O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
11.3. Bojxona rasmiyatchiligi
Bojxona rasmiyatchiligi - davlat chegarasidan o‘tishida shaxslarning tovar va buyumlarni olib chiqish, olib kirishi bilan bog‘liq tartib-qoidalarga amal qilishidir. Bojxona rasmiyatchiligini amalga oshirish chegara punktlarida bojxona xizmati zimmasiga yuklangan. Turistlar uchun bojxona rasmiyatchiligi odatda bojxona deklaratsiyasi to‘ldirish, zarurat tugilganda yuklarni ko‘zdan kechirish bilan bajariladi. Bojxona deklaratsiyasi - davlat chegarasini kesib o‘tish chog‘ida yo‘lovchilar, turistik organlarning o‘zlari bilan olib kelinayotgan yuklar yoki alohida buyumlar va tovarlar haqida bojxona nazorati uchun takdim etadigan yozma arizasidir. Bojxona deklaratsiyasi odatda belgilangan shakldagi maxsus blankaga tuziladi. Bojxona nazoratidan o‘tayotgan shaxs bojxona dekloratsiyasini shaxsan o‘zi to‘ldirishi shart. Bojxona nazorati - mamlakat qonunchiligiga rioya etish maqsadida bojxona organlari tomonidan tegishli choralarni amalga oshirish hisoblanadi. Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yo‘llar bilan o‘tkaziladi: - bojxona uchun zarur ma‘lumotlar va hujjatlarni tekshirish; - transport vositalari va tovarlarni bojxona ko‘rigi, shaxsan ko‘rikdan o‘tkazish bojxona nazorati mutloq shakli; - transport vositalari va tovarlar hisobi; - jismoniy va huquqiy shaxslarning og‘zaki so‘rovi; - hisobdorlik va hisob tizimini tekshirish va boshq. Bagaj ko‘rigi - davlat chegarasini kesib o‘tayotgan yo‘lovchilar bagajini bojxona nazorati vakillari tomonidan tekshiruv – ko‘rikdan o‘tkazilishi. Shuningdek tashkillayotgan bagajga belgilangan bojxona poshlinasini undirish. Bojxona poshlinasi - davlat chegarasi orqali o‘tkazilayotgan tovarlar uchun belgilangan ta‘rif bo‘yicha bojxona nazorati organlari tomonidan olinadigan pul yig‘imi. Jismoniy shaxslar uchun bojxona rasmiyatchiligi va tovarlar nazoratining quyidagi tartiblari mavjud: Jismoniy shaxslar imtiyozli va soddalashtirilgan tartibda @TDIU_ARM 150 tijoriy faoliyat yoki ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib o‘tishga haqli, jismoniy shaxslar uchun imtiyozlar bojxona poshlinasidan qisman yoki to‘liq ozod qilinishni o‘z ichiga oladi. Soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilgan shaxslar bundan mustasno. Alohida kategoriyadagi tovarlar uchun qiymat va miqdoriy cheklovlar qo‘llanishi mumkin. Tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish va nazorat uchun ariza berilganda deklaratsiya (bayonnoma)ning soddalashtirilgan shakllari qo‘llaniladi: yozma shaklda dekloratsiya uchun maxsus blanka; og‘zaki shaklda, boshqa shakllarda, masalan, yo‘lovchilarning «qizil» va «yashil» yo‘lak orqali o‘tishi. Bojxona to‘lovlarini soddalashgan usulda olish bojxona to‘lovlarini hisoblash uchun yagona bojxona to‘lovlari stavkasini qo‘llanishda aks etadi. Bojxona yagona to‘lovlari stavkasi majburiy to‘lov shart, tovarlar bojxona qiymatidan foiz ulushlarda ifodalangan aniq tovarga xos ma‘lum fizik o‘lchovlarda olinadigan to‘lovlarni o‘zida namoyon etadi. Misol uchun, avtomobillar uchun bunday birlik dvigatel hajmini o‘lchov birligi hisoblanadi, qo‘lda bagajda olib o‘tiladigan tovarlar uchun esa – og‘irlik (kg) birligi va boshq. Yagona stavka bo‘yicha to‘lovlarga odatda tovarlarni saqlash uchun bojxona yig‘imlari kirmaydi. Shuningdek bojxona organlari ish vaqtidan tashqari va bu oy uchun belgilanmagan tovarlarni bojxona rasmiylashtirish ham bunga kirmaydi. Tijoriy foydalanish uchun tovarlar odatdagi tartibda rasmiylashtiriladi. Bunda bojxona yuk dekloratsiyasi, bojxona to‘lovlari umumiy tizimi iqtisodiy siyosat choralari va boshqalar qo‘llanishi bilan amalga oshiriladi. Soddalashtirilgan tartibda yozma deklaratsiya to‘lg‘azish chog‘ida shaxslar o‘zlari olib kslayotgan bagajdagi aniq soni ko‘rsatishi shart, ya‘ni bojxona nazorati uchun taqdim etiladigan valyuta va qimmatbaho buyumlar, deklaratsiya shaklda ko‘zda tutilgan undagi buyumlar ro‘yxati, qo‘lda olib o‘tiladigan buyumlar. Ma‘lum qilingan ma‘lumotlar to‘g‘riligi bojxona rasmiy- lashtirilishida nazorat qilinadi. Bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgach va bojxona nazorati tugagach, bojxona xodimi tomonidan tasdiqlanadi. Shundan keyin yo‘lovchiga qaytiriladi va deklaratsiyada ko‘rsatilgan buyumlar, valyuta va qimmatbaho narsalarni to‘siqsiz chetga olib ketish yoki chetdan olib kelish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tranzit bilan ketayotgan shaxslar 151 tomonidan to‘ldirilgan bojxona deklaratsiyasi kirishda bojxona punktida tasdiqlanadi va chiqish bojxona punktida ko‘rsatilgan shaxsga beriladi. Bojxona deklaratsiyasi yo‘qotib qo‘yilganda yangilanmaydi, chegara orqali boradigan shaxs o‘zida mavjud valyuta, qimmatbaho bumlarni maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan bojxona chegarasidan to‘siqsiz olib o‘tish huquqidan mahrum qilinadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling