O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
Ekskursovod bilishi kerak: Ekskursiya nazariyasi asosiy savolari; o‘z
hududining ekskursiya imkoniyatlari; ekskursiya mohiyati, uning belgilari va vazifalari, ularga talablar; ekskursiya marshrutlarini tuzish prinsiplari; ekskursiya obyektlari klassifikatsiyasi va mavzulari; ekskursiyani tayyorlash metodikasi; ekskursiya faoliyatida amalda pedagogika, mantiq, psixologiya elementlarini ko‘llash; Ekskursiya estetik mazmuni, uning ahamiyati; ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish turlari va shakllari, aholi turli guruhlariga ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishga tabaqalashgan (differensiyalangan) holda yondoshuv; ekskursiya sifatini baholash mezonlari, ekskursiya jarayonlari sifat ko‘rsatkichlari; Ekskursovod ishlarini tashkil etish, ekskursiya metodlari, uning vazifalari va talablari, ekskursiya o‘tkazish metodikasi; metodik usullar va ularning klassifikatsiyasi; tarixiy, harbiy vatanparvarlik, arxitektura-shaharsozlik, adabiy, san’atshunoslik, ishlab chiqarish, tabiatshunoslik mavzularida ekskursiyalar o‘tkazish metodikasi; muzeylar, shahar va shahar tashqarisiga obzorli (ko‘p planli) ekskursiyalar o‘tkazish xususiyatlari; ekskursiyalar o‘tkazish metodlarini takomillashtirish yo‘llari, kasbiy mahoratni takomillashtirish yo‘llari. Ekskursovod bajara olishi kerak: x ma’lum mavzuda ekskursiya matnlarini tuzish va zarur materillarni tanlab olish; x ekskursiya metodik ishlanmalarini tuzish (texnologik karta); x ekskursiya o‘tkazish davomida metodik usullarni qo‘llash; 125 x yo‘l axborotlari matalarini tuzish va uni o‘tkazish; x «ekskursovod portfeli»ga kiritilgan ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish; x turistlar (ekskursantlar) guruhiga rahbarlik qilish; x tashkilotlar va muassasalar va h.k. da ekskursiyani reklama qilish. Ekskursovodning kasbiy mahoratini takomillashtirish quyidagicha bo‘lishi mumkin: a) markazlashgan: x kurslarda o‘qitish, seminarlar, konferensiyalar va o‘qitishning boshqa shakllarida ishtirok etish yo‘li bilan malakasini oshirish; x u yoki bu mavzuda ekskursiya o‘tkazish xohish va qobiliyatini hisobga olgan holda ekskursovodlarni ixtisoslashtirish: x ekskursiya xizmatlarini sertifikatlash; x o‘tkaziladigan ekskursiyalarni nazorat qilish; b) individual: x adabiyotlar va boshqa axborot manbaalarini tizimli o‘rganish; x ekskursiyalar o‘tkazish bo‘yicha o‘quv mashqlari tizimini o‘zlashtirish: ko‘rsatish va hikoya qilish, ko‘rgazmali qo‘llanmalar illyustratsiyalar, texnik vositalardan foydalanish usullarini ishlab chiqish; x ekskursiya obyektiga guruhlarni joylashtirish texnikasini ishlab chiqish mikrofon; ovoz ko‘chaytirgich uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan ishlash ko‘nikmalari hosil qilish; x madaniy - bilish - tanishish tadbirlarida ishtirok etish va tashrif buyurish; ommaviy axborot vositalarida chiqish va davriy matbuotda maqolalar e’lon qilish; metodik va maxsus adabiyotlarni tayyorlash. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling