6.2. Kompyuter tizimida o‘rinlarni bronlashtirishning paydo bo‘lish
imkoniyatlari va evolyutsiyasi
Bronlashtirishning hozirgi zamon kompyuter tizimi – KSB (Computer
Reservation SyStem - CRS) ga XX asrning 1950- yillar oxiri va 1960- yillar
boshlarida asos solingandi. Xudi o‘sha paytda avia tashishlar nufuzi oshishi
aviakompaniyalarga ulkan rezervlashtirish markazlarini yaratish zaruratini tug‘dirdi.
Ularning vazifasi turistik agentlar, mijozlardan pochta, telefon, telegraf orqali joyni
bronlashga tushayotgan buyurtmalarni qo‘lda ishlash edi. G‘oyat kattaligi va
ishlovchi xodimlar sonining ko‘pligiga qaramay, o‘tgan biroz vaqt ichida
rezervlashtirish bo‘yicha markazlar ortib borayotgan axborot hajmni uddalay olmay
qoldilar. Bu esa KSB ishlanamalarining boshlanishiga to‘rtki berdi.
71
Axborotlar ishlab chiqish va taqsimlashda uni uzatish va ko‘paytirish,
ishonchligini ta’minlash (shu jumladan, sayohatlar uchun ma’lumotnomalar, prays-
varaqlar, biletlar, rezervlashtirish to‘g‘risida axborotlar) ancha qimmat turadi. Chunki
xato ham juda qimmatga tushadi. AQShda ayrim kompaniyalar hali o‘tgan asrning
1960 yillaridayoq o‘z xususiy kompyuter tizimlarini ishlab chiqqandilar. Keyinchalik
ayrim firmalarni ular birlashtirishga o‘rinishlari muvaffaqitsizlikka uchradi (1961- yil
– «DEL TAMATIC» “Delta”, “PANA-MAC”, «Pan Am»firmalari), ikki Amerika
kompaniyalari «American Airlenes» va “United Airlines” bir – biridan mustaqil
yuqori unumli, raqobatbardosh rezervlashtirish tizimlari yaratdilar.
“United Airlines” 1976- yilda “Apollo” tizimi bilan birinchi bo‘lib bozorga
chiqdi. Oradan biroz vaqt o‘tib «American Airlenes» o‘z «Sabre» tizimini taklif qildi.
Ushbu tizimlar munosabati bilan foydalanuvchilarga tizimlar ko‘priklari orqali
(konnektorlar) real vaqt rejimida aviareyslar haqida axborot olish imkoniyati
yaratildi.
1980-yillar ikkinchi yarimida aviakompaniyalar bozorni egallash nuqtai
nazaridan KSB qo‘llanishi afzal ekanligini anglaydilar va shunday tizimlar uchun
jahon birinchligi musobaqlari boshlanib ketdi. Amerikaning «Sabre» va «Apollo»
tizimlari britaniya bozorlarini egallab oldi. Yevropa yangi “Galileo” va “Amadeus”
tizimlari ularga qarshi turishga intildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |