O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Tayanch iboralar: Axborot, informatika, texnologik, muammolar, turistik 
firmalar, kibernetika, axborot, aloqalar, evolyutsiyasi, itegratsiyalashuvi, turistik 
biznes, Internet, – texnoligiyalar.
Nazorat savollari 
1. Materiya aks etishi va harakatining qanday shakllari mavjud? 
2. Axborot taraqqiyoti shakllarini ayting. 
3. Informatikaning texnologik muammolarini sanang. 
4. Informatika fani va uning mohiyati nimada? 
5. Informatikaning turistik firmalarni boshqarilishiga ta’siri qanday? 
 
 
 
 
 
 
 
 
97 
7-bob. TURIZM INFRATUZILMASIDA SAYOHAT 
AGENTLIKLARI 
7.1. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning o‘rni va roli 
7.2. Turoperatorning asosiy funksiyalari 
7.3. Turistik agentlik 
7.4. Agentlik bitimi 
 
7.1. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning o‘rni va roli 
Barcha sayohatlar xoh ichki, xoh xalqaro turizmda bo‘lsin, uyushtirilgan va 
uyushtirilmagan sifatida baholanadi. 
Turistik firmalar vositachiligi yoki yordamida xorijga yoki o‘z mamlakatiga 
individual va guruh bo‘lib sayohat qilish uyushtirilgan turizm hisoblanadi. 
Individual yoki guruh bo‘lib o‘z mamlakati yoki xorijga ishtirokchilarning 
o‘zlari tomonidan tashkil etilgan sayohat esa uyushtirilmagan turizm hisoblanadi. 
Odatda turizmning bu kategoriyasiga nisbatan «havaskor turizm» (oddiy tilda 
«Yovvoyilar») degan atama qo‘llaniladi. 
Uyushtirilgan va uyushtirilmagan turizm maxsus statistikasi milliy va xalqaro 
masshtabda yurgizilmaydi, ammo ekspertlar bahosi bo‘yicha jahon turizmi umumiy 
hajmiga uyushtirilgan turizmning 35 % ga yaqin, uyushtirilmagan turizmning 65 % 
ga yaqin ulushlari to‘g‘ri keladi. 
Uyushtirilgan sayohat ulushi hozircha uyushtirilmagan safarlardan ancha 
orqada qolayotgan bo‘lsada, mutloq raqamlarda uyushtirilgan turizm ko‘psonli 
oqimlarni tashkil qiladi va yildan yilga ortib borayapti. 
Turistik firma – yig‘ma tushuncha. Uning zamirida tadbirkorlik tarkibi, turistik 
xizmatlar oldi-sotdisi sohasida tijoriy asoslarda vositachilik operatsiyalari bilan 
shug‘ullanuvchilar tushuniladi. Turistik firmaning o‘zi turistik xizmatlar ishlab 
chiqarmaydi. U buning uchun zarur ishlab chiqarish vositalariga ega emas. Shuning 
uchun u sof vositachilik vazifasini bajaradi va ist’molchi topshirig‘i bilan ishlab 
chiqaruvchilardan har xil turistik xizmatlarni sotib oladi (mehmonxona, transport 
@TDIU_ARM


98 
ovqatlanish korxonalari va sayr tomoshalar va boshq.). Turistik firma ist’molchi va 
turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida vositachi o‘rnini egallaydi (jadval ) 
Mamlakat katta qismida turistik biznes ko‘psonli tadbirkorlik strukturalariga 
berilgan. Ular milliy qonunchilikka muvofiq tuziladi va faoliyat yuritadi. Ular 
o‘rnatilgan standartlar, talablar, shartlariga qat’iy amal qilishga majburdirlar. 
Masalan, Rossiya Federatsiyasida XXI asr boshlarida 10 turistik almashinuvda faol 
ishtirok etuvchi xorijiy mamlakat katta qismidagi turistik biznes ham xuddi shu 
raqamlarga yaqinroq baholanadi. 
Ta’kidlash kerakki, turistik firmalar faoliyatida operatsiyalar hajmi va 
harakteri, bozordagi o‘rni, faoliyat ixtisoslashuvi va turistik bozorning boshqa 
shartlari bilan bog‘liq sezilarli farqlar ko‘zga tashlanadi. Eng avvalo, turistik firmalar 
turoperatorlar (turtashkilotchilar) va turagentlik (turagentlar)ga bo‘linadi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling