O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Ekskursiya xizmatlarini tabaqalashtirish (differensiyalash)
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
8.3. Ekskursiya xizmatlarini tabaqalashtirish (differensiyalash).
8.4. Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishda ekskursovod va uning roli. 8.1. Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish tushunchasi va uning vazifalari Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish - insonning ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarga bo‘lgan ehtiyoji va talabini qondirish, bilimlarni egallashida, shu jumladan, kasbiy va bilish vositalari, usullari, obyektlarini erkin tanlash sharoitida ekskursiyalar tashkil etish va ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishdir. Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish iste’molchi (ekskursant, turist)gacha tarix, madaniyat, geografiya, etnografiya, ekologiya va iktisodiy hamda boshqa fanlar bo‘yicha kompleks bilimlarni yetkazish imkonini beradi. Bu muzeylarni va ko‘rgazma eksponatlarini, tarixiy, madaniy. tabiiy, etnografik, muhandislik va boshqa diqqatga sozovor joylarni, obyektlarni anglashda shaxs ehtiyojini qondiradi. Inson tomonidan ekskursiya xizmatlarini tanlash topqirligi va bilimdonlik harakteriga ega. Chunki, ekskursant (turist) bir vaqtning o‘zida bir nechta ehtiyojlarini qondiradigan ekskursiya xizmatlarini tanlaydi, ya’ni bu xizmatlar funksional to‘liqlikka ega bo‘ladi. Misol uchun, shahardan tashqariga ekskursiyaga tashrif buyurishar ekan, uning ishtirokchilari nafaqat bilimga ehtiyojlarni qondiradi, balki hissiyot va intellektual zo‘riqishlarni harakatlanishi orqali bartaraf qilishadi va bir-birlari bilan muloqat jarayonida axborot almashinish samaradorligini oshiradilar. Shunday qilib, ekskursiya xizmatlari ko‘rsatilishini nafaqat turistik xizmatlar kompleksining qismi sifatida, balki ekskursantlar (turistlar) ni talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadi bo‘lgan mustaqil xizmat turi sifatida qarab chiqish mumkin. Ekskursiya xizmatlarini turistik ekskursiya korxonalarining uyushtirilgan dam olish tizimi faoliyati natijasi sifatida qarab chiqib, shuni unutmaslik kerakki, 115 ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish kompleks vazifalari tarixiy, madaniy, tabiiy va boshqa obyektlarga sayohat va safarlar uyushtirishni o‘z ichiga oladi. Ekskursantlarning ehtiyojlarini qondirish bevosita ekskursiya xizmatlarini miqdoriy va sifatiy yaxlitligiga bog‘liqdir. Ekskursiya xizmatlarini tashkil etishning har bir formasi (shakli) bu aniq maqsadga qaratilgan harakatlar uyg‘unligi hisoblanadi. Qaysikim ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish ekskursantlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Aholini ekskursiya xizmatlari bilan qamrab olishning maqsadli yo‘nalish harakteri quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: x yashash joyi; x o‘quv muassasi, tashkilot, korxonalar; x turbazalar, dam olish uylari, pansionatlar va h.k.; x klublar, madaniyat uylari va saroylari; x seminarlar, kurslar, simpoziumlar, konferensiyalar va boshq; x aeroportlar (portlar) vokzallar, festival maydonlari. Ekskursiya xizmatlari barcha ishlarini tashkil etish bo‘yicha asos korxonaning biznes-rejasi bo‘lishi mumkin. U turizm sohasi bozorida ekskursiya xizmatlari turlari bo‘yicha talab va ehtiyojlar, mavzui, ishtirokchilar tarkibi hisobga olingan holda tuziladi. Unda ekskursiya xizmatlarining asosiy ko‘rsatkichlari aks etadi va qo‘ydagilar kiradi: x aholiga, mamlakat mehmonlariga ko‘rsatiladigan ekskursiya xizmatlari hajmi (pul ko‘rinishida); x ekskursantlar (turistlar) soni; x xizmatlardan tushgan daromad. Mazkur ko‘rsatkichlar bahoviy takomillashtirish mezoni sifatida xizmat qiladi. Buning uchun korxonada quyidagi axborotlar bo‘lishi maqsadga muvofiq: x ekskursantlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tashkilotlar manzili, faks va telefon raqamlari; @TDIU_ARM 116 x ekskursiya mavzulari ro‘yxati; x ma’lum mamlakat, oblast (hudud), rayon, shahar bo‘yicha joy ekskursiya marshrutlari karta sxemalari; x ekskursovodlarning uy manzillari va telefonlari raqamlari ro‘yxati. Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha axborotlar to‘liqligi turli ko‘rinishdagi kartochkalar bilan ta’minlanadi: x transport korxonalari (avtoxo‘jaliklar, avtostansiyalar, temiryo‘l vokzallari, aeroportlar, portlar va h.k.); x joylashtirish vositalari; x ovqatlanish korxonalari; x ekskursiya tashkilotchilari tomonidan tashrif buyurish ko‘zda tutilgan; x madaniy oqartiv muassasalari (muzeylar, konsert zallari, teatrtlar va boshq.); x tashrif buyuriladigan va ko‘rsatiladigan hisoblangan korxonalar; x ekskursiyalar o‘tkaziladigan temalar ro‘yxatiga muvofiq ularning klassifikatsiyasi, davomiyligi, harakatlanish usuli, boshlanish joyi va tugashi, ekskursiya qiymati ko‘rsatiladi. Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish turistik korxonalar (firmalar) tomonidan ularga qarashli bo‘lgan ma’muriy hududda (shahar, rayon) amalga oshiriladi. Boshqa shaharga boruvchi guruhlar bilan ishlash (hatto ma’lum oblastda bo‘lsa ham) o‘sha shaharlardagi ekskursiya muassasalari yoki turistik korxonalarga o‘tkaziladi. Gruppa bilan birga ketadigan ekskursovod uning rahbari vazifasini bajaradi., yo‘l axborotlari beradi. Bunday yondoshuv hozirgi davrda ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish taraqqiyotiga davlat tomonidan ortib borayotgan e’tiborni harakterlaydi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling