O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Hisob – kitoblar. Turoperatorlar va turagentlar hisob-kitoblari joylashgan 
manzilga qarab, naqd pul to‘lash va bevosita bank o‘tkazmalari yo‘li bilan amalga 
oshirildi. Bunda shuningdek turagent tomonidan komission taqdirlashni ushlab qolish 
tartibi ham aniqlanadi, avans muddatlari va yakuniy hisob – kitoblar, sotuvlar haqida 
oylik hisobot tartibi belgilanadi. 
Safar hujjatlarini rasmiylashtirish. Bu shartlar turistning safar uchun zarur 
harajatlarni berishi va rasmiylashtirish tartibini belgilash lozim. Misol uchun, 
turoperator xalqaro safar biletlarini rasmiylashtirishga, chiqish vizasini 
rasmiylashtirish uchun xorijiy konsullikka so‘rov bilan chiqishga majbur. Turagent 
turist bilan vaucher, turputyovka, marshrut varaqasi va banklarga shartnoma 
rasmiylashtiradi. 
Safarni o‘zgartirish va bekor qilish. Agent bitimida e’lon qilingan va 
sotilgan turlarni turoperator, shuningdek turagent (turist) tashabbusi bilan o‘zgartirish 
va bekor qilish imkoniyatlari ham ko‘zda tutilgan. Bu holat uchun choralarni 
javobgar tomon belgilaydi (bekor qilish muddati, bekor qilinganda jarima, harajat va 
qaytarilmaydigan summa hajmlari va boshqalar). 
Tomonlar javobgarligi. Xizmat ko‘rsatishga rioya etilishi, turist shikoyatini 
ko‘rib chiqish va yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun tovon to‘lash, ularni 
vujudga kelishi ehtimoli barcha holatlari va tuzatish uchun zarur choralarni qamrab 
oladi.
Xorijiy turfirmalar bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish. 
Xalqaro turistik sayohatlarni tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qila turib, 
turfirmalar avval boshdan manfaatdor xorijiy turfirmalar bilan ishbilarmonlik 
aloqalarini o‘rnatishi lozim. Alohida olingan mamlakatda xorijiy sheriklar soni 
tarkibi masalasi turistik bozor yoki xorijiy potensialni baholash yoki turfirmaning 
moddiy – texnik imkoniyati asosida hal etiladi. Bunda optimal variantga erishishga 
intilish kerak. Aks holda xorijdagi ko‘p sonli sheriklar bozorni maydalanib ketishiga 
va potensial haridorlarni «olib borish»ga olib keladi, ularning sonini yagona bosh 
@TDIU_ARM


110 
vakilgacha qisqartirish esa milliy turfirmalarni raqobat omillaridan foydalanish 
imkoniyatdan mahrum qiladi va uni xorijlik sherikka qaysidir jihatdan tobe qilib 
qo‘yadi. 
Sheriklik munosabatlari mo‘ljallangan mamlakatdan istiqbolli va salmoqli 
turfirmalarni qidirishni yo‘lga qo‘yish orqali boshlanadi. Shu maqsadda Internetdagi 
axborotlardan turfirmalarning xorijiy spravochniklari, ularni reklama materiallari, 
turistik ko‘rgazma, birjalar, taqsimotlarda xorijiy turfirma vakillari bilan 
uchrashuvlardan foydalaniladi. Turistik agentliklar assotsiatsiyasi va boshqa turistik 
tashkilotlar tavsiyasiga amal qilinadi. Bunda qidiruvning faol usullari tavsiya etiladi. 
Masalan, milliy turfirma rahbarlarining xorijga ishga doir safarlari, xorijiy turistik 
ishbilarmonlar doirasida maqsadli reklama yo‘li bilan milliy turfirma nufuzini 
oshirish lozim. 
Ishbilarmon sheriklarni tanlash konkurs asosida bir nacha xorijiy turfirmalar 
bilan qayta aloqani o‘rnatish, ularni ishchanlik sifatiga baho berilgandan keyin uzil-
kesil muzokoralar olib borish uchun va nisbatan maqbul variantlarda shartnomalar 
tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Xorijiy turfirmalar ishchanlik sifatlariga baho berishda yordam qiladigan 
asosiy masalalar odatda quyidagicha:
ƒ
turfirmaning manzili va yuridik nomi, telefon, faks, e-mail; 
ƒ
huquqiy – tashkiliy shakli (mulkchilik shakli); 
ƒ
firma huquqiy maqomi qanday (litsenziya, patent, registratsiya, ularning 
amal qilish muddati) rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan
ƒ
firma tashkil qilingan yil; 
ƒ
nizom jamg‘armasi hajmi, moliyaviy javobgarlik summasi; 
ƒ
pullash mumkin bo‘lgan asosiy boyliklar fondi mavjudligi bino, 
mehmonxona, avtotransport va boshq.; 
ƒ
faoliyat turlari (yo‘nalish, turistlarni qabul qilish, ixtisoslashish); 
ƒ
asosiy statiyalar bo‘yicha bo‘lingan yillik oborot (inklyuziv turlarni sotish, 
transport hujjatlari, alohida xizmatlar, sug‘urta va boshq.); 
111 
ƒ
firma qaysi bozorda ishlaydi (sotiladigan hududda, maqsadli bozor 
segmentida); 
ƒ
firma hisobi ochilgan bank nomi va ma’lumoti, bankda xorij banklari bilan 
korrespondentlik munosabatlari mavjudligi; 
ƒ
firmaning milliy turistik assotsiatsiyasi va boshqa turistik tashkilotlarga 
a’zoligi; 
ƒ
firmada transport kompaniyalari tomonidan akkreditatsiya mavjudligi; 
ƒ
firmada chakana turagentlik tarmog‘i mavjudligi, uning soni va hududiy 
joylashuvi; 
ƒ
reklamalar hajmi va turlari (ularning namunalari); 
ƒ
firma tarkibining tashkil etilishi, uning xodimlari soni, rahbarlar ism 
shariflari; 
O‘rganilayotgan firma haqida turli manbalardan olingan bu va boshqa 
axborotlar tizimlashtirilishi kerak. Ya’ni ikkinchi darajali ma’lumotlar elakdan 
o‘tkaziladi va faqat ishchanlik sifatlarini baholash imkonini beradiganlarigina ajratib 
olinadi. Eng avvalo uchta asosiy savolga javob olish lozim: huquqiy qobiliyat, kredit 
qobiliyati va bizni qiziqtirayotgan firmaning layoqatligi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling