O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
11.2. Pasport - viza rasmiyatchiligi
Pasport - viza rasmiyatchiligi - har bir turistga tegishli bo‘lib, davlat chegarasini kesib o‘tishda belgilangan tartiblarga shaxslarning rioya etishi bilan bog‘liq yumushlardir. Pasportda yoki viza rejimi xorijiy fuqarolar va turistlar uchun ular bo‘ladigan mamlakat milliy qonunchiligi bilan belgilangan qat‘iy tartiblardir. Qoidaga ko‘ra, boradigan mamlakatga chiqish uchun viza olish talab qilinadi. Viza (lotincha Visa-ko‘rib chiqish degan ma‘noni bildiradi) - bu kirish - chiqishga xorijiy hukumat beradigan maxsus ruxsatnoma. U o‘sha mamlakat hududidan tranzit o‘tish yoki yashash huquqini beradi. Vizalar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: - bir martalik 147 va ko‘p martalik; - individual va guruhiy; - talabalik; - kirish uchun; - tranzitli; - chiqish, shengen va boshq. Viza mamlakatga taklif asosida tashrif buyurish uchun ham beriladi. Takliflar bo‘ladi: - xizmat yoki ishga doir (mamlakat tashkilotlariga chet el tashkilotlaridan); xususiy (chet el fuqarolaridan); - mehmondorchilik (uzoq muddatga chet elga safarga ketgan kishidan vatandoshiga); - turistik (dam olish, davolanish, qisqa muddatli o‘qishga, sport musobaqalarida ishtirok etishga, biznes - seminarlarga). Taklifga qarab har xil turdagi vizalar beriladi: ishga doir, xususiy, tranzit, ishchi, turistik. Ishga doir viza (biznes-viza) chet el tashkiloti (xorijiy huquqiy shaxs) tomonidan taklif etilgan tashkilot (viza oluvchi)ni rasmiylashtirish chog‘ida beriladi. Aniq xodimga boshqa davlat tomonidan bo‘lish vaqti, maqsadi ko‘rsatiladi. Xususiy viza xorijiy davlat fuqarosi tomonidan viza oluvchi boshqa davlat fuqarosiga taklifni rasmiylashtirish chog‘ida beriladi. Taklif mahalliy hokimiyat organida rasmiylashtiriladi (Germaniyada, masalan, politsiya boshqarmasida). Tranzit vizasi - viza oluvchiga uchinchi mamlakat orqali bo‘ladigan mamlakatiga borish huquqini beradi. U asosiy viza olingach, uchinchi mamlakat tomonida ma‘lum kunlarga beriladi. Ishchi viza - xorijda yollanib, ishlash huquqini beradi. Bunday vizani olish uchun taklif qilayotgan tomon (ish beruvchi) bo‘lajak xodim bilan shartnoma tuzadi. Hamma shartlar (ish sharoiti, yashash, sug‘urta) mahalliy immigratsiya xizmatida kelishib olinadi. Hukumat ruxsatini olgach, bo‘lajak xodimga hujjatlar bilan ishchi vizasi olish uchun elchixonaga murojaat qiladi. Turistik viza - bu xorijiy diplomatik vakolatxonasining pasportdagi belgisi, u egasiga viza bergan davlat territoriyasiga turizm yoki dam olish huquqini beradi. Turistik viza berish uchun asos bo‘lib, qabul qiluvchi turistik firmalarning belgilangan muddatda kelishilgan marshrutda turistga xizmat ko‘rsatish roziligi xizmat qiladi. Viza muddati taklifga bog‘liq. Blankani to‘ldirishda taklif qilayotgan tomon tashrif maqsadini, bo‘lish muddatini, bo‘ladigan mamlakatlar sonini ko‘rsatadi. Ushbu ma‘lumotlarga muvofiq elchixona beriladigan viza muddati xaqida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtirishda konsullik yig‘imi olinishi mumkin. Konsullik yig‘imi - u boriladigan mamlakatga @TDIU_ARM 148 viza berishda xorijiy konsullik muassasi shaxsi tomonidan olinadigan belgilangan pul summmasi. Viza berish muddati murojaat qilingan lahzadan boshlab tarkib topgan amaliyot va davlatlararo bitimga bog‘liq. Uni olish uchun bitta yoki bir nechta viza anketalarini to‘ldirish va unga belgilangan nusxada fotosurat ilova qilinishi zarur. Viza anketalari - boriladigan davlat territoriyasiga kirish uchun o‘sha davlat hukumatining xorijiy diplomatik vakolatxonasiga murojaat qilgan shaxs tomonidan to‘ldiriladigan so‘rov varaqasi. Viza anketalaridagi savollar soni va mazmuni har bir davlat tomonidan belgilanadi va safardan maqsadga, uning davomiyligiga bog‘liq. Turistik guruhlar va ishga doir safarlarda bir qator hollarda guruhiy viza rasmiylashtiriladi. Unda turistlar yoki ishbilarmon odamlar ro‘yxati bo‘ladi. Viza olish uchun berilgan ariza texnik sabablarga ko‘ra va quyidagi hollarda qabul qilinmasligi mumkin: - pasport rejalashtirilgan safardan keyin 3 oy davomida haqiqiy emas; - pasportda viza blankalarini joylashtirish uchun bo‘sh sahifalar yo‘q; - pasport buzilgan yoki undagi ma‘lumotlar o‘zgartirilgan deb shubha tug‘ilganda; - ma‘lumotlar tizimida mazkur shaxsning chetga chiqishi taqiqlangan; - viza so‘rovchi oldingi bo‘lganida jiddiy jinoyat sodir etgan; - so‘rovchi o‘zi haqida yolg‘on ma‘lumotlar bergan; - so‘rovchining faoliyatiga asosan uni jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid tug‘diradi deb tasavvur qilish; - viza so‘rovchi mablag‘ni nopok yo‘l bilan topgan deb gumon qilinganda. Shengen bitimini alohida ko‘rib chiqish zarur. 1985- yil 14- iyunda Shengenda (Lyuksemburg) Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Frantsiya va Germaniya umumiy chegaralarida asta - sekin nazoratni bekor qilish to‘g‘risida Bitim tuzdilar. Hozirgi vaqtda Shengen big‘imi amal qiladigan zonaga 15 Evropa mamlakati kiradi: Avstriya, Belgiya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Ispaniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya va Shvetsiya. Evropa ittifoqining boshqa ikki a‘zosi – Buyukbritaniya va Irlandiya Shengen hamkorligida ishtirok etmasalarda, Amserdamda imzolangan protokollariga muvofiq unga istagan paytlarida qo‘shilishlari mumkin. 1995- va 1999- yillar davrida Shengen ishtirokchilari - davlat tajribasi va yagona viza siyosatiga o‘tishni amalga oshrishni kelishib oldilar va bu 1995- yil 26- martdan amalga kirdi. O‘sha lahzadan boshlab 149 ishtirokchi davlatlar ichki chegaralarida chegara nazorag‘i bekor qilindi, tashqi chegara nazorati esa kuchaytirildi. Shengen bitimi ishtirokchi mamlakatlar territoriyasiga kirish va bo‘lishning uch oygacha muddatga masalalarini tartibga soladi. Tashqi chagarlarda kirish va chiqishning yagona tartibi belgilangan. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling