O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


 Mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi fanining predmeti va ob‟ekti


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

1.2. Mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi fanining predmeti va ob‟ekti. 
Turizm infratuzilmasi - u turistik mahsulotlar ishlab chiqarish umumiy 
shartlarining birlashgan mohiyatidir. «Ishlab chiqarish umumiy shartlari» tushunchasi 
mohiyatini ochishda mutaxassislarning fikrlari va qarashlari turlicha bo‘lib, ular bir-
biridan farqlanadi. Ayrimlari turizm infratuzilmasi-bu asosiy texnologik jarayonlarni 
ta‘minlovchi obyektlar yoki faoliyat turlari deb tushunsalar, boshqalari esa - bu butun 
texnologik jarayondir, uchinchi birlari - turistik mahsulotlarni shakllantirish uchun 
@TDIU_ARM


14 
zarur bo‘lgan texnologik jarayonlar va unga qo‘shimcha (plyus) boshqaruv ta‘siri deb 
tushunadilar. Aynan ana shu keyingi murakkab mazmunga ega «turistik mahsulot» 
tushunchasi infratuzilmaning asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. Shunday 
qilib, turizm infratuzilmasi deyilganda turistik mahsulotlarni shakllantirishda (ishlab 
chiqarishda) ishtirok etuvchi tarmoqlar (transport, aloqa, axborot vositalari
kommunikatsiya tarmoqlari, energetika, suv ta‘minoti, maishiy xizmat ko‘rsatish 
sohasi, kommunal xo‘jaligi, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, joylashtirish vositalari, savdo 
xizmati ko‘rsatish, ovqatlanish korxonalari, madaniy va sport inshootlari, moliyaviy 
tashkilotlar, huquqni himoya qiluvchi idoralari va boshq.) va unga qo‘shimcha 
turizm sohasini boshqaruvchi majmua tushiniladi.
Turizm infratuzilmasi parallel ravishda tegishli tashkiliy va huquqiy tashkil 
etish shakllarida namoyon bo‘ladi. Infratuzilma turizm tizimida umumiy, ijtimoiy-
iqtisodiy shartlarning tarkibiy qismi sifatida ko‘zga tashlanadi. Hozirgi davrda 
turizmda aholining ehtiyojini to‘liq va sifatli qondirish uchun yuqori pirovard 
nisbatiga qaratilgan progressiv texnologiyalar va infratuzilmani samarali boshqarish 
zarur. Turizm infratuzilmasi fanining obyekti bo‘lib, turistik mahsulotni 
shakllantirishda ishtirok etadigan xo‘jalik, madaniy obyektlar, xizmat ko‘rsatuvchi 
tarmoqlar, hamda mahalliy boshqaruv tashkilotlari hisoblanadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling