O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Ekskursovod bilishi kerak: Ekskursiya nazariyasi asosiy savolari; o‘z 
hududining ekskursiya imkoniyatlari; ekskursiya mohiyati, uning belgilari va 
vazifalari, ularga talablar; ekskursiya marshrutlarini tuzish prinsiplari; ekskursiya 
obyektlari klassifikatsiyasi va mavzulari; ekskursiyani tayyorlash metodikasi
ekskursiya faoliyatida amalda pedagogika, mantiq, psixologiya elementlarini 
ko‘llash; Ekskursiya estetik mazmuni, uning ahamiyati; ekskursiya xizmatlari 
ko‘rsatish turlari va shakllari, aholi turli guruhlariga ekskursiya xizmatlari 
ko‘rsatishga tabaqalashgan (differensiyalangan) holda yondoshuv; ekskursiya sifatini 
baholash mezonlari, ekskursiya jarayonlari sifat ko‘rsatkichlari; Ekskursovod 
ishlarini tashkil etish, ekskursiya metodlari, uning vazifalari va talablari, ekskursiya 
o‘tkazish metodikasi; metodik usullar va ularning klassifikatsiyasi; tarixiy, harbiy 
vatanparvarlik, arxitektura-shaharsozlik, adabiy, san’atshunoslik, ishlab chiqarish, 
tabiatshunoslik mavzularida ekskursiyalar o‘tkazish metodikasi; muzeylar, shahar va 
shahar tashqarisiga obzorli (ko‘p planli) ekskursiyalar o‘tkazish xususiyatlari; 
ekskursiyalar o‘tkazish metodlarini takomillashtirish yo‘llari, kasbiy mahoratni 
takomillashtirish yo‘llari. 
Ekskursovod bajara olishi kerak:
x ma’lum mavzuda ekskursiya matnlarini tuzish va zarur materillarni tanlab 
olish; 
x ekskursiya metodik ishlanmalarini tuzish (texnologik karta); 
x ekskursiya o‘tkazish davomida metodik usullarni qo‘llash; 
125 
x yo‘l axborotlari matalarini tuzish va uni o‘tkazish; 
x «ekskursovod portfeli»ga kiritilgan ko‘rgazmali qo‘llanmalardan 
foydalanish; 
x turistlar (ekskursantlar) guruhiga rahbarlik qilish; 
x tashkilotlar va muassasalar va h.k. da ekskursiyani reklama qilish. 
Ekskursovodning kasbiy mahoratini takomillashtirish quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: 
a) markazlashgan: 
x kurslarda o‘qitish, seminarlar, konferensiyalar va o‘qitishning boshqa 
shakllarida ishtirok etish yo‘li bilan malakasini oshirish
x u yoki bu mavzuda ekskursiya o‘tkazish xohish va qobiliyatini hisobga 
olgan holda ekskursovodlarni ixtisoslashtirish: 
x ekskursiya xizmatlarini sertifikatlash; 
x o‘tkaziladigan ekskursiyalarni nazorat qilish;
b) individual: 
x adabiyotlar va boshqa axborot manbaalarini tizimli o‘rganish; 
x ekskursiyalar o‘tkazish bo‘yicha o‘quv mashqlari tizimini o‘zlashtirish: 
ko‘rsatish va hikoya qilish, ko‘rgazmali qo‘llanmalar illyustratsiyalar, texnik 
vositalardan foydalanish usullarini ishlab chiqish; 
x ekskursiya obyektiga guruhlarni joylashtirish texnikasini ishlab chiqish 
mikrofon; ovoz ko‘chaytirgich uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan ishlash 
ko‘nikmalari hosil qilish; 
x madaniy - bilish - tanishish tadbirlarida ishtirok etish va tashrif buyurish
ommaviy axborot vositalarida chiqish va davriy matbuotda maqolalar e’lon qilish; 
metodik va maxsus adabiyotlarni tayyorlash. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling