O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Tayanch so‘zlari: mehmonxona, xo‘jaligi, infratuzilma, rasmiyatchilik, 
pasport, viza, rasmiyatchilik, bojxona, sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilik, Sayohat, 
jarayoni, turist, davlat, chegarasini, turistik rasmiyatchilik. 
Nazorat savollari:
1. Bojxona rasmiyatchiligi mohiyati nimadan iborat?
2. Turistik rasmiyatchilikni qanday xalqaro hujjatlar belgilaydi?
3. Turistik rasmiyatchilik davlat turistik siyosatiga qanday ta‘sir qiladi? 
4. Pasport-viza rasmiyatchiligi mohiyatini ochib bering.
153 
12-bob. MEHMONXONA XO‘JALIGI INFRATUZILMASIDA XORIJIY 
INVESTITSIYALAR 
12.1. Xalqaro turizmni rovojlantinishda xorijiy sarmoyalarning roli.
12.2. Turizm industriyasida xorijiy sarmoyalarning usullari va shakllari.
12.3. Turizmni rivojlanitirishni moliyaviy ta‘minlash va uning rejalarni 
bajarishdagi roli. Turizm sohasidagi sarmoya siyosati va strategiyasi.
12.4. O‘zbekiston mehmonxonalarini rivojlantirishda sarmoyalar va 
ularning roli.

12.1. Xalqaro turizmni rovojlantinishda xorijiy sarmoyalarning roli 
Turizmga sarflanadigan sarmoyalar haqida va umuman sarmoyalar haqida 
so‘zlash uchun avvalo xorijiy sarmoyalarning nima ekanligi to‘g‘risida aniq 
tasavvurga ega bo‘lish kerak. O‘zbekiston Respublikasining 1994- yil 5- mayda qabul 
qilingan Xorijiy sarmoyalar va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari 
to‘g‘risidaǁgi qonuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida quyidagilar xorijiy 
investor bo‘lishi mumkin10: - chet el davlatlari; - xorijiy huquqiy shaxslar; - xalqaro 
tashkilotlar; - chet el fuqarolari, birlashmalari; - O‘zbekiston Respublikasining chet 
elda doimiy yashovchi fuqarolari. Mazkur qonunning 2-moddasiga ko‘ra mulkiy 
qiymatlarning barcha turlari va ularga bo‘lgan egalik huquqlari hamda chet el 
mulkiga bo‘lgan huquqlar, xorijiy investorlar tomonidan obyektlarga egalik xuquqi 
va xorijiy sarmoya bo‘lishi mumkin 1995- yilda mamlakatga 2017 mln. AQSH doll. 
miqdorida, ya‘ni o‘tgan yillardagidan ikki marta ko‘p jalb qilingan11. YUNKTAD 
ekspertlari o‘sish sur‘atlaridagi 3 %lik pasayishga qaramay, bu sakrashning 
iqtisodiyotdagi barqarorlikning o‘sganligi sababli ham yuz berganligini 
ta‘kidlamoqdalar. Bu ko‘rsatkich shuningdek, ularning fikricha, milliy 
korporatsiyalarning kelgusida bu ustunliklardan yanada qulayroq kelajakni kutishda 
foydalanish maqsadida Rossiyaga sarmoya sarflashga intilayotganliklarini ham aks 
ettiradi. Xorijiy sarmoyalarning asosiy qismi Evropa ittifoqiga to‘g‘ri keladigan 
boshqa Sharqiy va Markaziy Evropa mamlakatlaridan farqli ravishduqtassiyada 
birinchi o‘rinni Shveysariya va AQSH egallaydi - bu mamlakatlarga jami kapital 
@TDIU_ARM


154 
qo‘yilmalarning 51 % to‘g‘ri keladi. 1995- yildagi muvaffaqiyatlarga qaramay, RF 
hozircha bozor munosabatlariga o‘tishda ayniqsa kuchli ilgarilab ketgan bir qator 
Sharqiy va Markaziy Evropa davlatlaridan orqada qolmoqda. Vengriya 1995 yilda 
3500 mln., Pol‘sha - 1510 mln., Chexiya - 2500 mln. AQSH doll. miqdorida 
sarmoyalarni jalb qila oldi. Xorijiy kapitallar mintaqaga ―xususiylashtirish 
to‘lqinlari va iqtisodiy sog‘lomlashtirish tufayli oqib kelab boshladi. 
Investitsiyalarning 
rentabellik 
ko‘rsatkichi 
avvallari 
qo‘llanilgan 
kapital 
qo‘yilmalarning samaradorligi koeffitsientidan shunisi bilan farq qiladiki, bunda 
daromad sifatida baholash jarayonida joriy qiymatga keltirilgan pul oqimi qatnashadi. 
Invetitsiyalar rentabelligi ko‘rsatkichi, nafaqat taqqoslama baholash uchun
shuningdek loyihani amalga oshirishga qabul qilishdagi mezon sifatida ham 
qo‘llaniladi. Buning uchun diskontlashtirishni hisobga olgan holda investitsiyalarni 
qoplash muddatini (DPP) hisoblash usuli diskontlashtirilgan yillik pul tushumlarini 
diskontlashtirilgan 
investitsiyalarga 
bo‘lish 
orqali 
amalga 
oshiriladi. 
Mazkur usulning tushunarli bo‘lishi uchun quyidagi misolni keltiramiz. 
Misol-5. Faraz qilaylik, korxona mehmonxona qurilishi uchun 300 mln. so‘m 
investitsiya qildi (mablag‘ sarfladi). Mehmonxonani foydalanishdan keladigan yillik 
pul tushumlari 85, 100, 120 va 160 mln. so‘mni tashkil etadi. 
Buning uchun PP — investitsiyalarni qoplash muddati hisoblanadi. So‘ngra, 
investitsiyalarning diskontlashtirilgan qoplash muddatini (DPP) hisoblaymiz.
Mazkur ko‘rsatkichni hisoblashda yuqorida berilgan misolga asoslanib tuzilgan 
quyidagi 8.2-jadvalga murojaat qilamiz. Ushbu jadvalda investitsiya-larning qoplash 
muddati bilan birga diskontlashtirilgan qoplash muddati ko‘rsatkichining hisoblanishi 
keltirilgan. Ularning bir-biridan farq qilishining o‘ziga xos jihatlari ushbu 
ko‘rsatkichlarni aniqlash xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Ko‘rib o‘tgan yuqoridagi misolga, asosan, shunday xulosa qilish mumkinki, 
investitsiyalarning 
diskontlashtirilgan 
qoplash 
muddati 
ularning 
diskontlashtirilmagan qoplash muddatiga qaraganda biroz uzoq vaqtni, ya’ni 3 yilu 
10 oy 10 kunni tashkil etdi. Bu esa investi¬tsiyalarning diskontlashtirilgan qoplash 
muddatining kelgusi pul tushumlari va investitsiyalarning joriy qiymatini hisobga 
155 
olishi bilan izohlanadi. Demak, investitsiyalarning qoplash muddati bo‘yicha 
hisoblash usuli qilingan investitsiyalarning joriy (real) qiymati bo‘yicha to‘liq 
qoplanish muddatini tavsiflab beradi va shu jihatdan u investitsiyalarning qoplash 
muddati usulidan farqli ravishda afzalroq hisoblanadi. 
Investitsiya loyihalari bir qator risklar bilan bog‘liqdir. Shu sababli investitsiya 
oldi bosqichida har bir loyihaning moliyaviy va iqtisodiy jihatdan samaradorligi 
baholanishi talab etiladi. Bu ishlarning samarali amalga oshirilishi uchun, zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki yangi 
texnologiyalar yordamida loyihaning samaradorligini baholash ishlari ham sifatli, 
ham tezkor ravishda amalga oshirilishiga erishish mumkin. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling