O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Huquqiy qobiliyati. Firmaning milliy qonunchilik asosida xalqaro turistik 
faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkon beradigan ahvoli. Bunday maqomga ega 
bo‘lmagan huquqiy va jismoniy shaxs, to‘la huquqli turistik firma sifatida qaralishi 
mumkin emas. Bunday firma bilan tuzilgan har qanday bitim yoki kelishuv keltirib 
chiqaradigan oqibatlari bilan haqiqiy emas deb hisoblanadi. 
Turistik firma huquqiy qobiliyatligi rasmiy hujjatlarda aks etadi: litsenziya 
yoki patent, registratsiya va boshq. Firmaning huquqiy agentlikka yoki xalqaro 
turistik tashkilotga a’zoligi, transport kompaniyalari tomonidan akkredatsiyalangani 
hisoblanishi mumkin. 
Kredit qobiliyatligi. Turfirmada o‘z faoliyatini ta’minlash va tuzilgan 
shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitobni amalga oshirish uchun moliyaviy 
vositalar mavjudligi. Litsenziyaga amal qilish muddati davomida uni tugashigacha 
o‘z kuchini saqlab qoluvchi huquqiy qobiliyatlilikdan farqli ravishda kredit 
@TDIU_ARM


112 
qobiliyatlik doimiy o‘zgarib turishi mumkin. Ba’zan firma hisobida pul mablag‘lari 
qolmaydi va turfirma yagona kredit qobiliyatligi kafolati avans to‘lovlarigina bo‘lib 
qolishi mumkin. Xorijiy turfirma bilvosita kredit qobiliyatligi tasdig‘i bo‘lib uning 
sotiladigan boyliklari mavjudligi asosiy fondlar va moliyaviy javobgarligining 
sug‘urtalangani hisoblanadi. 
Layoqatligi. Firma qobiliyati tuzilgan bitimlardan kelib chiqadigan barcha 
majburiyatlar va harajatlarni bajarishi bilan belgilanadi. Oborot, ixtisoslashganlik, 
bozoriy ulush, turindustriyalar, transport kompaniyalari bilan aloqa sotish tarmoqlari 
mavjudligi, turmahsulotni bozorda harakatlanmoqlari mavjudligi, turmahsulotni 
bozorda harakatlantirish imkonini, xodimlar soni va malakasi kabi ko‘rsatkichlar 
layoqatlik mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘rib chiqilgan masalalarni o‘rganish 
natijasiga qarab, turoperator uning uchun istiqbolliroq bo‘lgan xorijiy turfirma 
(turfirmalar) bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish haqida qaror qabul qiladi.Hamkorlik 
shartlari ularning kelishuvidan keyin tegishli huquqiy hujjatlarda (kontrakt, 
shartnoma, bitim, xatlar) qayd etiladi. Ushbu shartlar tomonlarning bir-biri va 
turistlar oldida javobgarligi va majburiyatlariga, bitimning son va miqdor 
ko‘rsatkichlariga taaluqli bo‘lishi kerak.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling