O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
10.4. Sertifikatlash tushunchasi
«Xizmatlar va mahsulotlarni sertifikatlash to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq, sertifikatlash - bu u yoki bu obyekt (xizmat)ga quyiladigan (belgilangan) talabga muvofiqligini tasdiqlovchi va o‘xshash ishlarni tan olish bo‘yicha amal qiladigan hujjatdir. Sertifikatlash quyidagi maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi: - O‘zbekiston Respublikasi yagona tovar bozorida tadbirkorlar va tashkilotlar, muassasalar, korxonalar faoliyati uchun, shuningdek xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnik hamkorlik va xalqaro savdo aloqalari uchun sharoit yaratish; - mahsulotlarni vakolatli tanlashda iste‘molchilarga hamkorlik ko‘rsatish; - iste‘molchilarni ma‘suliyatsiz tayyorlovchilardan himoya qilish (sotuvchi, ijrochi); - mahsulotning atrof-muhit, hayot va salomatlik va mulk xavfsizligi ustidan nazorat o‘rnatish; - tayyorlovchi @TDIU_ARM 138 tomonidan ma‘lum qilingan mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash. Sertifikatlash ikki xil bo‘lib, u majburiy va ixtiyoriy xarakterga ega: Majburiy sertifikatlash «Majburiy sertifikatlashga tegishli xizmatlar va maxsulotlar nomenkulaturasi» ga muvofiq amalga oshiriladi. Agar majburiy sertifikatlash o‘tkazish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, aks holda huquqiy shaxslar va fuqarolar tashabbusi bo‘yicha ixtiyoriy sertifikatlash o‘tkazilishi mumkin. Ixtiyoriy sertifikatlashni O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti belgisiga muvofiq va sertifikatlash tizimida ruyxatdan o‘tgan va ixtiyoriy sertifikatlash bo‘yicha vazifani zimmasiga olgan har qanday xuquqiy shaxs amalga oshirishga haqli. Muvofiqlik sertifikati - belgilangan talablarga muvofiq sertifikatlangan mahsulotni tasdiqlash uchun sertifikat tizimi qoidalari bo‘yicha berilgan hujjat. Sertifikatlash tizimi davlat boshqaruvi va tashkilotlari tomonidan yaratiladi. U o‘zida ushbu tizimda sertifikatlash to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq belgilangan qoidalar bo‘yicha sertifikatlashni amalga oshiruvchi huddi shunday sertifikatlash ishtirokchilarini mujassamlashtirgan. Sertifikatlash tizimiga mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar mustaqil tashkilotlar, shuningdek jamoat birlashmalari kirishlari mumkin. Muvofiqlik belgisi - belgilangan tartibda ruyxatdan o‘tgan belgi, qaysikim ushbu sertifikatlash tizimi qoidalari bo‘yicha u markalangan mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi. Muvofiqlik belgisini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti tomonidan belgilanadi. Sertifikatlash turli obyektlarning sifatini baholashga yagona yondoshuvni amalga oshirish imkonini beradi. Mahsulotni zarur sifatda tayyorlash barqarorligini kafolatlaydi, chunki ishlab chiqarishni tashkil etishga ham amal kiladi. Mahsulotga, xizmat yoki sifat tizimiga sertifikat iste‘molchiga raqobat bozori labirantida o‘ziga xos yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Tayyorlovchilarga esa - uning raqobatbardoshligini tasdiqlovchi hujjatdir. Sertifikatlash standartlashtirish bilan chambarchas bog‘langan. Sertifikatsiz O‘zbekiston Respublikasi korxonalari o‘zining raqobatbardoshlik darajasini oshirishda samarali ishlay olmaydi, agar muhim 139 bo‘lmagan, kam harakat, qat‘iy standartlashtirish tizimiga tayanishga bozorda nom qozonisha olmaydi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling