O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Ovqatlanish korxonalarining texnologik tuzilishi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
4.2. Ovqatlanish korxonalarining texnologik tuzilishi
Korxona asosiy faoliyatida ishtirok etish shakliga qarab, bo‘linmalar (sexlar)ga ajratiladi. Qaysikim, faoliyat natijalari pazandalik mashulotlari va mahsulot ishlab chiqarmaydigan bo‘limlar (bo‘lim, xizmatlar), boshqaruv va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish (misol uchun, direksiya, omborxona, buxgalteriya)da ko‘zga tashlanadi. 53 Korxonaning asosiy sexlarda ovqat tayyorlanadi va tarqatiladi. Yordamchi sexlarda masalliqlarni yuvish, tozalash, idishlar va chiqindilarni saqlash ishlari bajariladi. Yordamchi xizmatlar asosiy sexlar va butun korxona faoliyat yuritishi uchun ko‘maklashadi. Ular jumlasiga, xususan, transport, energetika, ta’mirlash xizmatlari kiradi. Ovqatlanish korxonasi mahsuloti uning asosiy faoliyatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydali mahsuli hisoblanadi. Korxonaga keladigan masalliqlar (ovqat tayyorlash uchun mo‘ljallangan mahsulotlar) qayta ishlovdan o‘tkaziladi. Xodim mehnati pirovard natijasiga erishishga qaratilgan. Ovqatlanish korxonasi mahsulotlari ikki ko‘rinishda (shaklda) aks etishi mumkin: mahsulot va pazandalik masalliqlariga qo‘shimcha qayta ishlov berish. Mahsulotlarga taomlar, pazandalik yeguliklar, yarim fabrikatlar, bulochkali, unli shirinliklar, ichimliklar kiradi. Taom o‘zida oziq-ovqat mahsulotlari birligi (ovqat porsiyasi) ni ifoda etadi. U pazandalik bilan tayyorlangan, iste’molga to‘liq yaroqli va iste’molchiga suzib beriladi. Tanavul uning aniq sifatiga xosdir. Taomlardan farqli ravishda pazandalik mahsulotlari pazandalik ishlovi berilgan bo‘lsada, porsiyalanish va iste’molchiga taqdim etilishi oldidan qo‘shimcha isitishni talab qiladi. Ovqat tayyorlash masalliq bo‘lgandagina qaysikim, mahsulot hisoblanmaydi. Taomning tayyorligi belgisi uni ishlab chiqarish yakuniga yetganligi sanaladi. Taom hech qanday qo‘shimcha ishlov berishga muhtoj bo‘lmaydi, sifati talabga javob beradi, iste’molchiga taqdim etiladi. Yarim fabrikat tayyorlangan sexida (chiqaruvchidan tashqari) qayta ishlanishga muhtoj emas. U sifatli pazandalik tayyorligiga ega. Qayta ishlov berish korxonaning boshqa sexida yoki pazandalik taomlari va mahsulotlari tayyorlaydigan korxona boshqa sexida qo‘shimcha ishlovdan o‘tadi. Yarim fabrikatlar xom ashyoni qayta ishlash darajasi bo‘yicha juda xilma-xil bo‘ladi. Porsiyalangan go‘shtli yarim fabrikatlarga bifshteks, fili, langet, antrekot, mayda bo‘lak - befstroganlar, gulyash, azular misol bo‘la oladi. Tugallanmagan ko‘rinishdagi yarim fabrikatlar, shuningdek ishlab chiqarish tugallanmagan taom @TDIU_ARM 54 yakunlanmagan ishlab chiqarishni hosil qiladi. Yakunlanmagan ishlab chiqarish mavjudligi, ayniqsa yirik ovqatlanish, korxonalarida xom ashyo zahiralari bilan bir qatorda sexlarni bir maromda ishlashi va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish uchun zarurdir. Mahsulotlarning tayyorlik darajasi bo‘yicha o‘rganish korxonalar faoliyati natijalarini tahlil qilish va ularni boshqarish uchun muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek ovqat tayyorlash siklini hisobga olish zarur. Xom ashyoga to‘liq siklda qayta ishlov beruvchi korxonalar tarixan qadimgiroq hisoblanadi. Korxonalar oziq-ovqat mahsulotlarini sanoat va qishloq xo‘jaligidan pazandalik ishlovlarisiz qabul qilganlar. Ovqatlanish korxonalari ishlab chiqarishini tashkil etish o‘sishi yarim -fabrikatlar ishlab chiqarishi bo‘yicha mexanizatsiyalashgan sanoat korxonalarini yaratish zaruratini keltirib chiqardi. Bir vaqtning o‘zida ovqatlanish korxonalari oshxonalari qisqara boshladi (maydoni, soni va tegishli uskunalarning ish parametrlari bo‘yicha). Tayyorlov sexlariga ham zarurat qolmaydi. Zamonaviy texnologiya xom ashyo, yarim fabrikatlar, pazandalik mahsulotlariga ishlov berish bosqichini zamon va makon bo‘yicha taqsimlash imkonini bermoqsa. To‘liq bo‘lmagan texnologik sikli ovqatlanish korxonalari faqatgina pazandalik mashulotlariga qo‘shimcha ishlov beradilar, xolos. Bu ovqatlanish industriyasi progressiv taraqqiyot yo‘nalishlarini namoyon etadi. Bunday korxonalar uchun xom ashyo yarim fabrikatlar, pazandalik mahsulotlari hisoblanadi. Turli xil texnologik jarayonlarni bajarish uchun bino ko‘zda tutiladi: a) xom ashyoni qabul qilish va saqlash uchun; b) ishlab chiqarish uchun; v) iste’molchilar uchun; g) maishiy va xizmatlar uchun; d) texnik bino. Xom ashyoni qabul qilish va saqlash binosiga kiradi: qabul qiluvchi, sovutilmaydigan xona, sovutiladigan kamera, idishlarni yuvadigan xona. Ishlab chiqarish binosi (oshxona) umumiy hollarda tayyorlov sehlaridan (go‘sht, baliq, parranda, sabzovot tayyorlash), tayyorlashgacha bo‘lgan sexlar (qaynoq, sovuq, shirinlik), servizlash, oshxona va kuxnya idish - tovoqlarini yuvish, 55 bufet va tarqatish (agar mijozlarga ofitsiant xizmat ko‘rsatsa), ishlab chiqarish mudiri binolaridan iborat. Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish uchun bino, iste’molchilar uchun zal, ofitsantlar xonasi, binoning vestibyul guruhi, artistik binolarni o‘z ichiga oladi. O‘z- o‘ziga xizmat ko‘rsatishda bu yerga yana bufet va ovqat tarqatish joylari ham kiradi. Xizmatlar va maishiy binolarga kiradi: direksiya, boshqaruv xodimlari binosi, buxgalteriya, garderob, hojatxona, dush, xodimlar uchun vanna, choyshablar xonasi, xodimlar ovqatlanadigan binolar. Ustaxona, korxona hayot ta’minoti xizmatlari texnik binolarga kiradi. Ovqatlanish korxonalari binosi aniq ro‘yxati texnologiya xususiyatlari, sanitariya talablari, me’yorlariga muvofiq shakllantiriladi. Bino murakkab muhandislik uskunalari bilan jihozlanadi. Hamma binolarga quyindi gaz va tutunga sezgir yong‘inni aniqlash avtomatik tizimi o‘rnatiladi. Korxonani direktor boshqaradi. Ishlab chiqarish mudiri taomlar, pazandalik mahsulotlari, yarim fabrikatlar ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qiladi. U oshxonada texnologiya, sanitariya, gigiyena ustidan nazorat qiladi. Har kuni menyu tuzish, xom ashyoga buyurtma berish ham uning vazifasiga kiradi. Ma’mur (metrodotel) xo‘randalar uchun zal ishlarini tashkil etadi. Ishlab chiqarishda turli mamlakat oshpazlar, qandolatpazlar, bufetlar, ofitsiantlar, zal farroshlari va boshqa xodimlar band bo‘lishadi. Ovqatlanish korxonalari klassifikatsiyasi juda ko‘p belgilarga qarab bajariladi. Boshqaruv belgilariga qarab korxonalar zanjirlarga birlashgan va mustaqil ishlovchi korxonalarga ajratiladi. Assortimentiga bog‘liq holda korxonalar kompleks, universal, ixtisoslashganga bo‘linadi. Xizmat ko‘rsatiladigan kontengentga qarab korxonalar doimiy kontengent (bunday ovqatlanish korxonalari mehmonxonalar, sanitariyalar va h.k. huzurida joylashgan), o‘zgaruvchan kontengent (masalan, shahar restoranlari) bilan ishlashlari mumkin. Korxonalar xizmat ko‘rsatish metodiga qarab farqlanadi: x iste’molchilarga ofitsiantlar xizmat ko‘rsatadi; @TDIU_ARM 56 x korxonada o‘ziga - o‘zi xizmat ko‘rsatadi. Ovqatlanish korxonalari shuningdek texnologik siklning to‘laligi, xizmat hajmi va harakteri, ovqatlanish turi, ish rejimi, faoliyat vaqti va boshqa belgilar bilan farq qiladilar. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling