O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Turistlarni aviatsiya (havo) transportida tashish


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

2.4. Turistlarni aviatsiya (havo) transportida tashish 
Aviatsiya (havo) transporti jahon xo‘jaliginiing nisbatan tez va dinamik holda 
rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. U umumjahon transport tizimida tobora 
mustahkam o‘rin egallamoqda. Olis masofalarga turistik sayohat tashkil etishda 
(masalan, Shimoliy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari yoki jahon 
makrohududlarining boshqa olisliklariga) aviatsiyada tashish amalda muqomli 
vositadir. Aviatsiya transportidan foydalanish shuningdek o‘rta (yer shari ko‘lamida) 
masofalarda tarqalgan (misol uchun, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarida). Ichki 
yo‘nalishlarda turistlarni samolyotda tashish ham ancha qulay hisoblanadi. Ayniqsa 
Rossiya, Xitoy, AQSH kabi yirik davlatlarda aviatsiyaning roli katta. 
ƒ
Lufihansa va uning sheriklarining samolyotlari uchayotgan har qanday 
nuqtaga bepul uchish;
ƒ
klassni oshirish; 
ƒ
otellarda yashash yoki ijaraga avtomobil olishda qo‘shimcha xizmatlar; 
ƒ
kompaniya o‘quv markazlariga tashrif buyurish uchun super-mukofat; 
ƒ
havo sharida sayr; 
ƒ
Yevrodisneylend (Parij yoki boshqa safarlarga imkon). 
Aviakompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar to‘plami eng avvalo 
xizmat ko‘rsatish klassiga bog‘liq. Jahondagi barcha aviakompaniyalarda odatda 
xizmat ko‘rsatishning uch klassi mavjud: 
Birinchi klass (harflar klass kodini ifodalaydi): 
x R – tovushdan tez uchar samolyot, birinchi klass (Supersonic) 
x P – har damda tayyor birinchi klass (First Class premium) 
31 
x F – birinchi klass (First Class) 
x A – birinchi klass chegirma balans (First Class disounted) 
Biznes klass (Buslness): 
Maqbul manfaatli o‘zaro hamkorlik shakllarini to‘g‘ri tanlash lozim, 
shuningdek turistlarni avia tashishga kontraktlar oqilona tuzilishi zarur. 
Aviakompaniyalar bilan u yoki bu ko‘rinishdagi o‘zaro hamkorlikning kamchiliklari 
va afzalliklari xususiyatlarini yaxshi bilish talab etiladi. 
Aviabiletlarni bronlashtirish chog‘ida professional etika talablarini bajarish 
talab qilinadi: aviakompaniyani yo‘lovchilar telefon raqamlari bilan ta’minlash 
(shoshilinch aloqa zarurati uchun); marshrut o‘zgarganda aviakompaniyada darhol 
bronni bekor qilish; kafolatlangan joy bilan bilet yozib berish faqat avikompaniya 
tasdiqlashi bilan amalga oshiriladi; barcha zarur hujjatlarni bexato rasmiylashtirish va 
boshq. turistik xizmatlarga buyurtmalarni joylashtirish uchun elektron bronlashtirish 
tizimi xizmat qiladi, shu jumladan, transportniki ham. 
Muntazam aviareyslarga joy uchun kvota shartnomasida joyga kvota (joy 
bloki) qattiq yoki yumshoq bo‘lishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. Qattiq kvota 
chog‘ida blokda joyni sotilmay qolishi javobgarligi, sababidan qat’iy nazar, turistik 
firma zimmasiga yuklanadi. Moliyaviy zararni turistik korxona to‘laydi. Yumshoq 
kvota chog‘ida turistik korxonaning kvotani rad etishi yoki turistik yo‘llanmani 
sotilmagani uchun bir qismiga ehtimol muddatlar belgilanadi. Bu muddatda 
keyinchalik ushbu joylarni aviakompaniyaning o‘zi yoki uning agentlari sotishi 
ehtimoli ko‘zda tutiladi. 
Turistik korxonaning yana bir o‘zaro hamkorlik shakli aviakompaniya bilan 
agentlik bitimini tuzish hisoblanadi. ular bilan joyga kvotaga ega. Ayrim 
aviakompaniyalar joy kvotasi bo‘yicha shartnomaga ega barcha turistik korxonalarni 
o‘zlarining agentlari hisoblaydilar. Ammo biroq bu unchalik to‘g‘ri emas. Agar 
turistik kompaniya aviakompaniya bilan agentlik bitimi asosida ishlayotgan bo‘lsa, 
aslida uning o‘zi aviakompaniyaning «biletlar sotish bo‘yicha kassa»si sifatida 
chiqadi, ya’ni biletlar yozib beradi va tegishli kompyuter uskunalariga ega bo‘ladi, 
mazkur aviakompaniyaning bronlashtirish tarmog‘iga kirish huquqiga ega. 
@TDIU_ARM


32 
Avikompaniya esa mazkur turistik korxona qiyofasida qo‘shimcha sotish punktiga 
ega bo‘ladi (agentlik bitimining shartlaridan biri odatda safarlarga biletlarni xuddi 
shu aviakompaniyaning sotish afzalligi hisoblanadi). 
Aviatsiyada turistik tashishning alohidagi turli ko‘rinishlari charter aviareyslari 
(samolyotni ijaraga olish) hisoblanadi. Jahonning ko‘pchilik aviakompaniyalariga 
talab katta bo‘lgan turistik yo‘nalishlar bo‘yicha charterlar tashkil qilishadi. Odatda 
bunday avia tashishlar turistik markazlarda tashkil etiladi. Ular yetarli darajada aniq 
geografiyaga ega va mavsumiyligi bilan yaqqol namoyon bo‘ladi. Ulardan 
foydalanishning muhim yo‘nalishi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha charterlar tashkil 
qilishda turistlar talabi kattaligi, lekin muntazam aviareyslar yo‘qligi hisoblanadi. 
Charter aviatashishlar tashkil etish chog‘ida buyurtmachi aviakompaniya bilan 
marshrutni aniqlaydi, tomonlarning majburiyatlarini kelishib oladi, ijara 
shartnomasini xalqaro tartiblarga muvofiqligini tekshirib ko‘radi, reys narxini 
aniqlaydi. So‘ngra maxsus charter shartnomasi tuziladi, unda belgilab olinadi: 
samolyot turi, sotiladigan joy soni, samolyotning ijara bahosi, aeroportda ko‘rsatilgan 
holda uchib ketish va qaytib kelish marshruti, shartnomani amal qilish muddati 
(mavsum, 1 yil yoki boshq.), aviareyslar muntazamligi, aviareysni bekor qilish holati 
va imkoni, tegishli sanksiyalar. 
Charterlar xususiyati shundaki, bitta to‘liq reys (ikkinchi va oxirgisidan oldingi 
uchishlar) turistlarsiz bajariladi: samolyotning oxirgi reysi oxirgi turistlarni oladi, 
lekin yangilarni tashib kelmaydi, negaki u ular uchun qaytib kelmaydi (ya’ni, 10 
turistik borib kelishga 11 aviareys to‘g‘ri keladi). 
Turistik aviatashish bozorida «oraliq» tadbirkorlik ajralib turadi – o‘z 
qo‘llarida yirik charterlarni to‘plagan va keyinchalik ularni nisbatan kichik 
korxonalar o‘rtasida blok-charter ko‘rinishida taqsimlovchi (10-30 tadan joy) ulgurji 
– korxonalar ulgurji – korxonalar o‘z cherterlarida o‘rinlarni sotishni odatda quyidagi 
variantlarda o‘tkazadi: yumshoq, qattiq va aralash o‘rinlar bloki. 
Yumshoq blokda buyurtmachi hech qanday moliyaviy javobgarlikni olmaydi 
va oldindan kelishilgan muddatda to‘liq yoki qisman turagentlik uchun qulayroq o‘z 
33 
o‘rinlaridan voz kechishga haqli. Biroq voz kechish belgilangan muddatdan kechiksa, 
buyurtmachi jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi. 
Odatda yumshoq bloklar juda kam qo‘llaniladi, chunki u charterni ushlab 
turuvchiga hamma vaqt ham foydali emas. 
Qattiq blok sotish va to‘lov bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga qat’iy amal 
qilinishini ko‘zda tutadi. Buyurtmachi oldindan to‘lovni amalga oshiradi, qaysikim, 
odatda ikki juft reyslar qiymati summasini tashkil qiladi. Bunda qattiq bloklarni 
realizatsiya qilish bo‘yicha tariflar yumshoq realizatsiyasiga nisbatan taxminan 5-10 
% ga kam bo‘ladi. Chunki shartnomada butun charter harakat davriga narx belgilab 
qo‘yilgan, bu reyslarni amalga oshiruvchilarga «yuqori» mavsum va uning oxirida 
baholarni ma’qullashtirishga yaxshi imkon beradi. 
Charter resylarga joy sotishning aralash usuli ko‘proq tarqalgan. U o‘zida 
yuqorida eslatilgan ikki variant elementlarini mujassamlashtirgan. Sotilayotgan 
blokka kiruvchi joylar umumiy soni, ma’lum proporsiyada ikki qismga bo‘linadi, 
ulardan biri «qattiq», boshqasi «yumshoq» tizimi bo‘yicha realizatsiya qilinadi. 
Milliy bozorda havo kemasini ijaraga beruvchi kompaniyalar sifatida 
ko‘pchilik milliy avia tashuvchilar chiqishadi, ular ichki va xalqaro parvozlar 
huquqiga egalar. Bir qator davlatlarda ixtisoslashgan aviakompaniyalar tuzilgan, ular 
faqat charter aviatashishlarni amalga oshiradilar. Charter tashishlarning Yevropa 
geografiyasi yirik dam olish markazlariga tarqaladi (ayniqsa yozgi davrda). Ispaniya, 
Gresiya, Kipr, Bolgariya, Italiya, Turkiya va boshqalar asosiy yo‘nalishlar 
hisoblanadi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling