O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


 Turistlarni temiryo‘l transportida tashish


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

2.3. Turistlarni temiryo‘l transportida tashish 
Turistlarni temiryo‘lda tashish turizm transport ta’minotining samarali vositasi 
hisoblanadi. Sayohatning yuqori shinamligi, yuqori tezlik va maqbul narxlarda 
turistlar guruhini ixcham joylashtirish bu transport turini kichik va o‘rta masofalarga 
harakatlanishda raqobatbardoshligini oshiradi. Temiryo‘l transportidan ichki va 
chegara yaqini turizmini shuningdek, sayru tamosha, ekskursion safarlar va dam olish 
kunlari turizmini tashkil etishda ko‘proq foydalaniladi. 
Temir yo‘llar paydo bo‘lgan vaqtlariyoq sayohatda chinakam inqilob 
yasagandi. Kemalar va otlarga qaraganda yuklarni tez va arzon tashib berishi taklif 
etgandi. Shimoliy Amerika va Yevropada keng temiryo‘l tarmoqlari rayon 
markazlarini temiryo‘l stansiyalariga aylantirdi. Temiryo‘llar nafaqat dilijonlarni 
(yo‘lovchi tashiydigan ot-arava turi), balki 1790- yildan boshlab fransuzcha «otel» 
so‘zi bilan ataladigan tavernilarning ham o‘rnini egallaydi. Tabiiyki, qulaylik uchun 
otellar temiryo‘l stansiyalari yonida qurila boshladi. 
Temiryo‘llar yuqori safarbarlik namunasini ko‘rsatib, mamlakatning uzoq 
chekkalari bilan transport aloqasini yo‘lga qo‘yishga imkon berdi. Temiryo‘llar 
qurish qishloq xo‘jaligidan so‘ng eng yirik biznesga aylandi.
Aholi markazlaridan olisdagi kurortlar temiyo‘llar turistik sayohatga poyezdlar 
ta’sirini angladi. Temiryo‘l kompaniyalari Yevropa, Kanada, AQShda otellar 
qurdilar. Canadian Paclfis va Canodion National temir yo‘llari hozirgacha ko‘p sonli 
otel va kurortlarni boshqaromoqda. 
Keyingi yillarda poyezdlar xavfsizroq, tez va shinamroq bo‘lib qoldi. 1900 
yilga kelib, temiryo‘llar zamonaviy barcha maishiy qulayliklar – shu jumladan, elektr 
27 
yoritish, bug‘ bilan isitish, uxlab ketadigan vagonlar, vagon-restoranlar va hatto 
vannaxonalarni taklif qilishi mumkin edi.
Afsonaviy Sharqiy ekspress «qirollar poyezdi va poyezdlar qiroli» deb ataldi. 
U jahonda eng mashhur poyezd bo‘lsa ajabmas. O‘z vaqtida barcha hashamatni 
o‘zida mujassam etgan bu poyezd hozir ham romantik sayohat uchun alohida ko‘rk 
bo‘lib qolmoqda. 1883 yilda ishga tushgan Sharqiy ekspress Parijdan badavlat 
kishilarni xushmanzara yo‘nalish bo‘yicha Istambulga yetkazib kelgan sayohat 4 kun 
vaqtni olgan. Lekin shohona sharoitda kechgan, a’lo darajada ovqatlanish va ideal 
servis xizmati tufayli unda vaqt tez o‘tgan. 
Dunyoda zamonaviy turistik poyezdlarni «g‘ildirak ustidagi otellar» deb 
atashayapti. Bunda ko‘pincha temiryo‘l bo‘ylab safarlar sayohatning asosiy maqsadi 
qilib qo‘yiladi, uxlab ketiladigan vagonda odatda o‘rinlar soni sakkiztadan oshmaydi, 
har bir kupeda ikkitadan ko‘p odam yashamaydi.
Poyezd kategoriyasiga qarab, kupe bir kishi uxlaydigan ikkita krovat bilan (tik 
yoki gorizontal holatda) yoki bitta ikki kishilik krovat kondinsioner, yozuv stoli, 
telefon, televizor bilan jihozlanadi. Hojatxona va dush xonasi butun vagonga yoki 
alohida bitta-ikkita kupe uchun bo‘ladi. Turistik poyezd tarkibiga yana bir nechta 
vagon-restoranlar, vagon – salon (kutubxona, qarta o‘yini yoki so‘zlashuv, dam olish 
uchun foydalaniladi), konferens-vagon (u ham lektoriy, diskoteka yoki video salon), 
shuningdek «bolalar vagoni» yoki «harakatli o‘yinlar zali» kiradi.
Temir yo‘l sayohati – xorijda dam olishning juda ommaviy turidir. Turizm bu 
turining ashaddiy ishqibozlari nemislar, inglizlar, shveysarlar hisoblanishadi. Agar 
Buyukbritaniya va Shveysariya aholisi o‘z mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilishni
afzal bilishsa, nemislar butun Yevropani aylanib chiqishib, hatto Rossiyagacha yetib 
kelishdi. 
Nemis turistlari orasida paravoz sayohati ayniqsa alohida hasham hisoblanadi. 
Temiryo‘l turizmi havaskorlarini ham hisobga olganda eng mashhur «Orient 
Express» («Sharqiy Ekspress») hisoblanadi. XIX-XX asr mashhur stili asosida tarkib 
topgan. 
@TDIU_ARM


28 
Keyingi yillarda temiryo‘l turizmiga Amerika qit’asida ham qiziqishning 
o‘sishi kuzatilayapti va uch davomiy marshrut yetakchilik qilmoqda: «Trans – 
Kanada» (Vankuverdan Monrealga Vinnipet va Ottava orqali o‘n sutkalik poyezd), 
«Trans – Amerika» (Vashingtondan Los-Anjelesga Charlston, Yangi Orlean, San – 
Antonio, El-Paso va boshqalar orqali 12 sutkalik), «Trans - Atlantika» (Managuadan 
Puerta-Montga Guayakil, Limu va Santyago orqali). Shunisi qiziqki, bu turistik 
poyezdlar Amerikada ham «Orient Express» deb ataladi. Norvegiyada maxsus 
poyezdda turistik marshrutlar juda mashhur, ularda dunyodagi eng go‘zal joylarni 
tamosha qilish mumkin. 
Temiryo‘l marshrutlari Hindiston va Indoneziyada ham mavjud. Indoneziyaga 
tashrif buyuruvchi turistlarga ajoyib safar – «Indoneziya bug‘ lokomotivlari» taklif 
etiladi. Unda dunyodagi eng yirik tor yo‘lda harakatlanadigan lokomotivlar va 
vagonlar kolleksiyasini tamosha qilish mumkin. 
Poyezdda yo‘lovchilarni tashish tizimi reysdan tashqari (charter) – zarurat 
tug‘ilganda komplektlanadigan va qat’iy belgilangan marshrut bo‘yicha oraliq vaqti 
va harakat grafigiga so‘zsiz amal qiladigan reyslarga bo‘linadi. 
Reysdan tashqari (charter) poyezdi – bu nomuntazam jadvalga mo‘ljallangan 
maxsus byuurtma poyezdlariga nomuntazam jadvallar bo‘yicha qatnaydigan 
poyezdlar kiradi. Ular uchun muntazam reyslar oralig‘ida bo‘sh bo‘ladigan yo‘l 
grafigi va shuningdek turistik ekskursiya maqsadlari maxsus tuzib chiqiladi. 
Reysli poyezdlar shahar atrofiga, mahalliy va olisga qatnovchilarga bo‘linadi. 
Shahar atrofida qatnovchi poyezdlar qat’iy grafik asosida viloyat yoki o‘lka 
hududlarida harakatlanadi. 
Poyezd vagonlari odatda 1500 gacha yo‘lovchi sig‘diradi. Shundan 1000 
tagachasi o‘rindiqqa ega. Poyezd mahalliy stansiyalarda to‘xtab o‘tadi, vagonlarda 
o‘rinlar raqamlanmagan. Mahalliy poyezdlar stansiyalar orasida bitta temiryo‘l 
bo‘ylab qatnaydi (Yevropada bitta davlat miqyosida bo‘lishi mumkin). Odatda ular 
700 km masofagacha qatnaydi. Bir qator hollarda shahar atrofiga qatnovchi va 
mahalliy poyezdlar farqi bo‘lib, ma’lum darajada butun mamlakat va mahalliy 
29 
hududning geografik holatiga bog‘liqdir. Tezkor yo‘nalishlardan tashqari, mahalliy 
poyezdlar deyarli barcha stansiyalarda to‘xtab o‘tadi.
Olisga mo‘ljallangan poyezdlar 700 km dan ziyodroq masofaga qatnaydi. Yil 
bo‘yi qatnovi tezkor va mavsumiy tezkor (yozgi), mavsumiy va yil bo‘yi qatnovchi 
yo‘lovchi poyezdlarga bo‘linadi. 
Poyezd va vagonlar ham har xil toifa (kategoriya)larga bo‘linadi. 
Poyezdlar toifasi: shahar atrofiga qatnovich, yo‘lovchi, tezkor, tez yuruvchi 
poyezdlar. 
Vagonlar toifasi: platskart, o‘tirgichli, kupeli, uxlab ketadigan, vagon – 
restoranli. Yo‘lovchi oqimi turg‘unligiga qarab, ma’lum yo‘nalishda reysli marshrut 
tayinlanadi va o‘rtacha 17 tagacha vagon ajratiladi; oqim soni ko‘proq bo‘lgan 
hollarda esa vagonlar 25 tagacha ko‘paytirilishi mumkin. 
Standart temiryo‘l safarlarini shartli ravishda uchta mustaqil toifa 
(kategoriya)ga bo‘lish mumkin: 
ƒ
bir kunlik; 
ƒ
nodavomiy (2-3 sutka); 
ƒ
ko‘p kunlik (5 kun va undan ko‘proq). 
Bir kunlik safarlar ertalab boshlanadi va o‘sha kuni kechqurun tugaydi. Yo‘lda 
turistlar vagon-restoranlar stoli atrofidan joy oladilar. Yo‘l davomida ular nafaqat 
tamadi qiladilar, balki sirk va estrada artistlarining chiqishlarini tomosha qiladilar. 
Turistlar belgilangan stansiyagacha olib, boriladi. U yerda ular uchun maxsus dastur 
tayyorlangan bo‘ladi. Bu ekskursiya safari yoki tabiat qo‘yniga sayr bo‘lishi 
mumkin. 
Ko‘p kunlik safarlar katta xilma-xilligi bilan farq qiladi. Marshrut va 
ekskursiya dasturlariga bog‘liq holda turistlar ko‘pincha kunduzi ham temir yo‘lda 
tashish temiryo‘l trnasporti muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Turistik firma 
buyurtmaga asosan turistlar temiryo‘l biletlarini sotib oladi. Ushbu biletlar individual 
yoki guruh uchun bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, temiryo‘l turli kategoriyadagi 
yo‘lovchilar uchun keng miqyosda imtiyozlar va chegirmalar taqdim etadi. Turistik 
@TDIU_ARM


30 
poyezdlarni tashkil etish marshrut harakati va grafika muvofiq tuzilgan shartnoma 
asosida amalga oshiriladi. 
Yuqorida qayd etilganidek, temiryo‘l transporti bilan turistik tashish muntazam 
qatnovchi tez yurar va yo‘lovchi poyezdlarda va maxsus turistik poyezdlarda amalga 
oshiriladi. Keyingi paytlarda Yaponiya, Fransiya, Braziliya, Janubiy Koreya, 
Rossiya, Yevropa mamlakatlarida turistlarni tashish uchun tezkor temiryo‘llardan 
foydalanilayapti. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling