O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


 O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi ishlab


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

13.2. O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi ishlab 
chiqarish tarmoqlari turlari 
Hunarmandchilik – milliy an‘analar xususiyatini saqlab qolgan holda, oddiy 
mehnat qurollari yordamida yakka tartibda mayda tovarlar ishlab chiqarish sohasi 
hisoblanadi. Bu soha respublikamizda qadimdan keng tarqalgan bo‘lib, u quyidagi 
tarmoqlarni o‘z ichiga oladi: - kulolchilik; - duradgorlik; - temirchilik; - zargarlik; - 
zardo‘zlik; - buyoqchilik;
- tunukasozlik; - terichilik; - etikdo‘zlik; - o‘ymakorlik; - tikuvchilik; - 
to‘qimachilik va boshq. Hunarmandchilik uchta shakldan iborat bo‘lib, u uy 
hunarmandchiligi, buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik va 
bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmanchilikka bo‘linadi. Bularning ichida 
eng ko‘p tarqalgan shakli uy hunarmanchilik sohasi ya‘ni kasanachilik bo‘lib 
hisoblanadi. Kasanachilik xalqimiz o‘rtasida xalqimiz o‘rtasida chuqur 
ixtisoslashgan soha bo‘lib, o‘z tarkibiga xilma-xil kasb egalarini qamrab oladi. 
Jumladan terini qayta ishlovchi ko‘nchilar, etikdo‘zlar, maxsido‘zlar, kavushchilar, 
167 
telpakchilar, po‘stinchilar, egar-jabduqchilar, kamarchilar, to‘qimachilar (bo‘zchilar, 
atlaschilar, gilamchilar, sholcha va namatchilar va boshq.), metallni ishlash sohasida 
(temirchilar, taqachilar, misgarlar va boshq.), tikuvchilik (chevarchilik, kashtachilik 
h.k.) duradgorlik, kulolchilik kabi kabi kasblardir. Ma‘lumki, respublikamizda 
hunarmandchilik sohasining asosiy markazlari bo‘lib, Toshkent, Samarqand, Urgut, 
Buxoro, G‘ijduvon, Shahrisabz, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Qo‘qon, Chust, 
Marg‘ilon, Xiva kabi shaharlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni 
qo‘lga kiritgandan so‘ng hunarmandchilik sohasi ham bozor iqtisodiyoti qoidalari 
asosida rivojlana bormoqda. Respublikamizdagi barcha hunarmandchilik korxonalari 
davlat tasarufidan chiqarilgan va hunarmandlarning xususiy mulkiga aylantirilgan. 
Keyingi paytlarda hunarmandchilik korxonalari faqat ichki bozorga emas, balki 
eksportga ham ishlay boshladi. Hunarmandchilik sohasida kichik oilaviy korxona va 
yakka tartibdagi mehnat faoliyati shakllari rivojlanib bormoqda. 
1997- yilda respublika xalq amaliy san‘ati va hunarmandlari ustalarining 
«Usto» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tuzildi. Respublika Prezidentining 1997- 
yil 31 martidagi «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san‘atini yanada 
rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
farmoni va boshqa tadbirlar O‘zbekistonda hunarmandchilikning tiklanishi va yanada 
rivojlanishida, uning unitilgan ba‘zi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Hozirgi kunda respublikamizdagi barcha hunarmandlar maxsus tashkilot – 
«Hunarmand»

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling