O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

 
 
@TDIU_ARM


12 
1-bob. MEHMONXONA XO‘JALIGI INFRATUZILMASI FANINING 
PREDMETI VA VAZIFALARI 
1.1. Infratuzilma to‘g‘risida tushuncha.
1.2. Mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi fanining predmeti va obyekti.
1.3. Mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi fanining tarkibi va vazifalari.
 
1.1. Infratuzilma to‘g‘risida tushuncha 
Infrastruktura (lat. Infra pod+struktura) rus tiliga tarjimasi pod struktura, ya‘ni 
o‘zbek tilida «tuzilma ostidagi tuzilma» degan ma‘noni anglatadi. Uning umumiy 
tuzilmasini iqtisodiy yoki siyosiy hayot tashkil etadi. U butun bir iqtisodiy va siyosiy 
xarakterdagi bir maromda kechadigan hayot faoliyatini ta‘minlashga qaratilgan. 
Iqtisodiy infratuzilmaga transport, aloqa, kommunikatsiya, maishiy xizmat, ta‘lim va 
kommunal xo‘jalik, turar – joy, turmush tarziga o‘rgatish, aholining birgalikda hayot 
kechirishi uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish majmui kiradi.
Boshqacha aytganda, infratuzilma aholi hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan 
xo‘jalik va madaniy obyektlar, uning xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarini tashkil 
qiluvchi (yo‘llar, ko‘priklar, kanallar, omborlar, transport, aloqa, energetika, suv 
ta‘minoti, kommunal xo‘jaligi, fan, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, moliyaviy tashkilotlar 
va h.k.) mahalliy boshqaruv majmuasi bo‘lib hisoblanadi. Infratuzilma, xususan, 
ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga bo‘linadi. Keyingisi o‘ziga sog‘liqni saqlash, 
ijtimoiy ta‘minot va boshqalarni qamrab oladi – barcha korxonalar, muassasalar 
binolari, tarmoqlari va texnologik tizimlar, odamlar ijtimoiy hayotidagi moddiy 
asoslarni shakllantirishga qaratilgan. Infratuzilma elementlari turli xil belgilariga 
qarab klassifikatsiyalanishi (turlanishi) mumkin. Infratuzilmani keng miqyosli 
mezonlari bo‘yicha xalqaro, milliy, hududiy, shahar, qishloq infratuzilmalariga 
ajratiladi. Faoliyat sohasi mezonlariga ko‘ra, infratuzilma ijtimoiy, boshqaruv, va 
texnologik sohalar bilan chegaralanadi.
Turistlarni joylashtirish va yashashi bilan bog‘liq xizmatlar turistik 
xizmatlarning tarkibiy qismi bo‘lib, turistlarni qabul qilish va tunashiga tegishli 
sharoit yaratib berishiga qaratilgan xizmatlardir. Bu jarayonda ularga ovqatlanish
13 
dam olish va maishiy xizmatlarni ham ko‘rsatishga majbur. Ammo bulardan tashqari 
yana bir qancha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilinadi. Bunday xizmatlarning turlari va 
sifatiga qarab mehmonxonalarning kategoriyasi o‘zgarib, takomillashib boradi. 
Mehmonxona xo‘jaligi turizm sohasida katta o‘ringa va ahamiyatga ega. Shu 
tufayli turizmning rivojlanishida ham mehmonxona xo‘jaligining roli katta. Turistlar 
asosiy taassurotni turistik obyektlarni tomosha qilish bilan olsada, ularning 
mamlakatimiz haqidagi umumiy xulosasida mehmonxona xizmatlarining ham roli va 
o‘rni beqiyos. Shu tufayli mehmonxona xizmatlariga shunchaki xizmatlar, deb emas, 
balki xalqaro ahamiyatga molik xizmatlar sifatida yondashmoq lozim. 
Hozirgi paytda zamonaviy turizmni transport xizmatisiz tasavvur qilish qiyin. 
Ularning barcha turlaridan, turistik sub’ektlar foydananib kelmoqdalar. Avtomobil, 
temir yo‘l, havo, daryo kabi transport vositalarida. Turistlar yashash joyidan turistik 
obyektlarga va qayta manzillarga etkazishlari, bularning qulayligi, xavfsizligi turistlar 
uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi sharoitda turistik firmalarning turistlar uchun 
mo‘ljallangan maxsus transport vositalarining mavjudligi. Har ikki tomon uchun ham 
qulaydir. 
Turistlarning dam olishida turli ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil qilish ham 
turistik xizmatlarning bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Buning uchun mehmonxona 
joylashgan joyda bog‘lar (parklar), muzey, teatr, sirk, kutubxona, suv havzalari, sport 
zallari kabi inshootlarning yaqin yoki ularning bir qismi bevosita 
mehmonxonalarning o‘zida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bunga yondashuv turlicha 
bo‘lishi mumkin. Turistlarning xohishiga binoan bir qismi uchun tashkil qilinishi 
yoki turistik marshrutlarga kiritilgan bo‘lishi lozim. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling