O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

 
 
 
 
 
@TDIU_ARM


16 
2-bob. TURIZMDA TRANSPORT VOSITALARI 
2.1. Turistik faoliyatni ta’minlashda transport vositalarining tutgan o‘rni 
va roli 
2.2. Turistlarni avtomobilda tashish 
2.3. Turistlarni temiryo‘l transportida tashish 
2.4. Turistlarni aviatsiya (havo) transportida tashish 
2.5. Turistlarni dengiz va daryo transportida tashish
 
2.1. Turistik faoliyatni ta’minlashda transport vositalarining 
tutgan o‘rni va roli 
Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati yetakchi o‘rinlardan 
birini egallaydi. Bu shuning bilan bog‘liqki, barcha turistik yo‘nalishlarda 
(piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga 
qaytishi uchun transport bo‘lishini taqazo qiladi. 
Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga 
chiqishi bilan uzviy bog‘langan va turgan gap, uni transport ta’minotisiz tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik infratuzilmaning muhim elementi 
hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni 
tashkil qiladi. Transport korxonalari - turizm tizimini shakllantiruvchi turistik 
korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi. 
BTT (VTO) – Butunjahon turistik tashkiloti turizm maqsadlarida
qo‘llaniladigan transportni uch turga klassifikatsiyalaydi: quruqlikda harakatlanuvchi, 
suv va havo transportlari (1- rasm). 
Quriqlikda harakatlanish vositalaridan turizm maqsadlarida ko‘proq avtomobil 
va temiryo‘l transportlaridan foydalanish maqbul hisoblanadi. 
Avtomobil transporti turizmda keng foydalaniladi. Chunki u turistlarni 
«Eshikdan eshikkacha» eltib qo‘yishni ta’minlaydi. Ushbu maqsadlarda muntazam 
yo‘lovchi tashish uchun reys avtobuslari va nomuntazam – turistik korxonaning 
xususiy transporti va turistning shaxsiy transporti qo‘llaniladi.
17 
Temir yo‘l transporti o‘rta masofalarga turistlarni maqbul narxlarda tez va 
qulay sharoitda yetib borishlarini ta’minlaydi. Alohida hollarda temiryo‘l transporti 
turistik sayohat maqsadlarida ham foydalanishi mumkin.
Suv transporti vositalari orasida suv osti (ekskursiya suv osti qayiqlari) va suv 
usti (teploxodlar, sayohat kemalari, dengiz paromlari, sayr kemalari, yaxtalar, 
katerlar) transportlari farqlanadi. Turizmda suv transporti vositalari ta’minoti bilan 
bog‘liq masalalari asosan dengiz va daryoda turistik maqsadlarda muntazam va 
nomuntazam yo‘lovchi tashish misolida qarab chiqiladi. 
Paromda kechib o‘tish va asosiy turistik sayohat turi – sayohat kemasi, dengiz 
va daryo kemalari turistlarni belgilangan joyga yetkazib borishni maqsad qilib 
qo‘yadi. Boshqa suv transporti vositalaridan odatda alohida dasturli «programmali) 
tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi (masalan, suv osti ekskursiyasi) yoki 
qo‘shimcha xizmatlar (katerlarda sayohat).
Havo transporti vositalari tarkibi xilma-xil transport vositalarini qamrab oladi: 
fuqaro aviatsiyasidan tortib, to ekzotik hisoblangan havo sharlari, deltaplanlargacha. 
Turizmda havo transportining qo‘llanilishi avvalo aviatsiyada yo‘lovchi tashishdan 
foydalanish sifatida ko‘rib chiqiladi. U reysli va chtarterga klassifikatsiyalanadi, ya’ni 
buyurtmalar asosida bajariladi. Havo transporti nisbatan juda qimmatligiga qaramay, 
bu yuqori tezligi, shinam va qulayligi bilan turistlarni olis masofalarga tashishda 
so‘zsiz yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Turizmda transport ta’minoti tizimi qo‘yidagicha farqalanadi: 
ƒ
turga qo‘shilgan va asosiy turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish: 
turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan manzilga eltib qo‘yish (yoki yo‘nalish 
boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish; 
ƒ
transfer – turistlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish uchun transport vositasi 
taqdim etish; 
ƒ
tur-safar bo‘yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‘rsatish: 
ekskursion xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif byurish, yo‘nalish 
bo‘yicha ko‘chish. 
@TDIU_ARM


18 
x Turistlar sayohatini ta’minlash uchun korxonaning trnasport vositalarini 
tanlashiga bir qator omillar bog‘liqdir: safarning maqsadli yo‘nalishida tashish 
uzoqligi, sayohatchilar soni, transport vositasining sig‘imi, safar dasturi, harakat 
xavfsizligi, transport vositasining safarbarligi va qulaylik darajasi.
Transport vositalarini tanlash chog‘ida safarning maqsadli yo‘anlishi katta rol 
o‘ynaydi. Turistik sayohat maqsadiga bog‘liq holda uning tarkibiga u yoki bu 
transport xizmatlari kiritiladi. Misol uchun, Moskvadan Parijgacha 5 kunlik 
ekskursion guruh safari tarkibi standart transport xizmati ko‘rsatishda quyidagilarni 
o‘z ichiga oladi: turistlarni Moskvadan Parijga eltish va qaytib olib kelishi; 
aeroportdan mehmonxonagacha guruhni olib borish va jo‘natib yuborish; dasturdagi 
tadbirlarni ta’minlash, masalan, shahar bo‘ylab ekskursiya (teploxoda sayyor) tashkil 
etish. 
Transport vositasini tanlashga ta’sir etadigan yana bir muhim omil-bu 
sayohatchilar soni hisoblanadi. Bu omildan tez-tez tashish tipini aniqlashda 
foydalaniladi: muntazam yoki namuntazam (ijaraga olingan yoki charter). Turistik 
guruhdagi sayyohlar soniga bog‘liq holda safarni ta’minlashda qaysi transport 
vositasi zarurligi ham aniqlanadi: samolyotmi, temiryo‘lmi, avtobus yoki yengil 
avtomobillarmi va boshqalar. 
Safarni ta’minlash uchun transport vositasini tanlashda yana bir hisobga 
olinadigan omil - bu transportda tashishning uzoqligidir. Bu omilni qarab chiqish 
chog‘ida odatda turistlarni ko‘chirish shinamligini ta’minlash talablari ko‘zda tutiladi. 
Shuning uchun qoidaga ko‘ra u butun safarni kompleks transporti ta’minoti bo‘yicha 
qarab chiqiladi. 
Transport vositasini tanlashni aniqlashda, shuningdek safar dasturlari ham 
muhim omil hisoblanadi. Qaysikim unga bog‘liq ravishda eng xilma-xil trnasport 
xizmatlari ko‘zda tutiladi. Bular yuqorida eslatib o‘tilganidek ekskursiyalar
turistlarni dasturlarida ko‘zda tutilgan tadbirlarga olib kelish va boshqalar bo‘lishi 
mumkin. Odatda tartibga ko‘ra, guruh turizmida safar dasturini ta’minlash uchun 
turistik avtobuslardan foydalaniladi. Chunki, odatda tadbirlar dasturlar butun guruhga 
19 
mo‘ljallangan bo‘lib, safarning belgilangan maqsad joyidan boshqa yerga borishi 
ko‘zda tutilmaydi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling