- tez xizmat ko‘rsatuvchi, bular bitta asosiy taomni tayyorlashga ixtisoslashgan
bo‘ladi: (gamburgerlar, pitssa, dengiz mahsulotlari, tovuq, quymoqlar, sendvichlar,
Meksika taomlari).
- Oilaviy restoranlar – bular eski kofeen prinsipiga moslashtirib
tashkillashtirilgan.
- Milliy oshxona restoranlari – bularni AQSH da etnik oshxonalar deb atashadi.
Bunday etnik (yoki etnografik) ovqatlanish korxonalari sayyohlar tomonidan katta
qiziqish bilan foydalaniladi.
- Tematik restoranlar – bu biron-bir temani, masalan musiqa eshitish: futbol
tomosha qilish imkoniyatini ishlab chiadilar. Bu restoranlar chegaralangan
assortimentdagi taomlarni taklif qiladilar. Ularning asosiy maqsadi – muhit yaratish.
Tematik ovqatlanish korxonalari nafaqa AQSH da, paydo bo‘lmoqda. Masalan,
Isroildagi Tell-Aviv va Iyerusalim yoki Ulik dengizigacha bo‘lgan yo‘l kesishuvida
«kafe» joylashgan. Bu kafe Elvis Preslining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Bu esa
sayyohlarning katta e’tiborini qozonib kelmoqda.
Turistlar o‘rtasida restoranlarga talab juda katta ular ikkita katta guruhga
bo‘linadi: klassik va tez xizmat ko‘rsatish sohasi. Mashhur klassik restoranlar misoli
san’at asaridek ko‘zga tashlanadi. U noyob, hayratomuz, sherik bilan uzoq suhbat
qurishga juda ham qulay yoki hechbo‘lmaganda ichki bezak va jihozlari bilan
xo‘randalarga zavq-shavq bag‘ishlaydi. Ammo ularning narxi haddan tashqari juda
qimmat.
Birinchi klass restoranlarining muhim belgisi individuallikka intilish
hisoblanadi. Ularning betakror qiyofasi ichki shinamlik va lazzatli taomlari bilan
to‘ldiriladi. «Leynsboro» otelining ana shunday vegetarian restorani Londonda
Bukingmen saroyi ro‘parasida noklassik qarorgohda joylashgan.
49
Angliyaning mashhur kishilari, aktyorlar va rok-n-rolla va duzlari
mehmonxonalari davrasida o‘z vaqtni o‘tkazish, xohlagan mashhur leynsboro tansiq
taomlaridan tatib ko‘rishda huzur bag‘ishlaydi. Rang-barang va nafis taomnomaga
gulsafsar va limonli yalpizdan arman likyorigacha qo‘shilgan xushbo‘y va lazzatli
suplar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |