O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Majburiyga kiradi: ekskursantlarning sog‘ligi va hayoti xavfsizligi; ularning 
buyumlari saqlanishi; atrof muhitni muhofaza qilish (shu jumladan, tarixiy - madaniy 
obidalar). Ekskursiyachilar xavfsizligi butun xizmat ko‘rsatish davomida (normal va 
favqulodda sharoitlarda) ta’minlanadi. Ekskursiya yo‘nalishi uning mo‘’tadilligi va 
estetikligi, obyektlarga borish qulayligi, obyektni tomosha qilish uchun maydon 
mavjudligi, transportlar quyiladigan joy-maydon mavjudligi hisobga olingan holda 
tuziladi. 
Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishga tavsiya etilayotgan talablarga kiradi: 
shinamlik; komplekslik; ergonomlik; etiklik; jozibadarlik, yuqoridagi talablarga rioya 
etish ekskursiyaga xizmatlar ko‘rsatish sifat darajasini oshirish imkonini beradi. 
Qaysikim, asosiy va qo‘shimcha nuqtai nazardan kompleks ravishda ko‘rib chiqish 
mumkin. Asosiy xizmatlar sifatida ekskursovod (gid) xizmati ko‘zda tutiladi, u 
bevosita ekskursiya chog‘ida ko‘rsatiladi, qo‘shimcha sifatida - ekskursiyani 
tayyorlash va tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, shuningdek ekskursiyadan keyingi 
ishlar kiradi. 
Turli transport turlaridan foydalanib, ekskursiya o‘tkazish chog‘ida keyingisi 
amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq kelishi lozim, bu 
joylashtirish va ovkatlantirish vositalariga ham birday ta’lluqli. Ekskursiya xizmatlari 
ko‘rsatuvchi xodim ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlashga o‘qitilgan bo‘lishi zarur. 
Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishda obyektlarni ko‘rsatish yomonlashuviga yo‘l 
qo‘yilmasligi kerak. Misol uchun, arxeologik ekskursiyada «toshchalar olish» 
hayvonot va o‘simliklarga zarar yetkazish (gullarni uzib olish, toptash, o‘simlik 
qoplamini yoqish, chumoli uyalari, inlarni vayron qilish va h.k.). Tabiatshunoslik 
mavzusidagi ekskursiyalarda mumkin emas. 
@TDIU_ARM


120 
Ekskursiya o‘tkazish sharoitlariga bog‘liq holda (texnika xavfsizliliga rioya 
etish zarurati, ko‘rsatiladigan obyektlar sigimi va saqlanishi va boshq.) 15-20 
kishidan iborat ekskursantlar guruhi tarkibi eng mo‘’tadil hisoblanadi. Shunga 
muvofiq bo‘lajak ekskursiya marshrut varianti iste’molchilari kategoriyasi 
aniqlanadi. Misol uchun, mahalliy aholi uchun obzorli o‘lkashunoslik ekskursiyasi 
materiallarni alohida chukur bo‘lishini talab qiladi. Ular o‘lkaning ko‘pqirrali 
tomonlarini, tarixiy, iqtisodiy, demografik, istiqbol taraqqiyoti mohiyatini to‘liq 
ochib berishi zarur. Chetdan tashrif buyurganlar uchun ekskursiyalar yorqin, esda 
qoladigan tomoshalarga boy, o‘lkaning boshqalardan epizodlari va harakterli qirralari 
bilan farq qiladigan bo‘lishi kerak. 
Chet elliklar uchun ekskursiyalarda ko‘proq ahamiyatli obyektlarni 
ko‘rsatishda ma’lumotnoma materiallarga asoslanish maqsadga muvofiq. Ekskursiya 
xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi bevosita uni tashkil etish va barcha ekskursiya 
tadbirlarini sifatli o‘tkazilishiga bog‘liq. Bu komplekslar ichida o‘tkazilgan 
ekskursiya sifati asosiy hisoblanadi, Qaysikim, o‘z navbatida bu ekskursovodning 
kasbiy mahoratiga bog‘liqdir. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling