O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Restoran – hammabop (uchun qulay) ovqatlanish korxonasi bo‘lib, juda ko‘p 
assortimentli taomlar bilan, gazaklari bilan, har xil pishiriqlari va spirtli-spirtsiz 
ichimliklarlari bilan ajralib turadi. Restoranlarda yana individual buyurtmalar asosida 
ham juda ko‘p salat va taomlar tayyorlashi bilan birga yevorpacha hamda milliy 
ovatlar ham tortiq qilinadi. Xizmatlar ko‘rsatiladigan mehmonlarning soni bo‘yicha 
restoranlar kichkina (10-15 kishigacha) va katta (500 kishi va undan ortiq) 
restoranlarga bo‘linadi. 
Milliy oshxonaga ega bo‘lgan restoranlar ham mavjud. Dunyoda italyancha
xitoycha, grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa 
kabi restoranlar juda mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan 
ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi. 
Odatda sayyohlar qaysi mamlakatda bo‘lsalar, o‘sha mamlakatning oshxonasi 
bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p hollarda shular o‘zlari shaharlarning qiziqarli 
milliy hamda arzon restoranlari haqida ma’lumot berib o‘tishadilar. Milliy restoranlar 
bilan tanishtirish nuqtai nazardan ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada 
sayyohlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya’ni mashhur oq sosiskalar 
hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa sayyohlarni albatta 
«Xofbrayxaus»ga, ya’ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda eng 
mashhur bo‘lgan vencha shnitsellarni (katlet turi) tamaddi qilishga olib borishadi va 
albatta Italiyada esa hech qaysi tushligi pastasiz (makaronli taom) o‘tmaydi. 
AQSH da va barcha ko‘pgina mamlakatlarda afg‘oncha, kolumbcha, hindcha, 
chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda. 
Oxirgi paytlarda vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bulla boshlayapdi, 
yoki yahudiylar uchun maxsus tayyorlanadigan taomlar restoranlar ham faoliyat 
ko‘rsatib kelmoqda. 
Yuqoridagilardan tashqari restoranlar ixtisoslashuvi bo‘yicha ham ajratiladi. 
Masalan, faqatgina baliq yoki go‘shtli taomlar taklif qiladigan restoranlar. 
Restoranlar faqatgina bitta taomni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi ham mumkin. 
Aytaylik, pitssa tayyorlash. 
@TDIU_ARM


48 
Ixtisoslashgan – bunga, biron-bir bir tipda, masalan, tez, ommaviy, kundalik 
xizmat ko‘rsatish yoki milliy taomlar tayyorlashga ixtisoslashgan restoranlar kiradi. 
Bitta restoran, ham to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi, ham ixtisoslashgan bo‘lishi 
mumkin. 
Restoranlar quyidagilarga bo‘linadi: 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling