O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Investitsiya 
— (nemischa „Investition“, lotincha
„Investio“) soʻzidan olingan 
boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar 
yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy 
samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) 
tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni 
qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha 
turdagi boyliklardir. Ko‘pchilik iqtisodiyotni tushunmaydiganlar Investitsiyani qarz 
deb tushunadi. Davlat qarzi hisoblab chiqilganda Investiitsiyalar hisobga olinmaydi. 
Investitsiya (lot. investio — oʻrash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida 
oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoklarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, 
innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). 
Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, I. kelajakda naf olish 
maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. I. kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki 
band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki 
boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan I. 
turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan 
huquqlarni aks ettiradi. I. sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, 
sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy 
kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. I. loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — 
@TDIU_ARM


156 
investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi 
mumkin. 
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat I.si — davlat byudjeti va moliya 
manbalari hisobidan kiritiladi; chet el I.si — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, 
tad-birkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy I. — xususiy, korporativ xoʻjalik va 
tashkilotlar, fukarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar 
hisobidan qoʻyiladi. I. qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab 
chiqarish) I.ga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) I. — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli 
qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan I., ; real I. — moddiy i. ch. (sanoat, q.x., 
qurilish va b.) soxa-siga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli 
mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida I.ni 
moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni 
aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari
lizing , bevosita chet el I.lari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, 
amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga 
amalga oshiriladi. 
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj 
topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni 
berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) 
koʻrinishlari bor. 
Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat 
qiladi. Jahondagi bevosita I. faol oʻsib bormoqda: 1980-y.lar oʻrtalarida jahon 
boʻyicha umumiy yillik I. hajmi 450 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-y.lar 
oʻrtalariga kelib I. hajmi 2 trln. dollardan oshdi. 
Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika 
iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda I.dan samarali 
foydalanilmoqda. OʻzRda 1996- y.dan boshlab respublika hukumati har yili davlat 
byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar 
limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati b-n olingan kreditlar hiso-biga 
157 
aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el I. va kreditlari hisobiga 
qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat I. dasturini qabul qiladi. Respublika 
iktisodiyo-tiga I. kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, 
korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada 
aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy I.ni amalga oshiradigan xususiylashtirish I. 
fandlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi.
2000 y.da moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat 
iqtisodiyotiga salkam 700 mlrd. soʻm, shu jumladan, 810 mln. AQSH dollari 
investitsiyalandi. Uning 30,3% ni respublika byudjeti, 39,1% ni korxonalar va aholi 
mablagʻlari, 7,5% ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7% ini chet el 
investitsiyalari va kreditlari, 1,4% ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari 
tashkil qiladi. Respublikada I. faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda "Chet el 
investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1995 y. 
5 may), "Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida" (1998 y. 12 dek.), "Chet ellik investorlar 
huquklarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 
apr.), "Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 apr.), "Lizing toʻgʻrisida" 
(1999 y. 14 apr.), "Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquklarini himoya 
qilish toʻgʻrisida" (2001 y. 30 avg .) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga 
ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya 
muhiti b-n bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli I.ni, 
ayniqsa, chet el I.larini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy 
I.larni sugʻurtalash sohasida 1994 y.da tashkil etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import 
milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling