Ekskursant - ekskursiya ishtirokchisi (guruh yoki individual tarzda tashkil
etilgan), mutaxassislar rahbarligi ostida o‘zining qiziqishlariga qarab, ular tomonidan
oldindan tanlangan mavzu bo‘yicha ma’lum yodgorliklar va diqqatga sazovar joylarni
kuzatuv va o‘rganish bilan band. Ekskursantlarning o‘tkazilayotgan ekskursiyaga
munosabati bo‘yicha madaniy xordiq shakli sifatida va tanishuv, kuzatuv, atrof
haqiqiyligini o‘rganish jarayonlarida bilimlarni to‘ldirishda ularning quyidagi asosiy
kategoriyalari vujudga kelgan:
x hamma bilishni istaydi, ular uchun har bir ekskursiya - kashfiyot;
x o‘z nuqtai nazarini aniqlaydi (odatda ma’lum mavzu bo‘yicha
ekskursiyaga tashrif buyuradi);
x ekskursiyadan dam olish faoliyati turi sifatida foydalanadi.
Ekskursiya faoliyatining zamonaviy tarakqiyot bosqichida o‘zining mohiyatiga
ko‘ra ekskursiya odatda guruh ishtirokchilariga mo‘ljallangan bo‘lsada,
individuallarga xizmat ko‘rsatish tobora keng yoyilmokda. Ekskursiya guruhi -
quyidagi ma’lum belgilar hisobga olingan holda aniq ekskursiya xizmatlari olish
maksadida tuzilgan odamlar vaqtinchalik hamjamiyati:
x yosh: bolalar, yoshlar, o‘rta yosh odamlar, pensionerlar;
x mashg‘ulot turi: pedagoglar, tibbiyot xodimlari, ishchilar, arxitektorlar,
o‘quvchilar va boshq.;
x havaskorlar uchun dam olish faoliyati turi: teatr, musiqa, kino, foto va
boshqa san’at turlari, kolleksiya to‘plash, tabiat qo‘ynida dam olish va h.k.;
x o‘qitish shakllari: seminarlar, kurslar, konferensiyalar, fakultativlar,
seksiyalar va h.k.;
x yashash joyi: shaharliklar, qishloqliklar, mahalliy aholi, sayyohlar
ko‘rsatilgan belgilar hisobga olingan holda ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishni
119
tabaqalashtirish ekskursiya mavzularini so‘zli va so‘zsiz rejadagi murakkabliklarni
osonlashtirib o‘zaro qo‘shib olib borish imkonini beradi, bunda ekskursiya turli
kategoriyadagi ishtirokchilari qiziqish va ehtiyojlari hisobga olinadi.
Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish - ekskursiyalar va shartlarga umumiy talablar
majburiy va tavsiya etiladiganlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |