O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
www. Travelocity. com. Elektron turistik agentligi Internet tarmog‘ida 1996
yil bahorida “Sabre Interactive” va “Worldview Systems” kompaniyalarining say’yi – harakatlari bilan paydo bo‘ldi. “Travelocity” agentligi kompleks xizmatlar tugunidan birida oldindan biletlarga, otellarga, avtomobillarga, kema sayohatiga, turli turistik markazlar haqida axborot berish, sayohat qiluvchilar o‘z taasurotlarini baham 95 ko‘radigan bo‘limlarga, shuningdek turistik anjomlar elektron magazinga buyurtmalar berish maqsadida tashkil etildi. Qurilgan qidiruv tizimi, masalan, narx bo‘yicha otel topish, joylashgan o‘rni, ma’lum tarmoqqa tegishligi haqida axborot olish imkonini beradi. Ta’kidlash kerakki, mazkur server kuchli amerikalashgan: otellarning katta qismi Shimoliy va Janubiy Amerikada joylashgan. «Travelocity» o‘z serverini saqlash uchun million dollar sarmoya sarflaydi va onlayn rejimida biletlar sotish va tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha belgilangan rejalardan o‘zib ketgan. «Travelocity» daromad manbalari bo‘lib hisoblanadi: har bir buyurilgan biletdan aviakomaniyalar to‘laydigan komissionlar: Internet orqali savdo firmasi bilan oldi-stodi yakunlangach olinadigan to‘lovlar; Serverda joylashtirilgan reklama e’lonlardan tushumlar. “Gulliver” ma’lumotlar bazasiga kiritilgan korxonalar yillik vznos to‘laydilar. Yana 10 % bosh xususiy aksioner foydasiga (agar bronlash bronlashtirish Markazi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa) yoki turistik axborotlar Byurosi foydasiga (agar bronlash u orqali bajarilsa) undiriladi. Mijozlar tomonidan bronlashtirish Markazi orqali amalga oshirilgan har bir bronlashdan uncha ko‘p bo‘lmagan qo‘shimcha belgilangan to‘lov olinadi. Joylashtirish haqida axborot tizimi orqali bronlash uchun maxsus ajratilgan nomerlar bazasida yoki individual so‘rov bo‘yicha beriladi. Avtomatik bronlashtirish faqat maxsus ajratilgan nomerlar bazasida amalga oshiriladi. Xususiy ega – tizimi operatori uning funksiyasi kengayishi va umumiy ishga doir rejalashtirish uchun ma’sul. Misol uchun, u Irland mehmonxonalar federatsiyasi kabi turli tashkilotlar bilan foydalanuvchilar birlashmasini tuzgan maqsad-tizimi taraqqiyot rejalari mehmonxona industriyasi manfaatlariga javob berishi kerak. Milliy turistik tashkilot nuqtai nazaridan “Gulliver” tizim vazifasi (jahon bozorida irland turistik mahsulotlarini samarali elektron taqdimoti) o‘zgargan emas, lekin tizimdan tijoriy foydalanishga o‘tish, qabul qilingan qarorlar mexanizmiga ta’sir etdi. Amal qilib kelayotgan yillari davomida “Gulliver” tizimi uzoq yo‘lni bosib o‘tdi va unga salmoqli mablag‘ sarflanadi. Faqat xususiylashtirilgandan keyingina Web – sayt va bronlashtirish tizimi Markazini yaratish jahon turistik bozorida real @TDIU_ARM 96 kattalikdagi ish bo‘ldi. Ko‘rsatilganidek, bu an’anaviy taqsimlash kanallari tartibini buzish deb hisoblangan bahslarga olib keldi. Tizimning kelajagi haqida bir narsa deyish qiyin. U bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etish bilan birga turistik va moliviy oqimlarni taqsimlab olishgacha bo‘lgan muammolarni hal etilishiga bog‘liq. Axborot texnolgiyalarining ertangi kuniga keladigan bo‘lsak, hozirdanoq «klassik»ka qaraganda qiziqroq variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Bugungi kunda VAA – texnologiya degan vosita intensiv rivojlanayapti. U mobil telefonlardan elektron tijorat uchun foydalanish imkonini beradi. “Gulliver ANVHRE” tizimi xuddi shunday. Uning sharofati bilan Internet hamisha mijozning «cho‘ntagida turadi». Mobil telefoni bo‘lganda iste’molchi oldin qilingan bronlashni ko‘rishi, o‘zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling