O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Tranzit mehmonxonalar turistlarga qiska vaqt to‘xtab o‘tish sharoitida xizmat 
ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. 
Odatda ular qatnov katta magistrallar bo‘ylab joylashadi, kichik yoki o‘rta 
sig‘imi bilan farqlanadi va shinamlik darajasi cheklangan bo‘ladi. 
Tranzit mehmonxonalar guruhida motellar keng tarqalgan va ko‘proq shuhrat 
qozongan. Birinchi motellar AQShda paydo bo‘ldi va ushbu davlat statistikasi ularni 
turistlarni qabul qilish, avtomobilda sayohatchilar uchun muassasa sifatida belgilaydi. 
Ularning birinchi motellaridan biri 1925 yilda kurilganiga qaramay, bular faqat XX 
asrning 50-60 yillariga kelib rivojlana boshladi. Joylashtirishning ana’naviy 
xizmatlaridan tashqari, motellarda ovqatlanish uchun to‘liq texnik servis kompleksi 
ko‘zda tutilgan: garajlar, avtomobillarni quyish joyi, yonilg‘i quyish va ta’mirlash 
stansiyalari mavjud. 
@TDIU_ARM


44 
Motellar rivojlanishi bilan bir qatorda mehmonxonalar tipidagi motelar ham 
keng shuhrat qozonmoqda. Ular ham motellardagi kabi xizmatlarni taklif qiladi, lekin 
yuqori didli va yuqori sifatli xizmat bilan farq qiladi, qaysikim bu otellar uchun 
xosdir. 
Maqsadli mehmonxonalar guruxida ishbilarmonlikka mo‘ljallangan 
mehmonxonalar va dam olish uchun mehmonxonalar ajralib turadi. 
Ishbilarmonlikka mo‘ljallangan mehmonxonalar ish yuzasidan kelgan 
shaxslarga xizmat ko‘rsatadi (ishga doir safar, komandirovka, s’ezdda, 
konferensiya 
va 
simpoziumlarda 
qatnashish 
va 
h.k.lar). 
Ishbilarmon 
odamlarga xizmat ko‘rsatish uchun tegishli sharoitlar yaratilgan bo‘lishi 
kerak. Shu munosabat bilan ishbilarmonlikka mo‘ljallangan mehmonxonalarga 
quyidagi talablar qo‘yiladi: 
x Ma’muriy, jamoat va boshqa shahar va istiqomatgohlar yaqinida 
joylashgani; 
x Xonalar fondida bir o‘rinli xonalar mavjudligi; 
x Ish zonalarida, uxlash va dam olish zonalari bilan bir qatorda xonada tashkil 
etish sharoitlari; 
x Ishbilarmon kishilar va ularning oila a’zolariga xizmat ko‘rsatish uchun 
xonalar fondida xona apartamentlar mavjudligi
x Ishbilarmonlikka doir tadbirlar o‘tkazish uchun maxsus bino mavjudligi; 
konferens zallar (har xil sig‘imda bo‘lishi ma’qulroq), muzokaralar xonasi, 
ekspozitsiyalar uchun bino va h.k.lar; 
x Maxsus texnik uskunalar mavjudligi: sinxron tarjima uchun orgtexnikalar, 
zamonaviy aloqa vositalari; 
x Moliyaviy ta’minot xizmati mavjudligi: bank bo‘limlari, valyuta 
almashtirish punktlari va h.k. lar; 
x Yuqorida sifatli ovqatlanishni taqdim etuvchi ta’minot imkoniyatlari: 
yuqori kategoriyada xizmat ko‘rsatuvchi restoranlar, qahvaxona va barlar mavjudligi, 
shuningdeg ovqatni xonaga keltirib berish; 
45 
x Transport vositalari uchun garajlar va maydonchalar bilan 
jihozlangani. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling