44
Motellar rivojlanishi bilan bir qatorda mehmonxonalar tipidagi motelar ham
keng shuhrat qozonmoqda. Ular ham motellardagi kabi xizmatlarni taklif qiladi, lekin
yuqori didli va yuqori sifatli
xizmat bilan farq qiladi, qaysikim bu otellar uchun
xosdir.
Maqsadli mehmonxonalar guruxida ishbilarmonlikka mo‘ljallangan
mehmonxonalar va dam olish uchun mehmonxonalar ajralib turadi.
Ishbilarmonlikka mo‘ljallangan mehmonxonalar
ish yuzasidan kelgan
shaxslarga xizmat ko‘rsatadi (ishga doir safar, komandirovka, s’ezdda,
konferensiya
va
simpoziumlarda
qatnashish
va
h.k.lar).
Ishbilarmon
odamlarga xizmat ko‘rsatish uchun tegishli sharoitlar yaratilgan bo‘lishi
kerak. Shu munosabat bilan ishbilarmonlikka mo‘ljallangan mehmonxonalarga
quyidagi talablar qo‘yiladi:
x Ma’muriy, jamoat va boshqa shahar
va istiqomatgohlar yaqinida
joylashgani;
x Xonalar fondida bir o‘rinli xonalar mavjudligi;
x Ish zonalarida, uxlash va dam olish zonalari bilan
bir qatorda xonada tashkil
etish sharoitlari;
x Ishbilarmon kishilar va ularning oila a’zolariga xizmat ko‘rsatish uchun
xonalar fondida xona
apartamentlar mavjudligi;
x Ishbilarmonlikka doir tadbirlar o‘tkazish uchun maxsus bino mavjudligi;
konferens zallar (har xil sig‘imda bo‘lishi ma’qulroq), muzokaralar xonasi,
ekspozitsiyalar uchun bino va h.k.lar;
x Maxsus texnik uskunalar mavjudligi: sinxron tarjima uchun orgtexnikalar,
zamonaviy aloqa vositalari;
x Moliyaviy ta’minot xizmati mavjudligi: bank bo‘limlari, valyuta
almashtirish punktlari va h.k. lar;
x Yuqorida sifatli ovqatlanishni taqdim etuvchi ta’minot imkoniyatlari:
yuqori kategoriyada xizmat ko‘rsatuvchi restoranlar, qahvaxona va barlar mavjudligi,
shuningdeg ovqatni xonaga keltirib berish;
45
x Transport vositalari uchun garajlar
va maydonchalar bilan
jihozlangani.
Do'stlaringiz bilan baham: