O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Tayanch iboralar: Xalqaro turizmni, xorijiy sarmoyalar, turizm 
industriyasida, moliyaviy, siyosati, strategiyasi, mehmonxonalar, sarmoyalar, 
investorlar, mablag‘, capital. 
 Nazorat savollari: 
1. Turizm sohasidagi sarmoya siyosati va strategiyasining tavsifini bering.
163 
2. Turizmdagi aylanma kapitalning tuzilishini tavsiflab bering.
3. Turizm sohasida davlat rag‘batlarining asosiy turlari va ularning ahamiyati.
4. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va mablag‘ bilan ta‘minlashga 
beriladigan imtiyozlarning turlari.
 
 
 
@TDIU_ARM


164 
13-bob. MEHMONXONA XO‘JALIGI INFRATUZILMASIDA MILLIY 
HUNARMANDCHILIK VA SAVDO XIZMATLARI
 
13.1. Turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi ishlab chiqarish tarmoqlari.
13.2. O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi ishlab 
chiqarish tarmoqlari turlari. 
 
13.1. Turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi ishlab chiqarish tarmoqlari
Turizm industriyasini rivojlantirishda iqtisodiyotning bir qator aralash 
tarmoqlari ham anchagina sezilarli ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ular sanoat tarmoqlari, 
yangi xo‘jalik shakllarini joriy etish, aholining bandlik darajasi, kabilar shular 
jumlasidandir. Bu aniq bir hududning ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish kompleks 
dasturini ishlab chiqishda ahamiyati kattadir. O‘zbekiston Respublikasi hududlarining 
an‘analarini hisobga olgan holda, bu erda xalq badiiy hunarmandchiligi va badiiy 
sanoat sohasi, shuningdek mahalliy xalq hunarmandchiligi tarmoqlari ko‘proq 
istiqbolli yo‘nalishlar bo‘lishi mumkin. Mamlakat va xorijiy turistlar oqimlarini 
istiqbolda kutilayotgan ko‘payishi sanoat ishlab chiqarishning bu sektorida sanoat 
asosida suvenirlarni sifatli va assortimenti bo‘yicha sezilarli darajada rivojlanishiga 
olib keladi. Mahalliy sanoat tarmog‘i. Mahalliy sanoat respublika iqtisodiyotida xalq 
iste‘mol mollari ishlab chiqarish bo‘yicha ancha salmoqli o‘rinni egallaydi. Ushbu 
soha korxonalarida asosan mahalliy xom ashyo resurslaridan turli-tuman xalq 
iste‘mol mollari ishlab chiqaradi va respublikamiz ichki bozorini xilma-xil tovarlari 
bilan to‘ldirishda faol eshtirok etadi.
Mahalliy sanoat tarkibida metalga qayta ishlov berish, yog‘ochni qayta ishlash 
(mebellar ishlab chiqarish, xalq hunarmandchiligining zardo‘zlik, tikuvchilik, 
to‘quvchilik, pichoqchilik, badiiy kashtachilik (so‘zana, gulko‘rpa, choyshab
zardevol, palak, kirpech), do‘ppi do‘zlik, to‘nduzlik (chopondo‘zlik), misgarlik, 
zargarlik, o‘ymakorlik, kulolchilik, o‘zbek milliy cholg‘u asboblarini yasash, 
kosibchilik kabilar alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda respublikamiz mahalliy 
sanoat tarmoqlarida uch mingdan ortiq xilma-xil madaniy, maishiy, ro‘zg‘or va 
xo‘jalik mollari ishlab chiqarilmoqda. Mahalliy sanoati tarmog‘i ilk bor o‘tgan XX 
asrning 20 yillaridan hunarmandlar va kosiblar shirkatlari ko‘rinishida paydo 
165 
bo‘lgandi. Mahalliy sanoat tarmog‘ining asosiy markazlari bo‘lib, Shahrixon
Kosonsoy, Chust, Andijon, Namangan, Marg‘ilon, Oltiariq, Rishton, Toshkent, 
Shahrisabz, Kitob, Buxoro, Samarqand, Urgut, Xiva, Jizzax shaharlari hisoblanadi. 
Mamlakatimiz mahalliy sanoati ishlab chiqarishida kasanachilik alohida o‘rin 
egallaydi. Ya‘ni u uyda ishlaydigan ishchilardan foydalanishga ixtisoslashgan usul 
bo‘lib, keyingi paytlarda keng rivojlanib bormoqda.
Kasanachilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Respublika 
Prezidentining «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi 
ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni (2006- yil 6- yanvar) muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Chinni – fayans sanoati ishlab chiqarish tarmog‘i. Chinni, fayans va boshqa 
nafis keramika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat tarmog‘i bu ro‘zg‘or idishlari: 
choynak, piyola, kosa, likopchalar, laganlar, bezak buyumlari, guldon, haykalchalar, 
ko‘zalar sovg‘abop to‘plamlar, me‘morlik detallari, sanitariya-gigiena buyumlari va 
boshqalarga ixtisoslashgan. O‘zbekistonda chinni-fayans buyumlarini sanoat asosida 
ishlab chiqarish 1952- yildan boshlandi. O‘sha yili Toshkentda chinni zavodi qurilib 
ishga tushirildi va milliy bezakli chinni idishlari ishlab chiqarila boshlandi. 
1970- yilda esa Samarqand shahrida, 1978- yilda Quvasoy shahrida (Farg‘ona 
viloyati) chinni zavodlari qurilib ishga tushirildi. «Toshkent chinni zavodi» 
aksiyadorlik jamiyati, Samarqand «Nafis» chinni aksiyadorlik jamiyati va «Quvasoy 
chinnisi» aksiyadorlik jamiyati korxonalari «Oq oltin», «Tong», «Uzum», «Tovus» 
kabi to‘plamlari xalqaro ko‘rgazmalarda yuqori darajada baholanib, oltin medallarni 
olishga sazovor bo‘lishgan. Bulardan tashqari, respublikamiz turli viloyatlari va 
shaharlarida yog‘och o‘ymakorligi, naqsh buyumlari, tabiiy ipakdan tayyorlangan 
shoyi buyumlar va gazmollar, nafis zargarlik buyumlari, taqinchoqlar, yumshoq 
o‘yinchoqlar, suvenir qo‘g‘irchoqlar, sopol buyumlar, qandolatpozlik mahsulotlari, 
tayyorlangan turli xil xalq iste‘moli va madaniy tovarlarni ishlab chiqarish yo‘lga 
qo‘yilgan. Ma‘lumki, turistik infratuzilma tarkibiga engil va shishasozlik sanoatlari, 
badiiy hunarmandchilik ustaxonalari va boshqa tarmoqlar ham kiradi.
@TDIU_ARM


166 
Xalq hunarmanchilik amaliy dekorativ san‘atining keng, rang-barang shakllari 
asosiy faoliyat sohasining ikki yo‘nalishi bo‘yicha guruhlanadi: xalq badiiy 
hunarmandchiligi va xalq badiiy ishlab chiqarish sanoati sohasi. Xalq 
hunarmanchiligi. Ushbu sohaga alohida xalq ustalarining qishloqlardagi va 
shaharlardagi qo‘l ijodiyoti tarmoqlarkiradi. Ko‘pincha hunarmand ustala rva 
tadbirkorlar uy sharoitida ishlashadi, an‘anaviy yagona va kam nusxada quyidagi 
yo‘nalishda mahsulotlarni ishlab chiqarishadi: - metallarni qayta ishlash (bog‘lanish, 
chekanka qilish, bimetallga galvan qoplama yugurtirish); - kulolchilik va sapol 
buyumlari tayyorlash; - yog‘ochlarga o‘yib ishlov berish; - tilla va zar bilan xalq 
kashtachiligi (zardo‘zlik sohasi); - xorijiy turistlar uchun qiziqarli hisoblangan xalq 
kastyumlari va kiyim – kechaklari tayyorlash; - qadimiy masjid va madrasalar 
bezaklari, haykaltaroshlik nusxalari, kichik va juda kichiklashtirilgan ko‘lamda gipsli 
mahsulotlar tayyorlash; - natural (tabiiy) yog‘ochdan musiqiy asboblar va uy 
mebellari tayyorlash.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling