O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Web –sayt xususiyatlari. Internet foydalanuvchidan yuksak darajada 
ma’suliyat talab etuvchi vosita hisoblanadi. Agar Web –saytda aniq struktura 
yetishmasa, xavf paydo bo‘ldi, tashrif buyuruvchi esankirab qoladi va uni tark etadi. 
Shuning uchun Web –sayt biz aytib o‘tganimizdek, foydalanishda qulay va tushunarli 
bo‘lishi kerak. Buning uchun u ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim. Barcha 
muvaffaqiyatli saytlar u yoki bu darajada ana shunday xususiyatlarga ega:
ƒ
har bir sahifada uy sahifasiga tayanilish o‘tkaziladi. Bu ichki aloqa va ko‘p 
sahifaga ega katta saytlar uchun ayniqsa muhim. Har bir sahifasiga tayanish 
91 
foydalanuvchiga boshlang‘ich nuqtaga qaytish imkonini beradi, agar u istasa saytning 
boshqa bo‘limidan axborot olishi mumkin
ƒ
saytning asosiy bo‘limlari ruyxati har bir sahifada mavjud. Bu uy sahifasiga 
tayanilgandan keyin navbatdagi qadam, u foydalanuvchiga ko‘p vaqtni tejashga 
yordam beradi. Foydalanuvchi bo‘limlar ruyxatidan foydalanib, har safar 
boshlang‘ich nuqtaga qaytib yurmasdan, darhol kerakli bo‘limga tushadi. Bunday 
xizmatni kiritilishi saytdan foydalanishni juda yengillashtiradi; 
ƒ
qidiruv vositasining mavjudligi va vaqtni tejaydi, foydalanuvchiga kerakli 
so‘zlarni topish imkonini beradi va unda Web –saytda kerakli axborot borligiga 
ishonch hosil qildiradi. Bu foydalanuvchi spesifik axborot izlaganida yana ham 
maqsadga muvofiq; 
ƒ
bir necha tillardan foydalanish. Web –saytga ular uchun ingliz tili ona tili 
bo‘lmagan tobora ko‘proq odmlar murojaat qilmoqda. Shuning uchun, sayt 
sahifalarida uch-to‘rt tilda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishi juda muhim. 
Ko‘p sonli Web –saytlarni o‘rganish natijasida saytlar mazmunning quyidagi 
mezonlarini taklif etish mumkin: 
ƒ
uy sahifalari ko‘proq axborotlar bilan to‘ldirilgan va tashqi ko‘rinishidan 
diqqatni tortadigan bo‘lishi kerak. U sayt mazmunida ko‘rsatilishi va turistik 
markazlarning ijobiy tomonlarini shakllantirishi zarur; 
ƒ
sayt sahifalari tartibli saqlanishi lozim, axborotlar esa muntazam 
yangilanadi; 
ƒ
sayt sahifalari strukturasi oddiy va tushunarli bo‘lishiga e’tibor berish 
kerak, axborotlar esa qiziqarli va olish uchun qulay bo‘lsin; 
ƒ
foydalanuvchi saytda o‘zi uchun kerakli axborotni topishga ishonch hosil 
qilishi va uni oson topishi uchun shart-sharoit yaratilgan bo‘lishi zarur; agar sayt 
barcha zarur axborotlarga ega bo‘lmasa, u boshqa tegishli saytlarga tayanishi kerak; 
ƒ
saytlar imkoniyat darajasida interfaol bo‘lmog‘i lozim. 
ƒ
saytlar navigatsiya va axborotlar qidirish (masalan, indekslar samarali 
tizimi, har bir sayt sahifadan uy sahifasiga bevosita chiqish, qidiruv tizimi, elektron 
pochta, fotogoleriya) tizimiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. 
@TDIU_ARM


92 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling