112
qobiliyatlik doimiy o‘zgarib turishi mumkin. Ba’zan firma hisobida pul mablag‘lari
qolmaydi va turfirma yagona kredit qobiliyatligi kafolati avans to‘lovlarigina bo‘lib
qolishi mumkin. Xorijiy turfirma bilvosita kredit qobiliyatligi tasdig‘i bo‘lib
uning
sotiladigan boyliklari mavjudligi asosiy fondlar va moliyaviy javobgarligining
sug‘urtalangani hisoblanadi.
Layoqatligi. Firma qobiliyati tuzilgan bitimlardan kelib chiqadigan barcha
majburiyatlar va harajatlarni bajarishi bilan belgilanadi. Oborot, ixtisoslashganlik,
bozoriy ulush, turindustriyalar, transport kompaniyalari bilan aloqa sotish tarmoqlari
mavjudligi, turmahsulotni bozorda
harakatlanmoqlari mavjudligi, turmahsulotni
bozorda harakatlantirish imkonini, xodimlar soni va malakasi kabi ko‘rsatkichlar
layoqatlik mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘rib chiqilgan masalalarni o‘rganish
natijasiga qarab, turoperator uning uchun istiqbolliroq bo‘lgan
xorijiy turfirma
(turfirmalar) bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish haqida qaror qabul qiladi.Hamkorlik
shartlari ularning kelishuvidan keyin tegishli huquqiy hujjatlarda (kontrakt,
shartnoma, bitim, xatlar) qayd etiladi. Ushbu shartlar tomonlarning bir-biri va
turistlar oldida javobgarligi va majburiyatlariga,
bitimning son va miqdor
ko‘rsatkichlariga taaluqli bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: