O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Tayanch iboralar: Turistlarni joylashtirish, mehmonxona, klassifikatsiya, 
mehmonxonalar tipologiyasi, asosiy xizmatlar, texnologik tuzilma, mehmonxona 
industriyasi, iqtisodiy faoliyat, kempinglar, motellar, o‘quvchilar va talabalar 
yotoqxonalari. 
Nazorat savollari 
1. «Joylashtirish vositasi», «Mehmonxona» degan tushunchalar nimalardan 
iborat? 
2. Mehmonxonalar 
zanjiri 
tarkibiga 
kiruvchi 
korxonalar 
qanday 
klasssifikatsiyalanadi? 
3. Turli kategoriya (toifa) dagi mehmonxonalarga qanday talablar qo‘yiladi? 
4. Turistik, ishga doir mo‘ljjallangan mehmonxonalar konsepsiyasi (qarashlari) 
mohiyati nimada? 
 
 
@TDIU_ARM


46 
4-bob. TURIZMDA OVQATLANISH KORXONALARI 
 
4.1. Ovqatlanish korxonalari tushunchasi 
4.2. Ovqatlanish korxonalari turlari 
4.3. Ovqatlanish korxonalarining texnologik tuzilishi 
4.1. Ovqatlanish korxonalari tushunchasi 
Turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ovqatlanish korxonalarining asosiy 
maqsadlari turistlarni ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat. Ovqatlanish 
jarayonlari vaqti – vaqti bilan odamlarning muloqat, tarbiyalash, ko‘ngil yozish 
jarayonlariga to‘g‘ri kelib qoladi. 
Ovqatlanish korxonasining joylashgan o‘rni uni kurilishi oldidan yoki
ovqatlanish korxonasida ilgari qurilgan binoni rekonstruksiya qilish chog‘ida
tanlanadi. Shu narsa aniqlanganki, muvaffaqiyatli va qulay joylashgan 
restoranda uning tovar aylanmasi 30 % ga oshishi mumkin. 
Ovqatlanish korxonasining asosiy faoliyati ovqat tayyorlash va uni realizatsiya 
qilish hisoblanadi. Xo‘randalarni ko‘ngil ochishlari uchun shinam ovqatlanish 
korxonalari musiqachilari artistlarni taklif qiladilar. Ovqatlanish korxonasi 
balanslariga magazinlar, yordamchi xo‘jaliklar va boshqalar kirishi mumkinkim, 
bular korxona faoliyatining asosiy rivojlanganligidan guvohlik beradi. 
Turistning ovqatga bo‘lgan ehtiyojini umumiy ovqatlanish korxonalari 
qondiradi. Ular xilma-xil shakllari bilan farq qiladi. Turistik ovqatlanish 
industriyasiga restoranlar, kafelar, barlar, oshxonalar, tamadixonalar va boshqalar 
kiradi. Turistlarning bular singari joylashtirish vositalari bilan birgalikdagi 
ovqatlanish korxonalari xizmat sifati va madaniyati, oshxonasi va taklif etadigan 
taomlari, o‘rinlar soni, ish rejimi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish shakllari bilan 
tasniflanadi. Dunyo bo‘yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud 
emas. Lekin, shunga qaramasdan ham, ko‘p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan 
ma’lum bir ko‘rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko‘rsatiladi. 
Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz. 
47 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling