O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Turizmni rivojlanitirishni moliyaviy ta‟minlash va uning rejalarni


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

12.3. Turizmni rivojlanitirishni moliyaviy ta‟minlash va uning rejalarni 
bajarishdagi roli. Turizm sohasidagi sarmoya siyosati va strategiyasi 
O‘zbekiston Respublikasining Turizm to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, ushbu 
sohadagi iqtisodiy faoliyat turizmning mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali 
foydalanish va yangisini yaratish, davlat byudjetiga valyuta tushumlarini oshirish, 
aholining bandligini ta‘minlashga va uning turli ehtiyojlarini qondirishdan iborat. 
SHundan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyatining har bir sub‘kti taqdim 
etayotgan loyihalarni mablag‘ bilan ta‘milashning potensial manbalarini va konkret 
ehtiyojlarini aniq belgilab olishi zarur. Bunda ular konkret shart-sharoitlar bilan 
asoslanib berishlari kerak.
Moliyaviy rejalashtirish tegishli tadbirkorlik loyihasida nazarda tutilayotgan 
xizmatlar va ehtiyojlar turlariga xarajatlarning amaldan davlat, mintaqaviy va 
mahalliy me‘yorlari asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun loyihada oxir-oqibatda 
foydalilik rejalashtirilayotgan tadbirlarning hajmi, sifati, tuzilishi va grafikasiga 
bog‘liq ekanligini hisobga olgan holda ishlab chiqarish chiqimlarini aniq va asoslanib 
hisoblab chiqish kerak. Sarmoyalar va ishlab chiqarish chiqimlarning asosiy 
@TDIU_ARM


160 
elementlari moliyaviy rejaga kiritiladi. Bu sarmoyalar va xarajatlarning umumiy 
summasini hisoblab chiqish, rejalashtirilgan tadbirlarning moliyaviy va iqtisodiy 
rentabelligini aniqlashga imkon beradi. Ehtimol tutilgan sarmoyalar (o‘z sarmoyalari 
va tashqi sarmoyalar) va o‘ylab qo‘yilgan rejalarni amalga oshirishga ketadigan 
ishlab chiqarish chiqimlarning summasini chiqarishda ularni o‘zlashtirsh jadvali va 
muddatlariga alohida e‘tibor qaratish lozim, chunki rejani amalga oshirish davrida
naqd pullar harakati va foydalarning rejalashtirilgan me‘yoriga katta ta‘sir ko‘rsatadi. 
Sarmoyalar ishlab chiqarish xarajatlari hajmlari, qoida tariqasida, naqd pullar 
harakatini tahlil qilish natijalarini hisobga olgan holda yillik asosda rejalashtirish 
zarur. Turizmni rivojlantirish dasturlari va rejalarida tegishli sarmoyalar strategiyalari 
har tomonlama asoslab beriladi. Ular real, niyat qilingan choralari amalga oshirishga 
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Turistik faoliyatni sarmoyalash jarayonida 
quyidagilarni amalga oshirish zarur: - milliy, mintaqaviy, mahalliy va firma dasturlari 
va rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga sarmoyalarni yo‘naltirish. 
- ularni birinchi navbatda har tomonlama texnik - iqtisodiy asoslashga ega bo‘lgan 
rejalar va dasturlarga qo‘yish; - xorijiy valyutadagi rejalarni amalga oshirishga 
ketadigan xarajatlarni iloji boricha kamaytirishni nazarda tutish. - ichki 
hamkorlikdagi va xorijiy sarmoyalarning manbalarni topish. - ichki va tashqi 
turizmni rivojlantirish dasturlari va rejalarini bajarishda huquqiy, soliq va ma‘muriy 
tuzilmalar tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlashlardan maksimal foydalanish. 
- eng qisqa muddatlarda eng katta daromad olishga imkon beradigan istiqbolli 
loyihalarga sarmoyalar qo‘yish. - tadbirkorlik loyihalarining dasturlari, rejalari va 
tadbirlari bajarilishning muddatlari va sifatini nazorat qilish. - turizm sohasidagi 
investitsiyalashning eng asoslangan strategiyasi eng kam sarf qilib, eng ko‘p foyda 
olishni ta‘minlashi kerak.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling