O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Turizmni rivojlanitirishni moliyaviy ta‟minlash va uning rejalarni
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
12.3. Turizmni rivojlanitirishni moliyaviy ta‟minlash va uning rejalarni
bajarishdagi roli. Turizm sohasidagi sarmoya siyosati va strategiyasi O‘zbekiston Respublikasining Turizm to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, ushbu sohadagi iqtisodiy faoliyat turizmning mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va yangisini yaratish, davlat byudjetiga valyuta tushumlarini oshirish, aholining bandligini ta‘minlashga va uning turli ehtiyojlarini qondirishdan iborat. SHundan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyatining har bir sub‘kti taqdim etayotgan loyihalarni mablag‘ bilan ta‘milashning potensial manbalarini va konkret ehtiyojlarini aniq belgilab olishi zarur. Bunda ular konkret shart-sharoitlar bilan asoslanib berishlari kerak. Moliyaviy rejalashtirish tegishli tadbirkorlik loyihasida nazarda tutilayotgan xizmatlar va ehtiyojlar turlariga xarajatlarning amaldan davlat, mintaqaviy va mahalliy me‘yorlari asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun loyihada oxir-oqibatda foydalilik rejalashtirilayotgan tadbirlarning hajmi, sifati, tuzilishi va grafikasiga bog‘liq ekanligini hisobga olgan holda ishlab chiqarish chiqimlarini aniq va asoslanib hisoblab chiqish kerak. Sarmoyalar va ishlab chiqarish chiqimlarning asosiy @TDIU_ARM 160 elementlari moliyaviy rejaga kiritiladi. Bu sarmoyalar va xarajatlarning umumiy summasini hisoblab chiqish, rejalashtirilgan tadbirlarning moliyaviy va iqtisodiy rentabelligini aniqlashga imkon beradi. Ehtimol tutilgan sarmoyalar (o‘z sarmoyalari va tashqi sarmoyalar) va o‘ylab qo‘yilgan rejalarni amalga oshirishga ketadigan ishlab chiqarish chiqimlarning summasini chiqarishda ularni o‘zlashtirsh jadvali va muddatlariga alohida e‘tibor qaratish lozim, chunki rejani amalga oshirish davrida naqd pullar harakati va foydalarning rejalashtirilgan me‘yoriga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Sarmoyalar ishlab chiqarish xarajatlari hajmlari, qoida tariqasida, naqd pullar harakatini tahlil qilish natijalarini hisobga olgan holda yillik asosda rejalashtirish zarur. Turizmni rivojlantirish dasturlari va rejalarida tegishli sarmoyalar strategiyalari har tomonlama asoslab beriladi. Ular real, niyat qilingan choralari amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Turistik faoliyatni sarmoyalash jarayonida quyidagilarni amalga oshirish zarur: - milliy, mintaqaviy, mahalliy va firma dasturlari va rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga sarmoyalarni yo‘naltirish. - ularni birinchi navbatda har tomonlama texnik - iqtisodiy asoslashga ega bo‘lgan rejalar va dasturlarga qo‘yish; - xorijiy valyutadagi rejalarni amalga oshirishga ketadigan xarajatlarni iloji boricha kamaytirishni nazarda tutish. - ichki hamkorlikdagi va xorijiy sarmoyalarning manbalarni topish. - ichki va tashqi turizmni rivojlantirish dasturlari va rejalarini bajarishda huquqiy, soliq va ma‘muriy tuzilmalar tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlashlardan maksimal foydalanish. - eng qisqa muddatlarda eng katta daromad olishga imkon beradigan istiqbolli loyihalarga sarmoyalar qo‘yish. - tadbirkorlik loyihalarining dasturlari, rejalari va tadbirlari bajarilishning muddatlari va sifatini nazorat qilish. - turizm sohasidagi investitsiyalashning eng asoslangan strategiyasi eng kam sarf qilib, eng ko‘p foyda olishni ta‘minlashi kerak. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling