108
turagent tomonidan unga qat’iy berkitilgan o‘rinlar kvotasi bo‘yicha turlarni
sotish. Bu holda turagent ajratilgan o‘rinlar kvotasini turoperatordan qo‘shimcha
tasdiq olmasdan sotish huquqiga ega.
Turlar narxi. Tomonlar reklamada e’lon qilingan turlarning har biri bo‘yicha
yagona narx haqida kelishib olishadi. Hech bir tomon
bu narxlarni oshirish yoki
kamaytirishga haqli emas. Turagent belgilangan narxga turistning iltimosi bilan
ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar uchun narx qo‘shish huquqiga ega. Masalan,
turistning yashash joyidan guruh yig‘iladigan joygacha va qaytish qiymatiga.
Komission taqdirlashlar. Ular turagent
va turoperator hamkorligi
shartlarining negizi hisoblanadi. Komission taqdirlash ikki funksiyani bajaradi:
birinchidan, turagentning yagona daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi; ikkinchidan,
uni faol ishlashga rag‘batlantiradi. Agar turagent o‘zini komission taqdirlanishi
oshishidan manfaatda bo‘lsa, turoperator uchun har
qanday komission oshirilish
uning shaxsiy daromadining kamayishini bildiradi. Turoperator va turagent
o‘rtasidagi munosabatlarda hamisha differensiyalashgan, tamoil jihatidan progressiv
komission narx qo‘llaniladi: turagent qancha ko‘p
tur sotsa, unga to‘lanadigan
komission taqdirlash shuncha yuqori bo‘ladi. Komission taqdirlashning quyidagi
turlari mavjud:
turoperator va turagent hamkorligining dastlabki bosqichida o‘sib boruvchi
hajm uchun minimal
darajada bazaviy komissiya;
nomavsumiy turlarni sotishni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha
nomavsumiy komissiya qo‘llaniladi;
qo‘shimcha komissiya guruh turlarni (15-20 kishi) sotish uchun ham
to‘lanadi;
qo‘shimcha komissiya turlarni sotishning
yillik hajmiga muvofiq
mo‘ljaldan ziyodi uchun ham ko‘zda tutiladi (retrafaol komissiya);
qo‘shimcha komissiya turagentning barqaror ishi uchun to‘lanadi.
Komission taqdirlashdan tashqari, turagent ishini rag‘batlantirish
uchun
boshqa raqobatlantirish choralaridan ham foydalaniladi, masalan, bonuslar to‘lash,
ya’ni turlarni belgilangan hajm (norma)dan ortiq sotib, oshirib bajargani uchun qayd
109
etib qo‘yilgan summa to‘lash, bepul safar yo‘llanmasi, qimmatbaho suvenirlar bilan
taqdirlash.
Do'stlaringiz bilan baham: