O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasida turistik faoliyatni litsenziyalash
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
9.2. O‘zbekiston Respublikasida turistik faoliyatni litsenziyalash
Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi, qaysikim uning muddati 5 yilgacha haqiqiy hisoblanadi. Litsenziya zarurat tug‘ilgan hollarda u 3 yil muddatga ham berilishi mumkin. Tadbirkorlarga turistik 131 faoliyatni litsenziyalash uchun davlat tomonidan qo‘yidagi shartlarni bajarish talab etiladi. Bu shartlar esa qo‘yidagilardan iborat: - turizm to‘g‘risidagi qonun va qoidalarga rioya qilgan holda, xalqaro standartlar va O‘zbekiston respublikasining turizm sohasidagi davlat standartlari talablarini bajarish; - turistik korxonada ishlayotgan ishchilardan kamida bir kishi turizm sohasida ma‘lumotli mutaxassis bo‘lishi va uning ish staji kamida 3 yildan kam bo‘lmasligi zarur. Shunday qilib, turistik korxonada ishlayotgan etakchi mutaxassis turizm sohasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi, u tajriba va bilimga ega bo‘lishi talab etiladi; - yangi texnologiyalarni va boshqaruv tajribalarini qo‘llash bilan bog‘langan holda, yuridik shaxslar sayohatlar va ekskursiyalarni u bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni tashkil etish uchun, yuridik shaxslar o‘z malakasini oshirishi zarur; - turistik korxona o‘z ish faoliyatida mijozlar bilan ishlash sharoitida va turistik mahsulotlarni ishlab chiqarishda o‘ziga munosib ish sharoiti yaratishi uchun shaxsiy yoki ijaraga olingan xizmatchi xonasiga yoki binosiga ega bolishi ko‘zda tutiladi; - turistik korxona o‘zining moddiy va iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, uning ustav jamg‘armasini tashkil etishda, umumiy summasi 400 minimal ish haqi belgilangan; turistik xizmatlar ko‘rsatish uchun tegishli sertifikatlarning bo‘lishi yoki turlar xavfsizligi va oshkoraligini ta‘minlash bilan bog,liq bo‘lgan turistik xizmatlarni taklif etish uchun sertifikatni mavjudligi; - O‘zbekiston respublikasi «Turizm» to‘g‘risidagi qonunga binoan, mijozlarga turistik xizmatlar ko‘rsatish faqat shartnoma tuzilgandan keyingina amalga oshirilinadi; - har bir turistga uning biror bir xorijiy mamlakatga borishi, u erda bo‘lishi va orqaga qaytishi, sayohat davomida turistning yurish-turishi, o‘zga mamlakatda o‘zini tutishi kabi qonunqoidalarga amal qilishi to‘g‘risida to‘liq ma‘lumotlarni o‘rnatilgan tartibda etkazish zarur; - mijozlarga litsenziyaning egasi bo‘lgan kishining ish rejimi, manzili, adresi, litsenziyasi, xizmatlar ko‘rsatishga berilgan sertifikati, familiyasi, ismi-sharifi, egallab turgan lavozimi, aniq turistik yo‘nalishi bo‘yicha javobgar shaxs to‘g‘risida ma‘lumotlar berish; - turistlar xavfsizligini ta‘minlash tizimining mavjudligi, travma olganda yoki kasal bo‘lganda tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqalar. @TDIU_ARM 132 Litsenziya oluvchi (litsenzent) litsenziya olish uchun qo‘yidagi hujjatlarni tayyorlash lozim: 1. Litsenziyalash uchun ariza. Litsenziya oluvchi shaxs arizasida o‘zining tashkiliy – hududiy yuridik shaxs ekanligi, joylashgan joyi (manzili), pochta adresi, bank tashkiloti nomi, bankdagi hisob-kitob raqami, litsenziya oladigan faoliyat turi, qaysikim yuridik shaxsning bajarilish muddati. 2. Notarial idoralardan yuridik shaxsga berilgan davlat tomonidan qayd qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma kopiyasi (nusxasi). 3. Litsenziya oluvchining arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lov miqdori minimal ish haqining 5 barobariga teng qilib belgilangan. Litsenziya olish uchun berilgan ariza ko‘rib chiqilib, ijobiy javob olingan taqdirda, to‘langan pul egasiga qaytarilmaydi. 4. Litsenziya oluvchi shaxsning ustav jamg‘armasi puli miqdori to‘g‘risida bank ma‘lumotnomasi. 5. Turistik korxonada faoliyat ko‘rsatadigan ishchi va xizmatchilar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, ya‘ni ularning diplomi va mehnat daftarchasining kopiyasi, ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi arizasi. 6. Turistik korxona rahbari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar (familiyasi, ismi – sharifi, tug‘ilgan yili, pasport ma‘lumotlari, uy adresi, ma‘lumoti, telefon raqami va boshq.). Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling