O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-bob. MEHMONXONA XO‘JALIGI INFRATUZILMASIDA XORIJIY INVESTITSIYALAR 12.1. Xalqaro turizmni rovojlantinishda xorijiy sarmoyalarning roli.
Tayanch so‘zlari: mehmonxona, xo‘jaligi, infratuzilma, rasmiyatchilik,
pasport, viza, rasmiyatchilik, bojxona, sanitariya (tibbiy) rasmiyatchilik, Sayohat, jarayoni, turist, davlat, chegarasini, turistik rasmiyatchilik. Nazorat savollari: 1. Bojxona rasmiyatchiligi mohiyati nimadan iborat? 2. Turistik rasmiyatchilikni qanday xalqaro hujjatlar belgilaydi? 3. Turistik rasmiyatchilik davlat turistik siyosatiga qanday ta‘sir qiladi? 4. Pasport-viza rasmiyatchiligi mohiyatini ochib bering. 153 12-bob. MEHMONXONA XO‘JALIGI INFRATUZILMASIDA XORIJIY INVESTITSIYALAR 12.1. Xalqaro turizmni rovojlantinishda xorijiy sarmoyalarning roli. 12.2. Turizm industriyasida xorijiy sarmoyalarning usullari va shakllari. 12.3. Turizmni rivojlanitirishni moliyaviy ta‘minlash va uning rejalarni bajarishdagi roli. Turizm sohasidagi sarmoya siyosati va strategiyasi. 12.4. O‘zbekiston mehmonxonalarini rivojlantirishda sarmoyalar va ularning roli. 12.1. Xalqaro turizmni rovojlantinishda xorijiy sarmoyalarning roli Turizmga sarflanadigan sarmoyalar haqida va umuman sarmoyalar haqida so‘zlash uchun avvalo xorijiy sarmoyalarning nima ekanligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish kerak. O‘zbekiston Respublikasining 1994- yil 5- mayda qabul qilingan Xorijiy sarmoyalar va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidaǁgi qonuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida quyidagilar xorijiy investor bo‘lishi mumkin10: - chet el davlatlari; - xorijiy huquqiy shaxslar; - xalqaro tashkilotlar; - chet el fuqarolari, birlashmalari; - O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari. Mazkur qonunning 2-moddasiga ko‘ra mulkiy qiymatlarning barcha turlari va ularga bo‘lgan egalik huquqlari hamda chet el mulkiga bo‘lgan huquqlar, xorijiy investorlar tomonidan obyektlarga egalik xuquqi va xorijiy sarmoya bo‘lishi mumkin 1995- yilda mamlakatga 2017 mln. AQSH doll. miqdorida, ya‘ni o‘tgan yillardagidan ikki marta ko‘p jalb qilingan11. YUNKTAD ekspertlari o‘sish sur‘atlaridagi 3 %lik pasayishga qaramay, bu sakrashning iqtisodiyotdagi barqarorlikning o‘sganligi sababli ham yuz berganligini ta‘kidlamoqdalar. Bu ko‘rsatkich shuningdek, ularning fikricha, milliy korporatsiyalarning kelgusida bu ustunliklardan yanada qulayroq kelajakni kutishda foydalanish maqsadida Rossiyaga sarmoya sarflashga intilayotganliklarini ham aks ettiradi. Xorijiy sarmoyalarning asosiy qismi Evropa ittifoqiga to‘g‘ri keladigan boshqa Sharqiy va Markaziy Evropa mamlakatlaridan farqli ravishduqtassiyada birinchi o‘rinni Shveysariya va AQSH egallaydi - bu mamlakatlarga jami kapital @TDIU_ARM 154 qo‘yilmalarning 51 % to‘g‘ri keladi. 1995- yildagi muvaffaqiyatlarga qaramay, RF hozircha bozor munosabatlariga o‘tishda ayniqsa kuchli ilgarilab ketgan bir qator Sharqiy va Markaziy Evropa davlatlaridan orqada qolmoqda. Vengriya 1995 yilda 3500 mln., Pol‘sha - 1510 mln., Chexiya - 2500 mln. AQSH doll. miqdorida sarmoyalarni jalb qila oldi. Xorijiy kapitallar mintaqaga ―xususiylashtirish to‘lqinlari va iqtisodiy sog‘lomlashtirish tufayli oqib kelab boshladi. Investitsiyalarning rentabellik ko‘rsatkichi avvallari qo‘llanilgan kapital qo‘yilmalarning samaradorligi koeffitsientidan shunisi bilan farq qiladiki, bunda daromad sifatida baholash jarayonida joriy qiymatga keltirilgan pul oqimi qatnashadi. Invetitsiyalar rentabelligi ko‘rsatkichi, nafaqat taqqoslama baholash uchun, shuningdek loyihani amalga oshirishga qabul qilishdagi mezon sifatida ham qo‘llaniladi. Buning uchun diskontlashtirishni hisobga olgan holda investitsiyalarni qoplash muddatini (DPP) hisoblash usuli diskontlashtirilgan yillik pul tushumlarini diskontlashtirilgan investitsiyalarga bo‘lish orqali amalga oshiriladi. Mazkur usulning tushunarli bo‘lishi uchun quyidagi misolni keltiramiz. Misol-5. Faraz qilaylik, korxona mehmonxona qurilishi uchun 300 mln. so‘m investitsiya qildi (mablag‘ sarfladi). Mehmonxonani foydalanishdan keladigan yillik pul tushumlari 85, 100, 120 va 160 mln. so‘mni tashkil etadi. Buning uchun PP — investitsiyalarni qoplash muddati hisoblanadi. So‘ngra, investitsiyalarning diskontlashtirilgan qoplash muddatini (DPP) hisoblaymiz. Mazkur ko‘rsatkichni hisoblashda yuqorida berilgan misolga asoslanib tuzilgan quyidagi 8.2-jadvalga murojaat qilamiz. Ushbu jadvalda investitsiya-larning qoplash muddati bilan birga diskontlashtirilgan qoplash muddati ko‘rsatkichining hisoblanishi keltirilgan. Ularning bir-biridan farq qilishining o‘ziga xos jihatlari ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlash xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ko‘rib o‘tgan yuqoridagi misolga, asosan, shunday xulosa qilish mumkinki, investitsiyalarning diskontlashtirilgan qoplash muddati ularning diskontlashtirilmagan qoplash muddatiga qaraganda biroz uzoq vaqtni, ya’ni 3 yilu 10 oy 10 kunni tashkil etdi. Bu esa investi¬tsiyalarning diskontlashtirilgan qoplash muddatining kelgusi pul tushumlari va investitsiyalarning joriy qiymatini hisobga 155 olishi bilan izohlanadi. Demak, investitsiyalarning qoplash muddati bo‘yicha hisoblash usuli qilingan investitsiyalarning joriy (real) qiymati bo‘yicha to‘liq qoplanish muddatini tavsiflab beradi va shu jihatdan u investitsiyalarning qoplash muddati usulidan farqli ravishda afzalroq hisoblanadi. Investitsiya loyihalari bir qator risklar bilan bog‘liqdir. Shu sababli investitsiya oldi bosqichida har bir loyihaning moliyaviy va iqtisodiy jihatdan samaradorligi baholanishi talab etiladi. Bu ishlarning samarali amalga oshirilishi uchun, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki yangi texnologiyalar yordamida loyihaning samaradorligini baholash ishlari ham sifatli, ham tezkor ravishda amalga oshirilishiga erishish mumkin. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling