) boshqaruv ta‘siri deb
tushunadilar. Aynan ana shu keyingi murakkab mazmunga ega «turistik mahsulot»
tushunchasi infratuzilmaning asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. Shunday
qilib, turizm infratuzilmasi deyilganda turistik mahsulotlarni shakllantirishda (ishlab
chiqarishda) ishtirok etuvchi tarmoqlar (transport, aloqa,
axborot vositalari,
kommunikatsiya tarmoqlari,
energetika, suv ta‘minoti, maishiy xizmat ko‘rsatish
sohasi, kommunal xo‘jaligi, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, joylashtirish vositalari,
savdo
xizmati ko‘rsatish, ovqatlanish korxonalari, madaniy va sport inshootlari, moliyaviy
tashkilotlar, huquqni himoya qiluvchi idoralari va boshq.) va unga qo‘shimcha
turizm sohasini boshqaruvchi majmua tushiniladi.
Turizm infratuzilmasi parallel ravishda tegishli tashkiliy va huquqiy tashkil
etish shakllarida namoyon bo‘ladi. Infratuzilma
turizm tizimida umumiy, ijtimoiy-
iqtisodiy shartlarning tarkibiy qismi sifatida ko‘zga tashlanadi.
Hozirgi davrda
turizmda aholining ehtiyojini to‘liq va sifatli qondirish uchun yuqori pirovard
nisbatiga qaratilgan progressiv texnologiyalar va infratuzilmani samarali boshqarish
zarur. Turizm infratuzilmasi fanining obyekti bo‘lib,
turistik mahsulotni
shakllantirishda ishtirok etadigan xo‘jalik, madaniy obyektlar, xizmat ko‘rsatuvchi
tarmoqlar, hamda mahalliy boshqaruv tashkilotlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: