O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning asosiy funksiyalari


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning asosiy funksiyalari. Asosiy 
funksiyalar va ularning ketma-ket bajarilishi xorijiy turistlarni qabul qilish bo‘yicha 
turoperatordan o‘z mamlakatida quyidagi sxemada amalga oshiriladi (6-rasm). 
Turistlarni qabul qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalariga muvofiq turperator 
tanlagan xorijlik turistlar safarini qabul qilishni tashkil etish texnologiyasi 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi. 
@TDIU_ARM


104 
1. Umumiy rejalashtirish: xorijiy turistik bozorni tanlash va safarga talabni 
baholash (turistlar soni, sayohatdan-maqsad, turizm mavsumi va boshq.). 
Bu ko‘rsatkichlar xorijiy turistik bozorlar kon’yukturasini o‘rganish asosida 
aniqlanadi. Marshrutlar, dasturlar, xizmatlar paketi klassligi va tarkibini 
rejalashtirishda qabul qiluvchi firmalar odamlar va moliyaviy, moddiy texnik 
resurslarini hisobga olish zarur. Eng avvalo ularni mehmonxonada transportda, 
obyektlarni ko‘rsatishda zarur xizmatlarni ta’minlay olish imkoniyatlari hisobga 
olinadi. 
2. Mahalliy turoperator tomonidan turistik mahsulotni ular hali ham xorijiy 
turistik bozorda sotish va harakatni tashkil etish maqsadida mamlakat mamlakatlar 
bilan hamkorlik o‘rnatish. Ular bilan xorijlik turistlarni qabul qilish va xizmat 
ko‘rsatishning aniq shartlarini kelishib olish, jumladan: 
a) xorijiy turistlarning umumiy soni, guruhlar soni, ular tarkibi: 
b) guruhlarning kelish va qaytish sanasi, xalqaro transport turi; 
v) xorijiy turistlarning sayohat marshrutlari va dasturlari (kunlar bo‘yicha); 
g) taqdim etiladigan xizmatlar paketi, ularning miqdoriy va sifatiy tarkibi; 
d) xizmatlar paketi narxi; 
e) vizaviy qo‘llab-quvvatlash majburiyati, hisob-kitob sharti, turlarni 
bronlashtirish va bekor qilish, xizmat ko‘rsatish, reklamatsiya va boshqa mavjud 
shartlar bajarilishi uchun javobgarlik. 
3. Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning xorijiy tomon bilan tur shartlarini 
kelishib olishi va parallel ravishda turistik xizmat yetkazib beruvchilar bilan ham 
xizmat ko‘rsatish kelishib olinadi. Shu maqsadda turfirma zarur xizmatlar yetkazib 
beruvchilar bilan tegishli shartnoma tuzadilar. Bunday shartnomalar tuzilayotganda 
yetkazib beruvchining barcha javobgarliklari bekamu-ko‘st xizmat ko‘rsatish, xorijiy 
turistga yetkazilgan zarar, sog‘ligi, hayoti va mulki, daxlsizligi uchun javob bo‘lajagi 
to‘g‘risida kelishib olinadi. 
Qabul qilish bo‘yicha turoperator ayniqsa xorijiy turistlarga ekskursiya xizmati 
ko‘rsatish uchun gid-tarjimonlarni taklif etishda e’tiborli bo‘lishi lozim. Gidlar 
xorijiy tilni yaxshi bilgan, ko‘rsatiladigan obyektlar, mazkur mamlakat hayoti, tarixi 
105 
haqida mukammal axborotga, bilimga ega bo‘lishlari zarur. Ular xorijiy turistlar bilan 
ishonchli aloqaga kirishadigan, yuksak madaniyatli, suhbatda yuqori fazilatga ega 
bo‘lishi kerak. 
4. Qabul qilish bo‘yicha mazkur mamlakat turpoperatori xorij bozoriga turlarni 
sotish reklama kompaniyasini o‘tkazish boshlanishi bilan sotish ustidan nazorat 
o‘rnatish kerak. Bu maqsadda xorijiy turoperator mazkur mamlakat har bir guruh 
bo‘yicha bronlashtirilgan turning sotilishi (progrecc repot) haqida muntazam axborot 
berishni o‘z zimmasiga oladi. Tomonlar shuningdek har bir bronlashtirilgan turistlar 
uchun vizaviy qo‘llab-quvvatlashni o‘z vaqtida ta’minlashlari lozim.
5. Xorijiy turistlar yetib kelishi arafasida turoperator xorijlik sheriklariga avans 
to‘lovlari tushganini o‘z vaqtida tekshirib ko‘rishga mashhur. Bir vaqtning o‘zida 
korxonani xorijiy turistlarni qabul – qilish va xizmat ko‘rsatishga tayyorligi 
tekshiriladi. Turistlarning mehmonxonaga kelish vaqti, ularning oxirgi soni, bir yoki 
ikki xonali nomerlarga familiyalar bo‘yicha bronlashtirish (rooming list), 
ovqatlantirish vaqti, menyu, (taomnoma) avto transport berish, uchrashuv va kuzatuv, 
ekskursiya, muzey, teatr va boshqalarga bilet borligi kabilar haqidagi axborotlar 
aniqlanadi. 
6. Yetkazib beruvchilar bilan xizmat ko‘rsatish yuzasidan kelishilgan 
shartlarga amal qilinishi milliy turoperator tomonidan nazoratga olinishi ayniqsa 
muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda turfirma o‘zining ma’sul xodimini tayinlaydi. 
U xorijiy turistlarga qanday xizmat ko‘rsatilayotganini kuzatadi. Agar kamchilik yuz 
bersa darhol tuzatish va yetkazilgan zararni to‘latishga harakat qiladi. 
Xalqaro turizmda qabul qilingan adolatlarga muvofiq xorijiy turistlarning katta 
qismi xorijiy turfirmalar xodimlari kuzatuvida (tour leader) sayohat qiladilar. 
Ularning vazifasiga xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish va turistik guruh 
a’zolariga vujudga kelgan muammolarni hal etishda yordam ko‘rsatish kiradi. 
Shartnoma shartlari bo‘yicha turfirmalar o‘zlarining xorijiy sheriklari bilan bunday 
kuzatuvchilarni bepul qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramasdan, u xorijiy 
kuzatuvchilar bilan hamkorlikdan manfaatdor bo‘lishi kerak, qaysikim xorijiy 
@TDIU_ARM


106 
turistlar turfirmalarning har qanday lavozimdagi shaxsga nisbatan ko‘proq 
ishonishadi. 
7. Xorijiy turistlar sayohati oxirida turfirma tursafar ishtirokchilariga anketa 
so‘rovlari o‘tkazishni tavsiya etadi. Javoblar mazkur mamlakat turfirmalariga 
ularning ishi sifatiga obyektiv baho berish va bu bahodan o‘zining kelgusidagi 
turmahsulotlarini yaxshilashda foydalanish imkonini beradi. Xorijiy turistlar 
tomonidan xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda bildirilgan shikoyatlar darhol inobatga 
olinib, tekshirib ko‘riladi va zarur bo‘lsa yetkazilgan zarar to‘lanadi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling