O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Turistlarni aviatsiya (havo) transportida tashish
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
2.4. Turistlarni aviatsiya (havo) transportida tashish
Aviatsiya (havo) transporti jahon xo‘jaliginiing nisbatan tez va dinamik holda rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. U umumjahon transport tizimida tobora mustahkam o‘rin egallamoqda. Olis masofalarga turistik sayohat tashkil etishda (masalan, Shimoliy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari yoki jahon makrohududlarining boshqa olisliklariga) aviatsiyada tashish amalda muqomli vositadir. Aviatsiya transportidan foydalanish shuningdek o‘rta (yer shari ko‘lamida) masofalarda tarqalgan (misol uchun, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarida). Ichki yo‘nalishlarda turistlarni samolyotda tashish ham ancha qulay hisoblanadi. Ayniqsa Rossiya, Xitoy, AQSH kabi yirik davlatlarda aviatsiyaning roli katta. Lufihansa va uning sheriklarining samolyotlari uchayotgan har qanday nuqtaga bepul uchish; klassni oshirish; otellarda yashash yoki ijaraga avtomobil olishda qo‘shimcha xizmatlar; kompaniya o‘quv markazlariga tashrif buyurish uchun super-mukofat; havo sharida sayr; Yevrodisneylend (Parij yoki boshqa safarlarga imkon). Aviakompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar to‘plami eng avvalo xizmat ko‘rsatish klassiga bog‘liq. Jahondagi barcha aviakompaniyalarda odatda xizmat ko‘rsatishning uch klassi mavjud: Birinchi klass (harflar klass kodini ifodalaydi): x R – tovushdan tez uchar samolyot, birinchi klass (Supersonic) x P – har damda tayyor birinchi klass (First Class premium) 31 x F – birinchi klass (First Class) x A – birinchi klass chegirma balans (First Class disounted) Biznes klass (Buslness): Maqbul manfaatli o‘zaro hamkorlik shakllarini to‘g‘ri tanlash lozim, shuningdek turistlarni avia tashishga kontraktlar oqilona tuzilishi zarur. Aviakompaniyalar bilan u yoki bu ko‘rinishdagi o‘zaro hamkorlikning kamchiliklari va afzalliklari xususiyatlarini yaxshi bilish talab etiladi. Aviabiletlarni bronlashtirish chog‘ida professional etika talablarini bajarish talab qilinadi: aviakompaniyani yo‘lovchilar telefon raqamlari bilan ta’minlash (shoshilinch aloqa zarurati uchun); marshrut o‘zgarganda aviakompaniyada darhol bronni bekor qilish; kafolatlangan joy bilan bilet yozib berish faqat avikompaniya tasdiqlashi bilan amalga oshiriladi; barcha zarur hujjatlarni bexato rasmiylashtirish va boshq. turistik xizmatlarga buyurtmalarni joylashtirish uchun elektron bronlashtirish tizimi xizmat qiladi, shu jumladan, transportniki ham. Muntazam aviareyslarga joy uchun kvota shartnomasida joyga kvota (joy bloki) qattiq yoki yumshoq bo‘lishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. Qattiq kvota chog‘ida blokda joyni sotilmay qolishi javobgarligi, sababidan qat’iy nazar, turistik firma zimmasiga yuklanadi. Moliyaviy zararni turistik korxona to‘laydi. Yumshoq kvota chog‘ida turistik korxonaning kvotani rad etishi yoki turistik yo‘llanmani sotilmagani uchun bir qismiga ehtimol muddatlar belgilanadi. Bu muddatda keyinchalik ushbu joylarni aviakompaniyaning o‘zi yoki uning agentlari sotishi ehtimoli ko‘zda tutiladi. Turistik korxonaning yana bir o‘zaro hamkorlik shakli aviakompaniya bilan agentlik bitimini tuzish hisoblanadi. ular bilan joyga kvotaga ega. Ayrim aviakompaniyalar joy kvotasi bo‘yicha shartnomaga ega barcha turistik korxonalarni o‘zlarining agentlari hisoblaydilar. Ammo biroq bu unchalik to‘g‘ri emas. Agar turistik kompaniya aviakompaniya bilan agentlik bitimi asosida ishlayotgan bo‘lsa, aslida uning o‘zi aviakompaniyaning «biletlar sotish bo‘yicha kassa»si sifatida chiqadi, ya’ni biletlar yozib beradi va tegishli kompyuter uskunalariga ega bo‘ladi, mazkur aviakompaniyaning bronlashtirish tarmog‘iga kirish huquqiga ega. @TDIU_ARM 32 Avikompaniya esa mazkur turistik korxona qiyofasida qo‘shimcha sotish punktiga ega bo‘ladi (agentlik bitimining shartlaridan biri odatda safarlarga biletlarni xuddi shu aviakompaniyaning sotish afzalligi hisoblanadi). Aviatsiyada turistik tashishning alohidagi turli ko‘rinishlari charter aviareyslari (samolyotni ijaraga olish) hisoblanadi. Jahonning ko‘pchilik aviakompaniyalariga talab katta bo‘lgan turistik yo‘nalishlar bo‘yicha charterlar tashkil qilishadi. Odatda bunday avia tashishlar turistik markazlarda tashkil etiladi. Ular yetarli darajada aniq geografiyaga ega va mavsumiyligi bilan yaqqol namoyon bo‘ladi. Ulardan foydalanishning muhim yo‘nalishi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha charterlar tashkil qilishda turistlar talabi kattaligi, lekin muntazam aviareyslar yo‘qligi hisoblanadi. Charter aviatashishlar tashkil etish chog‘ida buyurtmachi aviakompaniya bilan marshrutni aniqlaydi, tomonlarning majburiyatlarini kelishib oladi, ijara shartnomasini xalqaro tartiblarga muvofiqligini tekshirib ko‘radi, reys narxini aniqlaydi. So‘ngra maxsus charter shartnomasi tuziladi, unda belgilab olinadi: samolyot turi, sotiladigan joy soni, samolyotning ijara bahosi, aeroportda ko‘rsatilgan holda uchib ketish va qaytib kelish marshruti, shartnomani amal qilish muddati (mavsum, 1 yil yoki boshq.), aviareyslar muntazamligi, aviareysni bekor qilish holati va imkoni, tegishli sanksiyalar. Charterlar xususiyati shundaki, bitta to‘liq reys (ikkinchi va oxirgisidan oldingi uchishlar) turistlarsiz bajariladi: samolyotning oxirgi reysi oxirgi turistlarni oladi, lekin yangilarni tashib kelmaydi, negaki u ular uchun qaytib kelmaydi (ya’ni, 10 turistik borib kelishga 11 aviareys to‘g‘ri keladi). Turistik aviatashish bozorida «oraliq» tadbirkorlik ajralib turadi – o‘z qo‘llarida yirik charterlarni to‘plagan va keyinchalik ularni nisbatan kichik korxonalar o‘rtasida blok-charter ko‘rinishida taqsimlovchi (10-30 tadan joy) ulgurji – korxonalar ulgurji – korxonalar o‘z cherterlarida o‘rinlarni sotishni odatda quyidagi variantlarda o‘tkazadi: yumshoq, qattiq va aralash o‘rinlar bloki. Yumshoq blokda buyurtmachi hech qanday moliyaviy javobgarlikni olmaydi va oldindan kelishilgan muddatda to‘liq yoki qisman turagentlik uchun qulayroq o‘z 33 o‘rinlaridan voz kechishga haqli. Biroq voz kechish belgilangan muddatdan kechiksa, buyurtmachi jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi. Odatda yumshoq bloklar juda kam qo‘llaniladi, chunki u charterni ushlab turuvchiga hamma vaqt ham foydali emas. Qattiq blok sotish va to‘lov bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga qat’iy amal qilinishini ko‘zda tutadi. Buyurtmachi oldindan to‘lovni amalga oshiradi, qaysikim, odatda ikki juft reyslar qiymati summasini tashkil qiladi. Bunda qattiq bloklarni realizatsiya qilish bo‘yicha tariflar yumshoq realizatsiyasiga nisbatan taxminan 5-10 % ga kam bo‘ladi. Chunki shartnomada butun charter harakat davriga narx belgilab qo‘yilgan, bu reyslarni amalga oshiruvchilarga «yuqori» mavsum va uning oxirida baholarni ma’qullashtirishga yaxshi imkon beradi. Charter resylarga joy sotishning aralash usuli ko‘proq tarqalgan. U o‘zida yuqorida eslatilgan ikki variant elementlarini mujassamlashtirgan. Sotilayotgan blokka kiruvchi joylar umumiy soni, ma’lum proporsiyada ikki qismga bo‘linadi, ulardan biri «qattiq», boshqasi «yumshoq» tizimi bo‘yicha realizatsiya qilinadi. Milliy bozorda havo kemasini ijaraga beruvchi kompaniyalar sifatida ko‘pchilik milliy avia tashuvchilar chiqishadi, ular ichki va xalqaro parvozlar huquqiga egalar. Bir qator davlatlarda ixtisoslashgan aviakompaniyalar tuzilgan, ular faqat charter aviatashishlarni amalga oshiradilar. Charter tashishlarning Yevropa geografiyasi yirik dam olish markazlariga tarqaladi (ayniqsa yozgi davrda). Ispaniya, Gresiya, Kipr, Bolgariya, Italiya, Turkiya va boshqalar asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling