O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Turoperatorning asosiy funksiyalari


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

7.2. Turoperatorning asosiy funksiyalari 
Turoperatorlar turistik mahsulotlarni ulgurji sotuvchilari hisoblanishadi 
Turoperatorlar turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilar va ularni chakana sotuvchilar 
o‘rtasida bog‘lovchi o‘rinni egallaydi. Ommaviy turistik mahsulotlar (inklyuziv 
safarlar) yaratish uchun ular mehmonxona, restoranlar, transport korxonalari katta 
hajmdagi xizmatlarini sotib oladilar. Ulardan belgilangan yo‘nalishda guruh va 
individual sayohatlar uchun safar paketlarini shakllantiradilar. 
Turoperatorlar uyushtirilgan turizmning bosh generatorlari hisoblanadi. 
Ularning asosiy vazifasi bozor talablarini o‘rganish va qondirishdan iborat. Ulgurji 
turfirmalarga o‘z biznesini rivojlantirish uchun sezilarli moliyaviy vositalarni 
investitsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z savdo markazi va mahsulotning harakati, 
samarali sotish tarmog‘i yaratish va boshqalar uchun zarurdir. 
Turistik bozorning katta bo‘lakligi va segmentatsiyasi va talab 
tuoperatorlarning faoliyatini o‘z mahsulotini aniq ixtisoslangan yo‘nalishga 
qaratishiga zarurat tug‘diradi. Tuoperatorlik faoliyatining asosiy ixtisoslashga 
yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 
99 
1. Xorijiy sayyohlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashish. Bu 
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi turfirmalar qabul qilish bo‘yicha turoperatorlar 
deyiladi. O‘zlarining asosiy vazifalarini bajarish uchun ular: 
ƒ
mamlakatda mavjud turistik resurslarni va ulardan foydalanish, egallash
o‘z mamlakati bo‘ylab turistik sayyohatlar xususiyatlari haqida axborotlarni yaxshi 
bilishi; 
ƒ
o‘z mamlakatida turizmning moddiy-texnik bazasi haqida axborotga ega 
bo‘lish, turistik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan ishchan aloqada bo‘lish va 
xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun ulardan foydalanish imkoniyatlari
ƒ
xorijiy turistlarni vizali qo‘llab-quvvatlash, turfirma taklif etadigan 
mamlakatga safarlarni sotib olish huquqi (referens)ga ega bo‘lish; 
ƒ
xorijiy turistik bozorda o‘z mahsulotini sotish va harakatlanish kanallariga 
ega bo‘lish. 
2. O‘z mamlakati fuqarolarining xorijga turistik safarga borishini tashkil 
qilishga ixtisoslashish. Bu operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi turfirmalar yo‘nalish 
bo‘yicha turoperatorlar deyiladi. O‘zlarinining asosiy funksiyalarini bajarish uchun 
ular: 
ƒ
o‘z mamlakatida chiqish turizmi bozorida yaxshi o‘ringa ega bo‘lishi, o‘z 
yurtdoshlariga xorijga turistik sayohatlarni taklif etish va sotish imkoniga ega 
bo‘lishi; 
ƒ
o‘z turistlarini xalqaro uchastkalarga borishini ta’minlash uchun xalqaro 
tashrifchilar (avia va avtotransport, temiryo‘l va suv transporti) bilan mustahkam 
ishchanlik aloqasida bo‘lish;
ƒ
qabul qilinadigan xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va vizaviy 
qo‘llab – quvvatlashni ta’minlash uchun qabul qilish bo‘yicha chet el turoperatorlari 
bilan mustahkam sherikchilik munosabatlariga ega bo‘lish; 
ƒ
turli mamlakatlarga turistik sayohatlar shartlari bo‘yicha zarur axborotga 
ega bo‘lish. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling