O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Onlayn–bronlashtirishning asosiy xorijiy turistik saytlari


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Onlayn–bronlashtirishning asosiy xorijiy turistik saytlari. Mazkur bo‘limda 
ayrim qiziqarli xorijiy saytlar va axborot texnologiyalari qisqacha harakterlanadi. 
Birinchi misol sifatida Ispaniyaning “TourSpain” http: // www tourspain. 
es/turespai/marcol.htm web – saytini ko‘rib chiqamiz, u haqiqatdan bunga munosib. 
U foydalanishda juda oddiy: har bir sahifasida uy sahifasiga tayanilgan va bo‘limlar 
ko‘rsatkichiga ega. Saytda reja yoki qidiruv tizimidan foydalanib har qanday 
ma’lumotni osongina topishi mumkin. Buning uchun har bir sahifada qidiruv yoki 
reja tizimi keltirilgan. Bu xususiyat tashrif buyuruvchiga kerakli ma’lumotni tez 
topishga yordam beradi. 
Sayt bo‘limlari sayohatlar tiplariga mos keladi: ishga aloqador safarlar, dam 
olish, sarguzasht, gid kuzatuvida safar va boshqalar. Sayohat xususiyati, masalan, 
regionlar, joylashish, transport, magazinlar, axborotning ikkinchi darajasini tashkil 
etadi va sarlovha, ostilarida beriladi. Shunday qilib, axborot uzatish individual 
turistga qaratilgan. “TourSpain” xilma-xil axbortlarni taklif etadi. Joylashish sharoiti, 
transport, odatlar, valyuta va magazinlarning ishlash vaqti haqidagi ma’lumotlardan 
tashqari, sayt Ispaniya haqida yangiliklardan xabar beradi. Bu ma’lumotlar butun 
dunyodagi gazetalardan yig‘ilgan. Shuningdek 12 ispan axborot agentliklariga 
bevosita chiqish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, u ispan tili kurslari haqida 
keng axborotlar taklif qiladi. 
“TourSpain” har bir sahifasi elektron pochta manzilga ega. Unga tayanilgan 
holda so‘rov uchun qo‘shimcha axborotlar beriladi. Saytda Ispaniya turizmi bo‘yicha 
xorijiy bo‘limlar soveti va mahalliy bo‘limlar ruyxati bor. Ya’ni foydalanuvchiga 
maxsus axborot yoki qo‘shimcha yordam kerak bo‘lsa, u Ispaniya turizmi bo‘yicha 
Kengash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaning uch variantidan foydalanishi mumkin. 
“TourSpain” Internetda 1998 yil 1 yanvarda paydo bo‘ldi. Uni yaratishdan 
bosh maqsad – jahon auditoriyasiga mamlakat bo‘ylab kam harajatlar bilan katta 
hajmdagi maxsus turistik axborotlarni yetkazishdir. 
Saytni ishlab chiqish va yaratish bevosita bozorni tadqiq qilish bilan birgalikda 
olib boriladi. U umumiy turistik statistikani, shuningdek asosiy Yevropa davlatlari va 
yirik xususiy turistik kompaniyalarning Web –saytlarini o‘rganishni o‘z ichiga oldi. 
93 
Tadqiqotlar uch yil davomida olib borildi. Shundan keyin “TourSpain” yaratildi. Uni 
ishlab chiqishga 150 mingga yaqin AQSH dollari sarflandi. 
Saytni saqlash va yangilash uchun doimiy harakatda bo‘lgan tadqiqot dasturi 
tuzilgan. Ispaniya turizmi bo‘yicha Kengash har kuni 100 ga yaqin so‘rovlar oladi. 
Ulardan ayrimlari Ispaniyada turizmga tegishli, boshqalari Web –saytni 
takomillashtirish bo‘yicha takliflardan iborat. O‘rtacha har bir tashrif buyuruvchi 
saytda 20 minut o‘tkazadi. Tadqiqotlar o‘z natijalari va foydalanuvchilardan takliflar 
asosida axborot texnologiyalari bo‘limi sayt mazmunini o‘zgartiradi. Rasmiy milliy 
turistik ma’muriyat nashri e’lon qilgan maxsus konkursda yutib chiqqan ispan 
kompaniyasi uni yaratilishidan hozirgi kungacha tarkibini o‘zgartirib keladi. 
Turizm bo‘yicha Ispaniya Kengashi hukumat tashkiloti hisoblanadi va milliy 
byudjetdan moliyalashtiriladi. Moliyalashtirishni yengillashtirish maqsadida Kengash 
saytida tijoriy reklamalarni joylashtiradi. Sayt mazmunida milliy turistik 
ma’muriyatning rasmiy nashri e’lon qilgan maxsus konkursdagi yutuqning uncha 
katta bo‘lmagan umum milliy ulushigina ketadi. 
Turizm bo‘yicha Ispaniya Kengashi saytdan foydalanish bo‘yicha 
ma’lumotlarni sistematik tahlili dasturini yaratdi. Axborot manbai bo‘lib unga 
tushayotgan so‘rovlar va takliflar xizmat qiladi. Ular har kuni qayta ishlanadi. Ular 
marketing tadqiqotlari qismini tashkil qiladi va turizmning olg‘a siljishida 
foydalaniladi. 
Statistik ma’lumotlarni yig‘ish uchun Web –Trends” dastur mahsuloti 
qo‘llaniladi. Statistik ma’lumotlar har oyda tahlil etilib boriladi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling