O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilik
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
11.4. Sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilik
Sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilik - davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslar va ularning hayvonlarini (agar bo‘lsa) vaksinatsiya - (emlash) haqidagi belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish bilan bog‘liq yumushlardir. Bu rasmiyatchilikka rioya etilishi nazorati chegara punktlaridagi sanitariya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat, tekshiruvda odatda mamlakatdan chiquvchi, unga kiruvchi turistlar va sayohatchilarning emlangani haqida xalqaro sertifikatlari bor-yo‘qligi ko‘zdan kechiriladi. Emlanganlik haqida sertifikat - uning egasini ayrim yuqumli kasalliklar (chuma, xoleravabo, bezgak, chechak va boshq.)ga qarshi emlanganini tasdiqlovchi guvohnoma. Sertifikat mamlakat rasmiy tibbiy tashkilotlari tomonidan Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining belgilangan shaklida beriladi. U mamlakatga boradigan turistlar uchun juda muhim, chunki turistlarga o‘sha hujjat bo‘lgandagina borayotgan mamlakatiga kirishga ruxsat beriladi. Sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilikda sayohatchilar va turistlarni zarur hollarda joyida yoki ularni vaqtincha karantin izolyasiyasida yuqumli kasalliklar tarqatilishi ehtimoliga qarshi emlash ko‘zda tutilgan. Turistlar va sayohatchilar olib borayotgan hayvonlar uchun tegishli veterenariya sertifikatlari talab qilinadi. Belgilangan sanitariya (tibbiy) qoidalariga turistik safarlarda rioya etilishi bevosita turistlarning hayoti va salomatligi xavfsizligi bilan bog‘liq. Butunjahon turistik tashkiloti - BTT ning 1995 yil oktyabrdagi o‘ninchi assambliyasida BTTning oziq-ovqat mahsulotlari ustidan sanitariya nazorati, safarlar xavfsizligi, turistlar salomatligini muhofaza qilishdagi choralarni qo‘llab-quvvatlanishiga erishishi e‘lon qilindi. O‘z navbatida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) xorijga safar chog‘ida emlash to‘g‘risidagi guvohnomaga talablar ishlab chiqdi. Ushbu talablar turistik tashkilotlar va turistlarning o‘zlari uchun ham Amaliy qo‘llanma bo‘lib xisoblanadi. Shuningdek, @TDIU_ARM 152 BSST «Epidemiologik yilnoma» va tavsiyalar chiqarmoqda. Ular xavfli, yuqumli kasalliklarning oldini olish, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik (shu jumladan, turizm) ga qaratilgan. BSST bilan ishchi bitimga ega. Unga muvofiq sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilik to‘g‘risidagi joriy axborotlar BTTning Xorijiy turizm – chegara rasmiyatchligi» yillik nashrida e‘lon qilinadi. BSSTning xalqaro sanitariya (tibbiy) tartib-qoidalari 1951- yildan buyon amal qilib kelinmoqda. Ma‘lum sanitariya (tibbiy) tartib-qoidalari mavjud bo‘lib, ular sayohat chog‘ida xavfli yuqumli kasalliklardan qochish imkonini beradi. Ushbu qoidalar turistik korxonalar tomonidan majburiy tartibda turistik yo‘llanmaga ilova tarzida safardan_oldin mijozlarga ma‘lumot shaklida etkazilishi kerak. Tipovoy (namunaviy) shakldagi turistik yo‘llanmada eslatma bor. Undagi axborotga muvofiq turist sayohat uchun to‘lovdan va uni imzolashidan oldin boradigan mamlakati, unda o‘zini tutish xususiyatlari bilan tanishib chiqishi shart. Xulosa qilib shuni ta‘kidlash lozimki, turistik rasmiyatchilik xalqaro sayohatlar elementlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu odamlarni o‘z milliy hududidan xorijga chiqishi bilan bog‘liqdir. Xalqaro turizmdan manfaatdorlik turli davlatlarda turizm sohasidagi turistik rasmiyatchilikning soddalashtirish imkoniyatlari hisobga olingan holda milliy siyosatni ishlab chiqishni taqozo etadi. Chunki haddan tashqari ko‘plab talablar mamlakatga turistlar oqimini kamaytiradi, ular bo‘ladigan mamlakat daromadlariga salbiy ta‘sir o‘tkazadi. Tashrif imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Turistik korxonalar o‘z faoliyatida barcha rasmiyatchiliklarni tashkiliy yo‘l bilan hal etib, mijozlarni o‘z vaqtida xabardor qilishlari va ularni viza bilan, boshqa maslahatlar, tavsiyalar o‘z vaqtida ta‘minlashlari zarur. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling