O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Turistlarni dengiz va daryo transportida tashish


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

2.5. Turistlarni dengiz va daryo transportida tashish 
Dengiz va daryoda turistlarni tashish odatda yo‘lovchi tashish, ekskursiya 
sayohati, paromlar va sayr kemalarida sayohat ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Dengiz va daryoda turistlarni tashishlarni ta’minlash maxsus kompaniyalar 
tomonidan amalga oshiriladi (kemachilik, sayr kemalari kompaniyalari), ular ko‘p 
hollarda turoperatorlar rolida chiqadilar. 
Odatda turistlarni tashish uchun suvosti qanotlariga ega tez yurar kemalardan 
foydalaniladi, ular nisbatan manzilga tez eltishni ta’minlaydi. Ko‘p hollarda dengiz 
@TDIU_ARM


34 
va daryo kemalari turistlarini boshqa transport vositasi bo‘lmagan arxipelaglar yoki 
orollarga olib borish uchun qo‘llaniladi (masalan, Amazonka bo‘ylab sayohat 
choqida). Reysli yo‘lovchi kemalarda turistlarni tashish oldindan bronlashtirilgan 
biletlar asosida amalga oshiriladi. Boshqa transport tashkilotlari singari kemachilik 
kompaniyalari turistlar toifasi va sayohatchilar soniga qarab imtiyozlar va 
chegirmalar taqdim etishadi. 
Turizmda dengiz va daryoda sayyohlarni tashishlar turi asosan sayr-sayohat 
kemalari hisoblanadi. Bu – Kruizing deb ataladi. Kruizing – bir necha xalqaro turizm 
bozori segmentlarini birlashtirgan va o‘zida kompleks bozor tuzilmasini mujassam 
etgan xalqaro biznesdir. U turizm shakllarining biri bo‘lib dengiz bo‘yi turizmi va 
dam olishi hisoblanadi. 
Dengiz kruizi industriyasi turistik bozorda XX asrning 70 yillari boshida 
mashhur bo‘la boshladi va hozirgi vaqtda u rivojlanishda davom etayapti. 1980 
yildan 1990 yilgacha sayr – sayohat kemalari qurilishiga 3 mln. AQSH dollaridan 
ko‘proq mablag‘ sarflandi, qaysikim bu ularning jahon flotini ikki barobarga 
ko‘paytirdi.
Kruizlarning amaldagi yo‘nalishlari soni keyingi o‘n yilda sezilarli oshdi. 
Yangi yo‘nalishlardan ayrimlari AQSH kompaniyalariga tegishli, lekin ko‘pchiligi 
Yevropaniki – Gresiya, Italiya, Norvegiya, Daniya va Buyuk Britaniyaga qarashli. 
Ularning marshrutlari kruiz bozorida mustahkam o‘rin egallaydi. Rossiya 
kompaniyalari ham kruiz yo‘nalishlari holatini kengaytirmoqda va u g‘arb bozoriga 
muvaffaqiyatli kirib bormoqda. Chunki, Amerika va Yevropa firmalariga nisbatan 
past ta’riflarni taklif etmoqda. 
Kruiz kemalari turizm industriyasida eng katta sarf harajatlarga ega. Bularni 
qoplash uchun kruiz kemalari 80-90 %, avia yo‘nalishlar – 60-65 %, otellar -55-60 % 
ga to‘ldirilishi lozim.
Kruiz barcha yo‘nalishlarida turli daromad darajasidagi turistlarni jalb etish 
uchun maqbul narxlarni taklif etadi, shuningdek turli chegirmalar beradi, masalan, 
nomavsumiy davrda yoki safar qo‘shimcha ravishda bronlashtirilgan hollarda. 
35 
Flot shinamligi va texnik jihatdan yaqini jihozlangan, bortdagi servis darajasi, 
bazaviy ta’riflari hajmi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha kruiz kompaniyalari uchta 
asosiy toifaga bo‘linadi: 
ƒ
standart (ular odatda uch yulduz - *** bilan belgilanadi); 
ƒ
birinchi klass (****), masalan, Costa Criises, Nor = Wegian Cruise Line; 
ƒ
o‘ta shinam (*****), masalan, Holtand Airerican Line, Cclbriry Cruises; 
ƒ
superlyuks (******), masalan, Seribourb va boshq. 
Ulardan tashqari ixtisoslashgan operatorlar (masalan, Club Med, Wirdstar va 
boshq.) mavjud. 
Jahon kruiz bozorida 60 ga yaqin operatorlar faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 47 
tasi 1-3 ta kemalarni ekspulatatsiya qiladi. Biroq ulardan ko‘pchiligi yirik kruiz 
korxonalarning sho‘’ba operatorlari hisoblanadi, ular alohida kemalar va aniq 
hududlar bo‘yicha mustaqil ishlashga yaratilgan. 
Yirik kruiz operatorlari sifatida haqli ravishda amerikaliklar hisoblanadi 
(Carnival Cruist Lint Corporation, Royal Caribblan) shuningdek Britaniya 
kompaniyasi PRO Cruises Divison. 
Kruizlar narxiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: uning davomiyligi, mavsum, 
kayutalarning joylashishi va kattaligi, kema tipi, odatda narx kundalik ta’rif bo‘yicha 
hisoblab chiqiladi. Eng gavjum mavsum paytida narx (Karibda qish, Alyaskada yoz) 
baland, eng pasti turistlpr kam mavsumda. Kayutalar joylashishi ham muhim omil 
bo‘lib, u kruiz bahosiga ta’sir qiladi. Suvdan ancha balandda joylashgan kayutalar 
qimmat turadi. Ular turistlarga okean manzarasini ochadi va ko‘ngilochar joylarga, 
restoran va boshqalarga yaqinroq bo‘ladi. Kruiz bahosi eski kemalarda – yangi 
kemalardagiga nisbatan ancha yuqoriroq, chunki birinchisi kengroq va yo‘lovchilar 
zichligi esa ancha kamroq bo‘ladi. 
Turagentliklar va mijozlar uchun amaldagi qulayliklar kruizlarning narx 
klassifikatsiyasi hisoblanadi. Shartli ravishda ularni besh toifaga bo‘lish mumkin: 
tejamli (bir kishiga bir kunga 75-150 dollar), klassik (100-200 dollar), qulayliklari 
katta (150-400 dollar), lyuks (400-1000 dollar) va eksklyuziv (700-1200 dollar). 
@TDIU_ARM


36 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling