O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi fanining tarkibi va vazifalari. 1.1. Infratuzilma to‘g‘risida tushuncha
@TDIU_ARM 12 1-bob. MEHMONXONA XO‘JALIGI INFRATUZILMASI FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI 1.1. Infratuzilma to‘g‘risida tushuncha. 1.2. Mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi fanining predmeti va obyekti. 1.3. Mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi fanining tarkibi va vazifalari. 1.1. Infratuzilma to‘g‘risida tushuncha Infrastruktura (lat. Infra pod+struktura) rus tiliga tarjimasi pod struktura, ya‘ni o‘zbek tilida «tuzilma ostidagi tuzilma» degan ma‘noni anglatadi. Uning umumiy tuzilmasini iqtisodiy yoki siyosiy hayot tashkil etadi. U butun bir iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi bir maromda kechadigan hayot faoliyatini ta‘minlashga qaratilgan. Iqtisodiy infratuzilmaga transport, aloqa, kommunikatsiya, maishiy xizmat, ta‘lim va kommunal xo‘jalik, turar – joy, turmush tarziga o‘rgatish, aholining birgalikda hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish majmui kiradi. Boshqacha aytganda, infratuzilma aholi hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan xo‘jalik va madaniy obyektlar, uning xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarini tashkil qiluvchi (yo‘llar, ko‘priklar, kanallar, omborlar, transport, aloqa, energetika, suv ta‘minoti, kommunal xo‘jaligi, fan, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, moliyaviy tashkilotlar va h.k.) mahalliy boshqaruv majmuasi bo‘lib hisoblanadi. Infratuzilma, xususan, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga bo‘linadi. Keyingisi o‘ziga sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot va boshqalarni qamrab oladi – barcha korxonalar, muassasalar binolari, tarmoqlari va texnologik tizimlar, odamlar ijtimoiy hayotidagi moddiy asoslarni shakllantirishga qaratilgan. Infratuzilma elementlari turli xil belgilariga qarab klassifikatsiyalanishi (turlanishi) mumkin. Infratuzilmani keng miqyosli mezonlari bo‘yicha xalqaro, milliy, hududiy, shahar, qishloq infratuzilmalariga ajratiladi. Faoliyat sohasi mezonlariga ko‘ra, infratuzilma ijtimoiy, boshqaruv, va texnologik sohalar bilan chegaralanadi. Turistlarni joylashtirish va yashashi bilan bog‘liq xizmatlar turistik xizmatlarning tarkibiy qismi bo‘lib, turistlarni qabul qilish va tunashiga tegishli sharoit yaratib berishiga qaratilgan xizmatlardir. Bu jarayonda ularga ovqatlanish, 13 dam olish va maishiy xizmatlarni ham ko‘rsatishga majbur. Ammo bulardan tashqari yana bir qancha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilinadi. Bunday xizmatlarning turlari va sifatiga qarab mehmonxonalarning kategoriyasi o‘zgarib, takomillashib boradi. Mehmonxona xo‘jaligi turizm sohasida katta o‘ringa va ahamiyatga ega. Shu tufayli turizmning rivojlanishida ham mehmonxona xo‘jaligining roli katta. Turistlar asosiy taassurotni turistik obyektlarni tomosha qilish bilan olsada, ularning mamlakatimiz haqidagi umumiy xulosasida mehmonxona xizmatlarining ham roli va o‘rni beqiyos. Shu tufayli mehmonxona xizmatlariga shunchaki xizmatlar, deb emas, balki xalqaro ahamiyatga molik xizmatlar sifatida yondashmoq lozim. Hozirgi paytda zamonaviy turizmni transport xizmatisiz tasavvur qilish qiyin. Ularning barcha turlaridan, turistik sub’ektlar foydananib kelmoqdalar. Avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo kabi transport vositalarida. Turistlar yashash joyidan turistik obyektlarga va qayta manzillarga etkazishlari, bularning qulayligi, xavfsizligi turistlar uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi sharoitda turistik firmalarning turistlar uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalarining mavjudligi. Har ikki tomon uchun ham qulaydir. Turistlarning dam olishida turli ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil qilish ham turistik xizmatlarning bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Buning uchun mehmonxona joylashgan joyda bog‘lar (parklar), muzey, teatr, sirk, kutubxona, suv havzalari, sport zallari kabi inshootlarning yaqin yoki ularning bir qismi bevosita mehmonxonalarning o‘zida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bunga yondashuv turlicha bo‘lishi mumkin. Turistlarning xohishiga binoan bir qismi uchun tashkil qilinishi yoki turistik marshrutlarga kiritilgan bo‘lishi lozim. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling