O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
Tejamli kruizlar uncha katta bo‘lmagan eski namunadagi kemalarda, barcha
qulayliklarga ega katta laynerlar bajariladi (misol uchun, «AZUR» va “Fedmenco”, Cruises, Topaz va “Emerald”, Tlomson kompaniyalari, Ukraina kemalarida). Klassik kruizlar xalqaro turizm bozorida ustunlikka ega bo‘lib, yo foydalanilayotgan kemalar yoki yangilari bilan bajariladi. Ular zamon talablariga javob beradigan dizayn va uskunalar bilan jihozlangan. Shinam va servis xizmati a’lo darajada: kayutalari keng, palubaga katta ochiq, hovuz, sport maydonlari, zal, go‘zallik saloni, magazinlar, tungi klublar va kazinolar bilan jihozlangan. Carnival Cruise Line klassik kruizlarni tashkil etadi, ular yoshlarga mo‘ljallangan. Norwegian Cruiisse Line – uy muhitini yaxshi ko‘ruvchilar va personal servisga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatadi. Klassik kruiz bilan Princese Cruise va Royal Caribblan kompaniyalari ham shug‘ullanadi (keyingisining ko‘pchilik laynerlari 5 yulduzli toifaga ega). ayniqsa talab katta. Bu vaqt ichida turistlar biror marta ham mehmonxonalarni almashtirmasdan juda ko‘p joylarni tomosha qilishga ulgurishadi. Bunday kruizlar ayniqsa o‘rta va keksa yoshdagi kishilar uchun ko‘ngillidir: dengiz sayohatiga qaraganda, yer hamisha ko‘z o‘ngida; dengiz kasalligidan holi. Germaniya, Buyukbritaniya va Gollandiya daryolari bo‘ylab kruiz dasturlarini bajaruvchi kemalar bir palubali va ikki palubali bo‘lib, teploxodlar maxsus qurilgan yoki ayrim hollarda o‘zyurar birjalar bilan ta’minlangan. Teploxodlarning xususiyatlari shundaki, ularning hammasi past bo‘lib, barcha qulayliklarga ega. Buning sababi shundaki, ko‘pchilik yo‘nalishda tor kanallar bo‘ylab o‘tadi, teploxodlar past ko‘priklar ostidan o‘tadi, kam suvli daryolarda bemalol suzadi. Shunga qarab, bunday kemalar sig‘imi uncha katta emas. Ammo ularning egalari o‘z kemalarini yanada shinam va qulay bo‘lishi uchun intiladilar, ularni barcha zarur narsalar bilan jihozlaydilar. Daryo kruizlari uchun ham bir yulduzli, ham lyuks klassdagi shinam teploxodlardan foydalaniladi. Daryo kruizlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mijozlar bilan amalga oshiriladi. Kema egalari – firmalar yoki ijarachi firmalar turmahsulotlarni o‘z byurolari, yoki 37 ixtisoslashgan turistik agentliklar tarmog‘i orqali sotadilar (shu jumladan, avtobusda safarlari va safarni tashkil etuvchilar orqali). Daryo sayohati tarixiy joylar, yodgorliklar boshqa diqqatga sazovar joylar bilan tanishish maqsadida ekskursiyalar tashkil etish uchun keng foydalaniladi, davomiyligi 24 soatdan kam emas. Bunday reyslar odatda portfloti kemalari bilan amalga oshiriladi va shahar atrofi va shahar ichkarisidagi zonalarda o‘tkaziladi. Temza (London), Sena (Parij), Neva (Sankt-Peterburg) daryolari bo‘ylab ekskursiyalar bunga harakterli misol bo‘la oladi. Odatda suvda ekskursiya uncha katta bo‘lmagan sayr paroxodlarida amalga oshiriladi va ba’zan «daryo traivili» deb ataladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling