46
4-bob. TURIZMDA OVQATLANISH KORXONALARI
4.1. Ovqatlanish korxonalari tushunchasi
4.2. Ovqatlanish korxonalari turlari
4.3. Ovqatlanish korxonalarining texnologik tuzilishi
4.1. Ovqatlanish korxonalari tushunchasi
Turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ovqatlanish korxonalarining asosiy
maqsadlari turistlarni ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat. Ovqatlanish
jarayonlari vaqti – vaqti bilan odamlarning muloqat,
tarbiyalash, ko‘ngil yozish
jarayonlariga to‘g‘ri kelib qoladi.
Ovqatlanish korxonasining joylashgan o‘rni uni kurilishi oldidan yoki
ovqatlanish korxonasida ilgari qurilgan binoni rekonstruksiya qilish chog‘ida
tanlanadi. Shu narsa aniqlanganki, muvaffaqiyatli va qulay joylashgan
restoranda uning tovar aylanmasi 30 % ga oshishi mumkin.
Ovqatlanish korxonasining asosiy faoliyati ovqat tayyorlash va uni realizatsiya
qilish hisoblanadi. Xo‘randalarni ko‘ngil ochishlari
uchun shinam ovqatlanish
korxonalari musiqachilari artistlarni taklif qiladilar. Ovqatlanish korxonasi
balanslariga magazinlar, yordamchi xo‘jaliklar va boshqalar kirishi mumkinkim,
bular korxona faoliyatining asosiy rivojlanganligidan guvohlik beradi.
Turistning ovqatga bo‘lgan ehtiyojini umumiy ovqatlanish korxonalari
qondiradi. Ular xilma-xil shakllari bilan farq qiladi.
Turistik ovqatlanish
industriyasiga restoranlar, kafelar, barlar, oshxonalar, tamadixonalar va boshqalar
kiradi. Turistlarning bular singari joylashtirish vositalari bilan birgalikdagi
ovqatlanish korxonalari
xizmat sifati va madaniyati, oshxonasi va taklif etadigan
taomlari, o‘rinlar soni, ish rejimi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish shakllari bilan
tasniflanadi. Dunyo bo‘yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud
emas. Lekin,
shunga qaramasdan ham, ko‘p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan
ma’lum bir ko‘rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko‘rsatiladi.
Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
47
Do'stlaringiz bilan baham: