O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


 Ekskursiya xizmatlarini tabaqalashtirish (differensiyalash)


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

8.3. Ekskursiya xizmatlarini tabaqalashtirish (differensiyalash). 
8.4. Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishda ekskursovod va uning roli. 
 
8.1. Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish tushunchasi va uning vazifalari 
Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish - insonning ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarga 
bo‘lgan ehtiyoji va talabini qondirish, bilimlarni egallashida, shu jumladan, kasbiy va 
bilish vositalari, usullari, obyektlarini erkin tanlash sharoitida ekskursiyalar tashkil 
etish va ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishdir. Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish 
iste’molchi (ekskursant, turist)gacha tarix, madaniyat, geografiya, etnografiya, 
ekologiya va iktisodiy hamda boshqa fanlar bo‘yicha kompleks bilimlarni yetkazish 
imkonini beradi. Bu muzeylarni va ko‘rgazma eksponatlarini, tarixiy, madaniy. 
tabiiy, etnografik, muhandislik va boshqa diqqatga sozovor joylarni, obyektlarni 
anglashda shaxs ehtiyojini qondiradi. 
Inson tomonidan ekskursiya xizmatlarini tanlash topqirligi va bilimdonlik 
harakteriga ega. Chunki, ekskursant (turist) bir vaqtning o‘zida bir nechta 
ehtiyojlarini qondiradigan ekskursiya xizmatlarini tanlaydi, ya’ni bu xizmatlar 
funksional to‘liqlikka ega bo‘ladi. Misol uchun, shahardan tashqariga ekskursiyaga 
tashrif buyurishar ekan, uning ishtirokchilari nafaqat bilimga ehtiyojlarni qondiradi, 
balki hissiyot va intellektual zo‘riqishlarni harakatlanishi orqali bartaraf qilishadi va
bir-birlari bilan muloqat jarayonida axborot almashinish samaradorligini oshiradilar. 
Shunday qilib, ekskursiya xizmatlari ko‘rsatilishini nafaqat turistik xizmatlar 
kompleksining qismi sifatida, balki ekskursantlar (turistlar) ni talab va ehtiyojlarini 
qondirish maqsadi bo‘lgan mustaqil xizmat turi sifatida qarab chiqish mumkin. 
Ekskursiya xizmatlarini turistik 
ekskursiya korxonalarining uyushtirilgan 
dam olish tizimi faoliyati natijasi sifatida qarab chiqib, shuni unutmaslik kerakki, 
115 
ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish kompleks vazifalari tarixiy, madaniy, tabiiy va 
boshqa obyektlarga sayohat va safarlar uyushtirishni o‘z ichiga oladi. 
Ekskursantlarning ehtiyojlarini qondirish bevosita ekskursiya xizmatlarini 
miqdoriy va sifatiy yaxlitligiga bog‘liqdir.
Ekskursiya xizmatlarini tashkil etishning har bir formasi (shakli) bu aniq 
maqsadga qaratilgan harakatlar uyg‘unligi hisoblanadi. Qaysikim ekskursiya 
xizmatlari ko‘rsatish ekskursantlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga xizmat 
qiladi. 
Aholini ekskursiya xizmatlari bilan qamrab olishning maqsadli yo‘nalish 
harakteri quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: 
x yashash joyi; 
x o‘quv muassasi, tashkilot, korxonalar; 
x turbazalar, dam olish uylari, pansionatlar va h.k.; 
x klublar, madaniyat uylari va saroylari; 
x seminarlar, kurslar, simpoziumlar, konferensiyalar va boshq; 
x aeroportlar (portlar) vokzallar, festival maydonlari. 
Ekskursiya xizmatlari barcha ishlarini tashkil etish bo‘yicha asos korxonaning 
biznes-rejasi bo‘lishi mumkin. U turizm sohasi bozorida ekskursiya xizmatlari turlari 
bo‘yicha talab va ehtiyojlar, mavzui, ishtirokchilar tarkibi hisobga olingan holda 
tuziladi. Unda ekskursiya xizmatlarining asosiy ko‘rsatkichlari aks etadi va 
qo‘ydagilar kiradi: 
x aholiga, 
mamlakat 
mehmonlariga 
ko‘rsatiladigan 
ekskursiya 
xizmatlari hajmi (pul ko‘rinishida); 
x ekskursantlar (turistlar) soni; 
x xizmatlardan tushgan daromad. 
Mazkur ko‘rsatkichlar bahoviy takomillashtirish mezoni sifatida xizmat qiladi. 
Buning uchun korxonada quyidagi axborotlar bo‘lishi maqsadga muvofiq: 
x ekskursantlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tashkilotlar manzili, faks va 
telefon raqamlari; 
@TDIU_ARM


116 
x ekskursiya mavzulari ro‘yxati; 
x ma’lum mamlakat, oblast (hudud), rayon, shahar bo‘yicha joy ekskursiya 
marshrutlari karta sxemalari; 
x ekskursovodlarning uy manzillari va telefonlari raqamlari ro‘yxati. 
Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha axborotlar to‘liqligi 
turli ko‘rinishdagi kartochkalar bilan ta’minlanadi: 
x transport korxonalari (avtoxo‘jaliklar, avtostansiyalar, temiryo‘l vokzallari, 
aeroportlar, portlar va h.k.); 
x joylashtirish vositalari; 
x ovqatlanish korxonalari
x ekskursiya tashkilotchilari tomonidan tashrif buyurish ko‘zda tutilgan; 
x madaniy oqartiv 
muassasalari 
(muzeylar, 
konsert 
zallari, 
teatrtlar va boshq.); 
x tashrif buyuriladigan va ko‘rsatiladigan hisoblangan korxonalar; 
x ekskursiyalar o‘tkaziladigan temalar ro‘yxatiga muvofiq ularning 
klassifikatsiyasi, davomiyligi, harakatlanish usuli, boshlanish joyi va tugashi
ekskursiya qiymati ko‘rsatiladi.
Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish turistik korxonalar (firmalar) tomonidan 
ularga qarashli bo‘lgan ma’muriy hududda (shahar, rayon) amalga oshiriladi. Boshqa 
shaharga boruvchi guruhlar bilan ishlash (hatto ma’lum oblastda bo‘lsa ham) o‘sha 
shaharlardagi ekskursiya muassasalari yoki turistik korxonalarga o‘tkaziladi. 
Gruppa bilan birga ketadigan ekskursovod uning rahbari vazifasini bajaradi., 
yo‘l axborotlari beradi. Bunday yondoshuv hozirgi davrda ekskursiya xizmatlari
ko‘rsatish taraqqiyotiga davlat tomonidan ortib borayotgan e’tiborni 
harakterlaydi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling