O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


 Kompyuter tizimida o‘rinlarni bronlashtirishning paydo bo‘lish


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

6.2. Kompyuter tizimida o‘rinlarni bronlashtirishning paydo bo‘lish 
imkoniyatlari va evolyutsiyasi 
Bronlashtirishning hozirgi zamon kompyuter tizimi – KSB (Computer 
Reservation SyStem - CRS) ga XX asrning 1950- yillar oxiri va 1960- yillar 
boshlarida asos solingandi. Xudi o‘sha paytda avia tashishlar nufuzi oshishi 
aviakompaniyalarga ulkan rezervlashtirish markazlarini yaratish zaruratini tug‘dirdi. 
Ularning vazifasi turistik agentlar, mijozlardan pochta, telefon, telegraf orqali joyni 
bronlashga tushayotgan buyurtmalarni qo‘lda ishlash edi. G‘oyat kattaligi va 
ishlovchi xodimlar sonining ko‘pligiga qaramay, o‘tgan biroz vaqt ichida 
rezervlashtirish bo‘yicha markazlar ortib borayotgan axborot hajmni uddalay olmay 
qoldilar. Bu esa KSB ishlanamalarining boshlanishiga to‘rtki berdi. 
71 
Axborotlar ishlab chiqish va taqsimlashda uni uzatish va ko‘paytirish, 
ishonchligini ta’minlash (shu jumladan, sayohatlar uchun ma’lumotnomalar, prays-
varaqlar, biletlar, rezervlashtirish to‘g‘risida axborotlar) ancha qimmat turadi. Chunki 
xato ham juda qimmatga tushadi. AQShda ayrim kompaniyalar hali o‘tgan asrning 
1960 yillaridayoq o‘z xususiy kompyuter tizimlarini ishlab chiqqandilar. Keyinchalik 
ayrim firmalarni ular birlashtirishga o‘rinishlari muvaffaqitsizlikka uchradi (1961- yil 
– «DEL TAMATIC» “Delta”, “PANA-MAC”, «Pan Am»firmalari), ikki Amerika 
kompaniyalari «American Airlenes» va “United Airlines” bir – biridan mustaqil 
yuqori unumli, raqobatbardosh rezervlashtirish tizimlari yaratdilar. 
“United Airlines” 1976- yilda “Apollo” tizimi bilan birinchi bo‘lib bozorga 
chiqdi. Oradan biroz vaqt o‘tib «American Airlenes» o‘z «Sabre» tizimini taklif qildi. 
Ushbu tizimlar munosabati bilan foydalanuvchilarga tizimlar ko‘priklari orqali 
(konnektorlar) real vaqt rejimida aviareyslar haqida axborot olish imkoniyati 
yaratildi. 
1980-yillar ikkinchi yarimida aviakompaniyalar bozorni egallash nuqtai 
nazaridan KSB qo‘llanishi afzal ekanligini anglaydilar va shunday tizimlar uchun 
jahon birinchligi musobaqlari boshlanib ketdi. Amerikaning «Sabre» va «Apollo» 
tizimlari britaniya bozorlarini egallab oldi. Yevropa yangi “Galileo” va “Amadeus” 
tizimlari ularga qarshi turishga intildilar. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling